Turatov Muzaffar Nuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Turkiston tog‘ tizmasida ninabargli daraxt turlari introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari», 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/V1593.
Ilmiy rahbar: Xamroev Xusen Fatullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mumatov Baxrom Xojaniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Turkiston tog‘ tizmasida o‘sayotgan Pinaceae oilasi ayrim vakillarining bioekologik xususiyatlarini aniqlash va introduksion baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Turkiston tog‘ tizmasida introduksiya sharoitida o‘sayotgan Pinaceae oilasiga mansub tur (qrim qarag‘ayi, oddiy qarag‘ay, oddiy qoraqarag‘ay, Shrenk qoraqarag‘ayi, sibir tilog‘ochi va sibir oqqarag‘ayi) larining hozirgi holati, o‘lchamlari aniqlangan va tashqi muhit omillari (yorug‘lik, namlik, tuproq) ga munosabati baholangan;
introduksiya qilingan ignabargli daraxt turlar urug‘larining laboratoriya sharoitida turli haroratlardagi hamda dala sharoitidagi unuvchanligi aniqlangan;
introduksiya qilingan ignabargli daraxt turlarining mavsumiy o‘zgarish ko‘rsatkichlari tahlil etilib ularning fenospektri ishlab chiqilgan;
turli sharoitda o‘sayotgan ignabargli daraxt turlarining gullash, urug‘ berish mavsumiyligi tahlil etilgan va hosildorligi aniqlangan;
Pinaceae oilasiga mansub introduksiya qilingan 6 turning manzaraviyligi aniqlangan hamda introduksion baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston tog‘ tizmasida ignabargli daraxt turlari introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rmon xo‘jaliklari uchun “Turkiston tog‘ tizmasida ignabargli daraxt turlari introduksiyasi va bioekologik xususiyatlarini tadqiq etish” mavzusidagi tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 22 avgustdagi 03-03/1-03/3-8364-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma O‘zbekistonning tog‘li hududlarini o‘rmonlashtirishda ignabargli daraxt turlaridan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qilish imkonini bergan;
Turkiston tog‘ tizmasidagi introduksiya qilingan ignabargli daraxt turlarining fenologiyasi va biometriyasi tahlil etish ishlanmasi Zomin Milliy-tabiat bog‘i, Zomin davlat qo‘riqxonasining 4,05 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 22 avgustdagi 03-03/1-03/3-8364-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud o‘rmonlardagi ignabargli daraxt turlarida mavsumiy o‘zgaruvchanligi tadqiq etilib ularning biometrik ko‘rsatkichlarini (diametri, balandligi, shox-shabba o‘lchami) aniqlash imkonini bergan;
Turkiston tog‘ tizmasidagi introduksiya qilingan ignabargli daraxt turlarining hosildorligini baholash ishlanmasi Zomin Milliy-tabiat bog‘ining 0,05 gektar, Zomin davlat qo‘riqxonasining esa 4 maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 22 avgustdagi 03-03/1-03/3-8364-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud daraxtlarni seleksion baholash hamda vaqtinchalik urug‘chilik uchastkalarini tashkil etish orqali urug‘ mahsuldorligini 30-50% ga oshirish imkonini bergan;
Turkiston tog‘ tizmasidagi introduksiya qilingan ignabargli daraxt turlarining urug‘larining unuvchanligini aniqlash ishlanmasi Zomin davlat qo‘riqxonasining 0,01 gektar gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 22 avgustdagi 03-03/1-03/3-8364-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida turlarning urug‘ko‘chatlarini etishtirish orqali hududda himoya daraxtzorlarini barpo etishda foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish