Eskaraeva Gulmira Beketovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda talabalarning lingvokulturologik kompetensiyasini shakllantirish (rus xalq ertaklari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5023.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Latipov Oqil Jurakulovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning lingvokulturologik komponentlarini amalga oshirishda rus xalq ertagidan foydalanish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek talabalarining lingvokulturologik kompetensiyasini shakllantirishda rus xalq ertaklaridan foydalanish imkoniyatlari rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda “madaniyatlar muloqoti” tamoyiliga tayangan holda folklor matnlarining lingvistik va madaniy mazmunini integrativ o‘zlashtirish orqali aniqlashtirilgan; 
rus xalq ertaklarining mavzuga oid, janr, kompozision va uslubiy xususiyatlari rus dunyosi va milliy xarakterining madaniy hamda qadriyatga oid dominantlari, shuningdek, ertaklarning konseptual sohasini lug‘aviy tavsiflar asosida tahlil qilish hamda o‘zbek talabalarining rus tilini chet tili sifatida o‘zlashtirish darajasini oshirishda ularning muhim lingvodidaktik salohiyatga ega ekanligini integrativ lingvodidaktik yondashuv asosida konseptual jihatdan asoslash orqali aniqlashtirilgan; 
  talabalarning o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlovchi texnologiyalari rus xalq ertaklarining lingvistik xususiyatlari va ertak matnlaridagi lingvistik birikmalar orqali uzatiladigan axborot turlarini tilshunoslik hamda madaniy ma’lumotlarni tahlil qilish va idrok etishning innovatsion usullarini joriy etish hamda nutq faoliyatining barcha turlarini kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy topshiriqlar va materiallarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan; 
rus xalq ertaklarining konseptual sohasini o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy tavsiyalar tizimi rus xalq ertaklarining tematik, janr, kompozision, lingvistik va uslubiy xususiyatlari, ertak matnlaridagi lingvistik birikmalar orqali uzatiladigan axborot turlari hamda rus tilini chet tili sifatida o‘qitish tamoyillarini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Rus xalq ertaklarini rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda lingvokulturologik kompetensiyani shakllantirish bo‘yicha (rus xalq ertaklari misolida) tadqiqot natijalari: 
rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda “madaniyatlar muloqoti” tamoyiliga tayangan holda folklor matnlarining lingvistik va madaniy mazmunini integrativ o‘zlashtirish orqali aniqlashtirilgan o‘zbek talabalarining lingvokulturologik kompetensiyasini shakllantirishda rus xalq ertaklaridan foydalanish imkoniyatlariga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan PZ-20170913120-sonli «Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari» loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025 yil 5 iyundagi 04/11-7154-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rus xalq ertagining rus madaniyatidagi o‘rni va uning o‘zbek talabalarda lingvomadaniy kompetentlikni shakllantirishdagi ahamiyatini namoyon etish imkoni yaratildi;
rus dunyosi va milliy xarakterining madaniy hamda qadriyatga oid dominantlari, shuningdek, ertaklarning konseptual sohasini lug‘aviy tavsiflar asosida tahlil qilish hamda o‘zbek talabalarining rus tilini chet tili sifatida o‘zlashtirish darajasini oshirishda ularning muhim lingvodidaktik salohiyatga ega ekanligini integrativ lingvodidaktik yondashuv asosida konseptual jihatdan asoslash orqali aniqlashtirilgan rus xalq ertaklarining mavzuga oid, janr, kompozision va uslubiy xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan PZ-20170913120-sonli «Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari» loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025 yil 5 iyundagi 04/11-7154-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar rus tiliga oid madaniy kontekstlar va an’analarni chuqurroq anglay boshladilar, bu esa til birliklari va ularning ma’nolarini yanada samarali o‘zlashtirishga yordam berdi;
rus xalq ertaklarining lingvistik xususiyatlari va ertak matnlaridagi lingvistik birikmalar orqali uzatiladigan axborot turlarini tilshunoslik hamda madaniy ma’lumotlarni tahlil qilish va idrok etishning innovatsion usullarini joriy etish hamda nutq faoliyatining barcha turlarini kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy topshiriqlar va materiallarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan talabalarning o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlovchi texnologiyalariga oid tavsiyalar Guliston davlat universiteti rektorining 2024 yil 30 martdagi 49-sonli buyrug‘iga binoan «60111700 – o‘zga tilli guruhlarda rus tili» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat talabalariga mo‘ljallangan «Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi» darsligi mazmuniga kiritilgan. (Guliston davlat universitetining rektorining 2024 yil 30 martdagi 49-sonli buyrug‘iga binoan berilgan №49-14-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, mashg‘ulotlarda talabalar nutq faoliyatining barcha turlarini kompleks rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
rus xalq ertaklarining tematik, janr, kompozision, lingvistik va uslubiy xususiyatlari, ertak matnlaridagi lingvistik birikmalar orqali uzatiladigan axborot turlari hamda rus tilini chet tili sifatida o‘qitish tamoyillarini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan rus xalq ertaklarining konseptual sohasini o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy tavsiyalar tizimi «Guliston davlat universiteti rektorining 2024 yil 30 martdagi 49-sonli buyrug‘iga binoan «60111700 – o‘zga tilli guruhlarda rus tili» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat talabalariga mo‘ljallangan «Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi» darsligi mazmuniga kiritilgan. (Guliston davlat universitetining rektorining 2024 yil 30 martdagi 49-sonli buyrug‘iga binoan berilgan №49-14-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, rus xalq ertaklarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish va raqamlashtirish bo‘yicha an’anaviy hamda innovatsion metodlarni uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish