Kim Doncherning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda xomaki mis ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish», 05.05.01–Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T921.
Ilmiy rahbar: Kamalov Tolyagan Sirajiddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Ilmiy-texnika markazi» ma’suliyati cheklangan jamiyati.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» ma’suliyati cheklangan jamiyati, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Fozildjan Abidovich, texnika fanlari doktori, professor; Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ energetik sig‘imni va birlik xomaki misni ishlab chiqarishda elektr energiyaning solishtirma sarfi tuzilmasini ishlab chiqish hamda energiya tejamkorlik salohiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energiya eltuvchilar, eritish va konverterli qayta ishlash agregatlarini xom ashyo bilan yuklanganlik darajasini inobatga olgan holda xomaki misni ishlab chiqarish energiya sig‘imining matematik modeli ishlab chiqilgan;
birlik xomaki misni ishlab chiqarishda energiya eltuvchilar solishtirma sarfining strukturasi integral ko‘rsatgichlar usuli asosida ishlab chiqilgan;
aks ettiruvchi pech`, kislorod alangali pech`, suyuq vannali pech`, konvertorli qism agregatlarining energotejamkor ish rejimlari siqilgan havo va texnik kislorod oqimini rostlash orqali ishlab chiqilgan;
turbohavopuflash stansiyasidagi quvvati 3,0 MVtli turbonagnetatelning sinxron elektr yuritmasi chastotaviy rostlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xomaki misni tayyorlash jarayonining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
texnik kislorod oqimini rostlaydigan tizim Misni eritish zavodining kompressor stansiyasida joriy etildi («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 24 oktyabrdagi 31-10-402 son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga 1,84 million kVt∙soat elektr energiyasini tejash imkonini berdi;
siqilgan havoni boshqaradigan tizim Misni eritish zavodi kislorod stansiyasining havoni ajratish blokida joriy etildi («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 24 oktyabrdagi 31-10-402 son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga 22,0 million kVt∙soat elektr energiyasini tejash imkonini berdi;
chastotaviy rostlanadigan 3,0 MVt sinxron elektr yuritmasi Misni eritish zavodining turbohavopuflash stansiyasida joriy etildi («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 24 oktyabrdagi 31-10-402 son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga 6,9 million kVt∙soat elektr energiyasini tejash imkonini berdi.