To‘xtamurodov Azizbek Azimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifti (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika yo‘nalishi talabalarining raqamli texnologiyalarga oid ergonomik kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Ped7924
Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari doktori, professor Abdullaev Safibullo Xabibullaevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Jizzax davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari nomzodi, Axmedov Furqat Qo‘ldashovich hamda Namangan davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc) Ismanova Odina Tulkinboevna.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasida pedagogika yo‘nalishi talabalarining raqamli texnologiyalarga oid ergonomik kompetentligini takomillashtirish metodik tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning raqamli texnologiyalarga oid ergonomik kompetentligini takomillashtirish jarayonlariga ta’sir etuvchi axboriy-kognitiv, shaxsiy-qadriyatga yo‘naltirilgan, hissiy-emotsional, faoliyatli-ijodiy komponentlar va xavfsizlik, qulaylik, ishonchlilik, psixofiziologik moslashish, didaktik dizayn, xronometrik muvofiqlik tamoyillari elektron ta’limga metodik ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda raqamli texnologiyalarga oid ergonomik kompetentlikni shakllanganlik darajasi xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish ko‘nikmasining kasbiy faoliyatda namoyon bo‘lishi ergonomik, kompetentli, faoliyatli, kreativ yondashuvlar va o‘zaro bog‘liqlik, tanqidiy fikrlash, xabardorlik, uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustivorlik berish asosida elektron ta’limda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni hisobga olish orqali aniqlangan;
talabalarda raqamli texnologiyalarga oid ergonomik kompetentlikni takomillashtirishga xizmat qiladigan texnologiya(pedagogik faoliyatda ergonomik, kognitiv refleksiya, ergonomik yondashuv, interorizatsiya, sinergiya, deantologiya, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish, korreksiya)larni qo‘llash asosida talabalarning raqamli ta’lim muhitida xavfsiz va qulay ta’lim muhitini farqlash ko‘nikmasiga erishishlarini diagnostik apparati kasbiy-pedagogik yo‘nalganlik darajasini tajribaviy (eksperimental) yondashuvga ko‘ra aniqlash orqali takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalarga oid talabalar ergonomik kompetentligini talabalarga qulay va xavfsiz bilim olishni, talabalarning o‘z ish joyi uchun mas’uliyatli munosabatda bo‘lishini ta’minlovchi metodik tizim SAMR, TPACK modellarini lokal-modulli qo‘llash orqali Feedback (qaytar aloqa) jarayonida kasbiy-pedagogik jihatdan korreksiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagogika o‘qituvchilarining raqamli ta’lim muhitida ergonomik kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy ish natijalari:
talabalarning ergonomik kompetentligini takomillashtirishga oid komponentlar va xavfsizlik, qulaylik, ishonchlilik, psixofiziologik moslashish, didaktik dizayn, xronometrik muvofiqlik tamoyillari elektron ta’limga metodik ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflar “Xalq pedagogikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-376-son guvohnomasi). Natijada talabalarning raqamli texnologiyalarga oid ergonomik kompetentligini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
talabalarda raqamli texnologiyalarga oid ergonomik kompetentlikni shakllanganlik darajasi xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish ko‘nikmasining kasbiy faoliyatda namoyon bo‘lishi ergonomik, uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustivorlik berish asosida elektron ta’limda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni hisobga olish orqali aniqlashga doir amaliy takliflar “Dasturlash” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i asosida berilgan 207451-son guvohnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalarga oid ergonomik kompetentligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
talabalarda ergonomik kompetentlikni takomillashtirishga xizmat qiladigan texnologiya(pedagogik faoliyatda ergonomik yondashuv, interorizatsiya, sinergiya, deantologiya, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish, korreksiya)larni qo‘llash asosida xavfsiz va qulay ta’lim muhitini farqlash ko‘nikmasiga erishishlarini tajribaviy (eksperimental) yondashuvga ko‘ra aniqlash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Xalq pedagogikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-376-son guvohnomasi). Natijada talabalarning ergonomik kompetentligini uzviylik va uzlyuksizlik tamoyili asosida takomillashtirish va lokal-modulli texnologiyalar yordamida mazmuni samaradorligini aniqlashga erishilgan;
qulay va xavfsiz bilim olishni, talabalarning o‘z ish joyi uchun mas’uliyatli munosabatda bo‘lishini ta’minlovchi metodik tizim SAMR, TPACK modellarini lokal-modulli qo‘llash orqali Feedback (qaytar aloqa) jarayonida kasbiy-pedagogik jihatdan korreksiyalash orqali takomillashtirishga oid takliflar Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti bajarayotgan “ERASMUS+Capacity Building Project 101129076 EMPOWER: Women Entrepreneurship, Emprowerment, employability and self-confidence” loyihasi doirasida foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 26 fevraldagi U-05-1259/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ergonomik kompetentligini takomillashtirishning metodik tizimini diagnozlash va korreksiyalash imkoni yaratilgan.