Vaxabova Gulshan Vafaqul qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining estetik tafakkurni rivojlantirish metodikasi (falsafiy fanlar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9152.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/25.08.2025.Ped.193.02
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Kiyamov Nishon Sodiqovich; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Rashidova Gulnoza G‘ulomovna.
Yetakchi tashkilot: sifatida Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan samarali metodikalarni ishlab chiqish va falsafiy fanlar misolida amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda estetik madaniyatlarning badiiy merosi, estetik qarashlari va san’at shakllarini anglashga yo‘naltirilgan ochiqlik, idrok qilish, sezuvchanlik va badiiy didni shakllantiruvchi samarali estetik pedagogik vosita sifatida, tasviriy faoliyat, adabiyot, teatr, tabiat manzaralari kabi go‘zallikni o‘z ichiga olgan vositalar orqali ta’lim estetik tafakkur, san’atni chuqur his qilish, estetik qadriyatlarni qabul qilish ko‘nikmalarini shakllanishi aniqlashtirilgan;
nafosat pedagogikasi vositasida estetik tafakkurni rivojlantirish modeli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida estetik sifatlarni (go‘zalikni idrok etish, baholash va his qilish) qobilayatining shakllantirishdagi psixik rivojlanishga ko‘rsatiladigan kompleks ta’sirlarni aniqlashtirish, ta’lim va tarbiya jarayonida estetik tafakkur komponentini integratsiya qilish, go‘zallik, san’at, madaniyatga nisbatan shakllangan shaxsiy munosabati, estetik mezonlari va e’tiqodlarini tarkib toptirish hamda estetik tafakkur resurslaridan samarali foydalanishga ustivorlik berish asosida takomillashtirigan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirishda aksiologik yondashuv asosida falsafiy bilimlarni integrallashgan o‘quv muhitida, badiiy-estetik qadriyatlar tizimida vertikal va gorizontal faoliyatlar orqali tatbiq etish metodikasini didaktik vositalarning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi uslubiy yondashuv asosida asoslangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish metodikasining amaliy tarkibi falsafiy-estetik mazmunga ega noan’anaviy o‘quv shakllari (badiiy sayohatlar, konseptual taqdimotlar, mini-tadqiqotlar, estetik munozaralar, seminar-treninglar) orqali ularning shaxsiy estetik tajribasini chuqurlashtirish va reflektiv tafakkurini kengaytirishga yo‘naltirilgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish metodikasi (falsafiy fanlar misolida) tizimini o‘rganish asosida:
talabalarda estetik madaniyatlarning badiiy merosi, estetik qarashlari va san’at shakllarini anglashga yo‘naltirilgan ochiqlik, idrok qilish, sezuvchanlik va badiiy didni shakllantiruvchi samarali estetik pedagogik vosita sifatida, tasviriy faoliyat, adabiyot, teatr, tabiat manzaralari kabi go‘zallikni o‘z ichiga olgan vositalar orqali ta’lim estetik tafakkur, san’atni chuqur his qilish, estetik qadriyatlarni qabul qilish ko‘nikmalarini shakllanishi aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ- 20170913120-sonli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy –psixologik mixanizmlari” mavzusidagi amaliy lohiyada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy universitetning 2025-yil 22-oktyabr
04/11-23789-son ma’lumotnomasi) Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning estetik tafakkurini rivojlantirish tizimida o‘qitishning samarador evristik va refleksiv fikrlash, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasi rivojlantirilgan hamda estetika fanining mazmun-mohiyati yoshlarni vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulik va yuksak ma’naviy-axloqlilikka asoslangan holda tarbiyalashga yo‘naltirilganligini ko‘rsatib berish samaradorligiga erishilgan;
nafosat pedagogikasi vositasida estetik tafakkurni rivojlantirish modeli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida estetik sifatlarni (go‘zalikni idrok etish, baholash va his qilish) qobilayatining shakllantirishdagi psixik rivojlanishga ko‘rsatiladigan kompleks ta’sirlar aniqlashtirish, ta’lim va tarbiya jarayonida estetik tafakkur komponentini integratsiya qilish, go‘zallik, san’at, madaniyatga nisbatan shakllangan shaxsiy munosabati, estetik mezonlari va e’tiqodlarini tarkib toptirish hamda estetik tafakkur resurslaridan samarali foydalanishga ustivorlik berish asosida takomillashtirigan taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan Ma’naviy va ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 52-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsipsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida” “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 30-oktayabr 10/718-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish metodikasini tadqiq etishda xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirishda aksiologik yondashuv asosida falsafiy bilimlarni integrallashgan o‘quv muhitida, badiiy-estetik qadriyatlar tizimida vertikal va gorizontal faoliyatlar orqali tatbiq etish metodikasini didaktik vositalarning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi uslubiy yondashuv asosida asoslangan taklif va tavsiyalar ilmiy-metodik tavsiyalar “60220500 – Ijtimoiy ish” ta’lim yoʻnalishining Ilmiy tadqiqot metadalogiyasi darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-buyrug‘iga asosan №923407 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan metodik yondashuvni oliy pedagogik ta’lim amaliyotiga joriy etish, uni o‘quv-uslubiy ta’minot va ta’lim jarayoniga integratsiya qilishga erishilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish metodikasining amaliy tarkibi falsafiy-estetik mazmunga ega noan’anaviy o‘quv shakllari (badiiy sayohatlar, konseptual taqdimotlar, mini-tadqiqotlar, estetik munozaralar, seminar-treninglar) orqali ularning shaxsiy estetik tajribasini chuqurlashtirish va reflektiv tafakkurini kengaytirishga yo‘naltirilgan holda takomillashtirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar “60220500 – Ijtimoiy ish ” ta’lim yoʻnalishining Ilmiy tadqiqot metadalogiyasi darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-buyrug‘iga asosan №923407 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning estetik tafakkurini rivojlantirishda magistr talabalar va professor-o‘qituvchilarning birgalikdagi tahliliy ishi ko‘nikmalarni rivojlantirish faoliyatining aniq maqsad va vazifalari, uslubiy va o‘quv ishlarini rejalashtirish bo‘yicha bashorat qilinadigan natijalar va pedagogik monitoring ishlab chiqilganligiga erishilgan.