Mamaradjabova Bog‘zoda Abdilxakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shaxs o‘zini o‘zi anglash strategiyasining oilaviy munosabatlarga ta’siri», 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P1242.
Ilmiy rahbar: Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamutdinovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Bahriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shamshetova Anjim Karamiddinovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxs o‘zini o‘zi anglash strategiyasining oilaviy munosabatlarga ta’sirini tadqiq etish va optimallashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning refleksiv xususiyatlari «shaxsiy Men» va «ijtimoiy Men»ning oilaviy munosabatlar ta’sirida uyg‘unlashuviga ko‘ra «Men» kuchi yuqori shaxslarni o‘z-o‘zini anglashida tanqidiylik, xatti-harakat va xulq-atvorni taftish qiluvchanlik, o‘zidan mamnunlik, kamchiliklariga nisbatan xolislik va tahlilchanlikni kuchaytirishi isbotlangan;
shaxsning ontogenetik rivojlanish bosqichlaridagi refleksiv xususiyatlar o‘z-o‘ziga ishonch va o‘z-o‘ziga munosabat o‘z-o‘zini anglash strategiyasini tavsiflovchilar sifatida namoyon bo‘lishi «Men» kuchi ta’siriga bog‘liqligi tufayli o‘z-o‘zini idora qilish, ichki ziddiyat va o‘z-o‘zini ayblash o‘z-o‘zini anglashni differensatsiyalovchi o‘z-o‘ziga munosabat xususiyatlari orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan;
shaxsning o‘z-o‘zini anglashida samimiylik, o‘zini qabul qiluvchanlik, «oilaviy Men», muloqotdagi “psixoterapevtik” xususiyatlarining tarkib topishi tufayli er-xotinlar qarashlaridagi moslik farzandlarga e’tiborlilik va oilaning umumiy simvollarini (yaxshi sevgi-muhabbat, ishonch va sadoqat, oilaviy an’analar, oilaviy tadbirlar, er-xotinning bir-biriga sadoqati) ta’minlovchi psixologik omil ekanligi dalillangan;
o‘z-o‘ziga e’tibor qaratish va nazorat qilish, o‘zini shaxsiy timsolini shakllanishi bilan bog‘liq jihatlarga ko‘ra muloqotda his-tuyg‘ularni anglash va tartibga solish, tafakkur tarzi, muloqot qilishni o‘rganish, ijtimoiy muhit va insonlar orasida faollikning yuqori bo‘lishi muhiimligi tufayli shaxsning o‘z-o‘zini anglash strategiyasiga psixoeduktiv ta’sir etish orqali oilaviy munosabatlarda ijtimoiy rollarni barqarorlashtirish mumkinligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shaxs o‘zini o‘zi anglash strategiyasining oilaviy munosabatlarga ta’siri yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
refleksiyani shakllantirish hisobiga «shaxsiy Men» va «ijtimoiy Men»ning uygʻunlashuviga erishish «Men» kuchi yuqori shaxslarni o‘z-o‘zini anglashida tanqidiylik, xatti-harakat va xulq-atvorni taftish qiluvchanlik, o‘zidan mamnunlik, o‘z kamchiliklariga nisbatan xolislik hamda tahlilchanlikni kuchaytirishi isbotlanganligiga doir ilmiy taklif-tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi №-PM-274-sonli buyrugʻiga asosan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi №-PM-274-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazilgan o‘quv kurslarida shaxsning o‘z-o‘zini anglash strategiyasi haqida ma’lumot berishga erishilgan;
shaxsning ontogenetik rivojlanish bosqichlarida o‘z-o‘ziga ishonch va o‘z-o‘ziga munosabat o‘z-o‘zini anglash strategiyasini tavsiflovchilar sifatida namoyon bo‘lganda «Men» kuchi ta’sirida o‘z-o‘zini idora qilish, ichki ziddiyat va o‘z-o‘zini ayblash o‘z-o‘zini anglashning differensatsiyalovchi o‘z-o‘ziga munosabat xususiyatlari ekanligi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi №-PM-274-sonli buyrugʻiga asosan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi №-PM-274-a-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida modulga kiritilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda, shaxs o‘z-o‘zini anglash strategiyasida Men kuchi, Men timsoli va o‘ziga munosabati muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan;
shaxsning o‘z-o‘zini anglashida samimiylik, o‘zini qabul qiluvchanlik, «oilaviy Men», muloqotdagi «psixoterapevtik» xususiyatlarining tarkib topishi er-xotinlar qarashlarida moslikni ta’minlashi hisobidan farzandlarga eʼtiborlik va oilaning umumiy simvollarini (yaxshi sevgi-muhabbat, ishonch va sadoqat, oilaviy anʼanalar, oilaviy tadbirlar, er-xotinning bir-biriga sadoqati) ta’minlovchi psixologik jihatlar ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi №-PM-274-sonli buyrugʻiga asosan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi №-PM-274-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurs tinglovchilariga shaxsning o‘z-o‘zini anglashning oilaviy munosabatlarga ta’siri haqida ma’lumot berishga xizmat qilgan;
o‘z-o‘ziga eʼtibor qaratish va o‘zini nazorat qilish, o‘zining shaxsiy timsolini shakllantirishi, his-tuygʻularini anglash va tartibga solish, o‘z tafakkur tarzi, muloqot qilishni o‘rganish, ijtimoiy muhit va insonlar orasida faollik shaxs o‘zini o‘zi anglash strategiyasini psixokorreksiyalashning muhim tarkibiy jihatlari ekanligi empirik tasdiqlanganligiga oid taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi №-PM-274-sonli buyrugʻiga asosan «Psixologik korreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi №-PM-274-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurs tinglovchilarida o‘z-o‘zini anglashni psixokorreksiyalash bo‘yicha treninglar tashkil etish bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qilgan.