A’loxonov Axadxon Axrorxon o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatlarini rivojlantirish”, 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024./4.PhD/Ped8617 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Erkaboev Oybek Muhammadjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024. Ped.05.10
Rasmiy opponentlar: Farg‘ona davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Temirov Nabijon Solievich; Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc), Dadaboev Odil Jaloliddinovich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sog‘lom turmush tarzi faoliyati orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida salomatlikni qadriyat sifatida anglash va qadrlashga o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘liqni qadrlash tuyg‘usini shakllantirish orqali sog‘lom turmush tarziga ta’sir etuvchi bosh omillar: jismoniy faollik, gigiena, oilaviy muhit, psixologik rag‘batlantirish majmuasi ilmiy jihatdan takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarziga ijobiy munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik metodikalar: harakatli o‘yinlar, rag‘batlantiruvchi usullar, oilaviy hamkorlik dasturlari va stressni kamaytiruvchi mashqlarni izchil qo‘llashga hizmat qiluvchi “Salomatlik yo‘li” dasturi ishlab chiqilgan;
pedagogik tajriba asosida “Salomatlik yo‘li” mobil ilovasini ishlab chiqish va qo‘llash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzi shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar (kundalik faollik rejimi, ovqatlanish madaniyati, jismoniy mashqlarni mustaqil bajarish motivatsiyasi va sog‘liq haqida bilimlarni amaliy qo‘llash ko‘nikmalari) dan foydalanish samaradorligi oshirilgan;
boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini tarbiyalashga xizmat qiluvchi integrallashgan “Salomatlik yo‘li” mobil ilovasiga harakatli o‘yinlar, rag‘batlantirish vositalari, oilaviy hamkorlik va stressni kamaytiruvchi dasturiy ta’minotlarni kiritish hisobiga o‘quvchilar harakat faolligi oshirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga doir o‘tkazilgan tajriba-tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi amaliy joriy qilishlar amalga oshirildi:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sog‘lom turmush tarziga oid bilimlari va munosabatlarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan diagnostik uslub Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablari amaliyotiga joriy qilinib (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktam ta’lim vazirligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 01/10-01-271-son ma’lumotnomasi), pedagoglar va maktab psixologlari tomonidan o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi, oilaviy ta’sir va mavjud muammolarni kompleks aniqlash imkoniyatini yaratdi. Natijada o‘quvchilarning sog‘liq va jismoniy faollik ko‘rsatkichlarini nazorat qilish samaradorligi 18,5% ga oshdi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida salomatlikni qadriyat sifatida shakllantirishga qaratilgan "Salomatlik yo‘li" kompleks pedagogik dasturi Farg‘ona viloyatidagi bir qator umumta’lim maktablarida sinovdan o‘tkazilib (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktam ta’lim vazirligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 01/10-01-271-son ma’lumotnomasi), uning natijasida o‘quvchilarning jismoniy faollikka qiziqishi va sog‘lom ovqatlanish odatlari 25,2% ga yaxshilangani qayd etildi. Mazkur dastur asosida ishlab chiqilgan metodik qo‘llanma viloyatdagi boshqa maktablarga ham tavsiya qilindi.
“Salomatlik yo‘li” pedagogik dasturining samaradorligi Farg‘ona shahridagi 34-sonli umumta’lim maktabida eksperimental tarzda sinovdan o‘tkazildi (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktam ta’lim vazirligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 01/10-01-271-son ma’lumotnomasi), Natijada dastur joriy qilingan tajriba sinflarida kundalik jismoniy faollik bilan shug‘ullanish ko‘rsatkichlari boshlang‘ich 35% dan 80% ga ortdi, zararli odatlarga moyillik ko‘rsatkichi esa 2 barobar kamaydi. Bu esa mazkur metodikaning samaradorligini pedagogik va statistik jihatdan isbotlash imkonini berdi.
Tadqiqot natijasida aniqlangan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar (oilaviy hamkorlikni kuchaytirish, rag‘batlantirish mexanizmlari, fanlararo integratsiya va yoshga mos psixologik qo‘llab-quvvatlash) Farg‘ona shahridagi 34-sonli va 46-sonli umumta’lim maktablari amaliyotiga integrativ ravishda joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktam ta’lim vazirligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 01/10-01-271-son ma’lumotnomasi), Natijada o‘quvchilarning salomatlikni qadrlash va sog‘lom xulq-atvor ko‘nikmalarini barqaror shakllantirish samaradorligi 22,7% ga oshgani qayd qilindi. Ushbu tajribalar asosida tavsiya etilgan metodik yondashuv boshqa maktablarda qo‘llash uchun tavsiya etildi.