Shertaylakova Gulnoza Bazarovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4937.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Muqaddas Qaxramonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedov Olimjon Shodmonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi va metodlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyati tushunchasi tarixiy-pedagogik meros, zamonaviy didaktika, kognitiv psixologiya, kompetentlik yondashuvi va aksiologik paradigmalarning nazariy-metodologik asoslarini integratsiya qilgan holda yaxlit kompleks kategoriya sifatida asoslanib, uning strukturasi, tarkibiy elementlari, funksional vazifalari va pedagogik faoliyatda namoyon bo‘lish mexanizmlari zamonaviy fan yutuqlari va ta’lim nazariyasi talablariga mos holda yaxlit metodologik model sifatida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi kognitiv-aksiologik, kompetensiyaviy, refleksiv-tahliliy va faoliyatga yo‘naltirilgan komponentlar o‘zaro bog‘liq tizimda loyihalanib, motiv-maqsad, mazmun, texnologiyaviy vositalar, amaliy mexanizmlar va refleksiv-monitoring bosqichlaridan iborat integrativ tarkibiy tuzilma asosidagi kompleks funksional model ta’lim jarayonida talaba didaktik madaniyatining bosqichma-bosqich rivojlanishini ta’minlovchi zamonaviy pedagogik konstruksiya sifatida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy ta’minot kompetensiyaviy-modulli asos, tarixiy manbashunoslik yondashuvi, aksiologik tahlil, raqamli-pedagogik platformalar, media-didaktik vositalar, refleksiv baholash mezonlari va zamonaviy ta’lim metodlari bilan o‘zaro uyg‘un integratsiyada rekonstruksiya qilinib, didaktik materiallarning ichki tuzilishi, modullar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik, metodik bloklarning amaliy qo‘llanish dinamikasi va ta’limiy samaradorligini oshiruvchi uslubiy-didaktik mexanizmlar asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantiruvchi interfaol, integrativ, refleksiv-analitik, vaziyatli-muammoli va tarixiy manbaga asoslangan ta’lim texnologiyalari zamonaviy pedagogik talablar, tarixiy-madaniy kontekst, kognitiv yuklama nazariyasi, pedagogik dizayn tamoyillari, adaptiv individual ta’lim traektoriyalari hamda kompetensiyaga asoslangan ta’lim paradigmalari bilan uyg‘un holda samarali tatbiq etishning ilmiy-metodik asoslari va tarixiy tafakkurni rivojlantiruvchi funksional tavsiyalar majmui asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyati tushunchasi kompetensiyaviy yondashuv va aksiologik paradigmalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda yaxlit ilmiy kategoriya sifatida asoslanib, uning funksional vazifalari hamda pedagogik faoliyatda namoyon bo‘lish mexanizmlari tizimli tahlil qilindi va zamonaviy ta’lim nazariyasi talablariga mos ravishda takomillashga doir tavsiyalarning “60111100 – Tarix” ta’lim yo‘nalishi malaka talabiga singdirilishi orqali amaliyotga joriy etildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-yanvarda berilgan 02/01-01-23 son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi kognitiv-aksiologik, kompetensiyaviy, refleksiv-tahliliy va faoliyatga yo‘naltirilgan komponentlar asosida ishlab chiqilib, motiv-maqsad, mazmun, texnologik vositalar, amaliy mexanizmlar va refleksiv-monitoringni qamrab oluvchi integrativ model sifatida takomillashtirishga oid tavsiyalar o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-noyabr 2023-yilda berilgan 02-07-4883/04 son ma’lumotnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada, zamonaviy ijtimoiy sharoitda bo‘lajak tarix fani o‘qituvchisi didaktik madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy ta’minot kompetensiyaviy-modulli asos, manbashunoslik yondashuvi, aksiologik tahlil, raqamli va media-didaktik vositalar, refleksiv baholash mezonlari hamda zamonaviy ta’lim metodlari integratsiyasida qayta ishlab, modullar tuzilishi va metodik mexanizmlarini optimallashtirish asosida takomillashtirildi va mazkur yondashuv bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif hamda tavsiyalar “Jizzax viloyati” telekanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Tafakkur olami” va “Yoshlar studiyasi” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Oʻzbekiston Milli teleradiokompaniyasining “Jizzax viloyati” telekanali davlat muassasasining 2025-yil 4-apreldagi 290/13-10-son ma’lumotnomasi); Natijada, bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interfaol, integrativ, refleksiv-analitik, vaziyatli-muammoli va tarixiy manbaga asoslangan ta’lim texnologiyalari zamonaviy pedagogik talablar, tarixiy-madaniy kontekst, kognitiv yuklama nazariyasi va pedagogik dizayn tamoyillari bilan uyg‘unlashtirilgan holda takomillashtirilib, ularni samarali tatbiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekistom Milliy universitetida bajarilgan FZ2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihadagi vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-noyabr 2023-yilda berilgan 02-07-4883/04 son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining didaktik madaniyatini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.