Omonboev Berdiyor Ixtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy adabiyot vositasida OTM talabalarida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped4016
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy adabiyot vositasida talabalarda sog‘lom turmush tarzi ko’nikmalarini rivojlantirishning metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini badiiy adabiyot vositasida rivojlantirish jarayoni murakkab pedagogik tizim sifatida talqin etilib, uning metodik shart-sharoitlari, tashkiliy tuzilmasi va baholash mezonlari o‘zaro metodik bog‘liqlik va aloqadorlikda, mazmuniy izchillik hamda tizimlilik tamoyillari asosida ilmiy-metodik jihatdan asoslangan holda aniqlashtirilgan;
ta’lim muassasasida axborotlashgan ta’lim muhitining imkoniyatlari, o‘quv-metodik hamda innovatsion didaktik ta’minot asosida takomillashtirilgan o‘quv jarayoni mazmuni ilmiy-nazariy va metodik jihatdan asoslanib, talabalarni sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini badiiy adabiyot vositasida rivojlantirish jarayoni modelining mazmuni takomillashtirilgan;
talabalarni sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini badiiy adabiyot vositasida rivojlantirishning falsafiy hamda pedagogik-psixologik omillari tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil etish va uning natijadorligini oshirishdagi ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarni sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini badiiy adabiyot vositasida rivojlantirish shakllari aniqlashtirilib, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari interfaol va shaxsga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan hamda sog‘lom turmush tarzi g‘oyalarini ta’lim jarayonida samarali singdirishga qaratilgan ilmiy-metodik xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Talabalarda badiiy adabiyot vositasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar, tayyorlangan ilmiy va amaliy tavsiyalar asosida:
talabalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini badiiy adabiyot vositasida rivojlantirish jarayoni, metodik shart-sharoitlari, tashkiliy tuzilmasi va baholash mezonlari o‘zaro metodik bog‘liqlik va aloqadorlikda, mazmuniy izchillik hamda tizimlilik tamoyillari asosida ilmiy-metodik jihatdan asoslangan holda aniqlashtirilgan talabalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini badiiy adabiyot vositasida rivojlantirish jarayoni murakkab pedagogik tizim sifatida talqiniga oid xulosalar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 30-martdagi 39-son buyrug‘i asosida berilgan 39-09 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarda sog‘lom turmush tarziga oid bilim, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, badiiy adabiyot vositalari orqali salomatlikni saqlash va mustahkamlash, valeologik madaniyat, milliy qadriyat, jismoniy salomatlik kabi sifatlariga ustuvorlik berish orqali aniqlangan bo‘lib, jismoniy (adaptiv) moslashuvchanligini tarbiyalashning o‘quv-uslubiy va elektron resurslar ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ilmiy-nazariy va metodik jihatdan asoslanib, talabalarni sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini badiiy adabiyot vositasida rivojlantirish jarayoni modelining mazmuni takomillashtirilgan ta’lim muassasasida axborotlashgan ta’lim muhitining imkoniyatlari, o‘quv-metodik hamda innovatsion didaktik ta’minot asosida takomillashtirilgan o‘quv jarayoni mazmuni bo‘yicha takliflar pedagogic oliy ta’lim muassasalarining ta’lim amaliyotiga joriy qilingan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 24-fevraldagi 11-05-1162/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarni sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini badiiy adabiyot vositasida rivojlantirish jarayonlari murakkab pedagogik tizimning komponentlari sifatida asoslanib, tashkiliy tuzilmasi va mazmuniga muvofiq o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash mexanizmlari hamda yo‘naltirish tizimi samaradorligini aniqlash ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari takomillashtirilgan;
tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil etish va uning natijadorligini oshirishdagi ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslash orqali aniqlashtirilgan talabalarni sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini badiiy adabiyot vositasida rivojlantirishning falsafiy hamda pedagogik-psixologik omillari, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari interfaol va shaxsga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan hamda sog‘lom turmush tarzi g‘oyalarini ta’lim jarayonida samarali singdirishga qaratilgan ilmiy-metodik xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan talabalarni sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini badiiy adabiyot vositasida rivojlantirish shakllariga oid xulosalar “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 30-martdagi 39-son buyrug‘i asosida berilgan 39-09 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish modeli takomillashtirishga erishilgan.