Raxmanov Jaxongir Jalilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida neft va gaz sanoati uchun burg‘ilash qorishmalarining yangi fraksiyalarini o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materaillar texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4116.
Ilmiy rahbar: Bozorov Otabek Nashvandovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Xusenov Arslonnazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Karimova Kamolaxon Baxodirovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida neft va gaz sanoati uchun burg‘ilash qorishmalarining yangi fraksiyalarini olish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft va gaz sanoati uchun sellyuloza asosida burg‘ilash qorishmalariga stabillovchi reagentlarni olishning maqbul sharoitlarni aniqlangan;
ajratib olingan paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilari asosidagi sellyuloza namunalarini pishirish jarayonlarining fizik-kimyoviy va mexanik -strukturaviy xossalari aniqlangan;
neft va gaz sanoati uchun burg‘ilash eritmalarini yangi turlarining tarkibi uchun paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilaridan polianionli sellyuloza va to‘qimachilikning tolali chiqindilari asosida almashinish darajasi past sanalgan yarim karboksimetilsellyulozaning armirlash maqsadida ishlatiladigan fraksiyasi olingan;
paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilaridan polianionli sellyuloza va to‘qimachilikning tolali chiqindilari asosida almashinish darajasi past sanalgan yarim karboksimetilsellyulozani turli markalaridan kompozit tarkibli stabillovchi burgʻilash eritmalarini ishlatishning maqbul nisbatlari va fizik–kimyoviy xossalari aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida neft va gaz sanoati uchun burg‘ilash eritmalarining yangi fraksiyalarini olishning prinsipial texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilaridan polianionli sellyuloza va to‘qimachilikning tolali chiqindilari asosida olingan almashinish darajasi past yarim karboksimetilsellyuloza olish texnologiyasini tadbig‘i bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilari va to‘qimachilikning tolali chiqindilari asosida polianionli sellyuloza va almashinish darajasi past yarim karboksimetilsellyuloza olish usuli “Innovative chemical technologies” MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasining 2025 yil 12 fevraldagi OP25/ED-600-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza va undan PAS hamda Ya-KMS markalarini olish imkonini bergan;
polianionli sellyuloza (PAS) va almashinish darajasi past yarim karboksimetilsellyuloza (Ya-KMS) markalarining namunalari “Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining “Texnik nazorat bo‘limi” qoshidagi kimyoviy tahlil labaratoriyasida gaz quduqlarini burg‘ilash eritmalarini tayyorlashda qo‘llanilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2023 yil 12 maydagi 312-01/5-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gaz quduqlarini burg‘ilash eritmalariga PAS hamda Ya-KMSlarning bir necha markalarini qo‘shilishi burg‘ilash eritmasining stabilligini oshirishi, uning filtratsion, reologik va fizik-mexanik xossalarini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish