- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
- Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi (19.12.2025)
Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) raisi Yusupov Axmadbek Tadjievich bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi (18.12.2025 y.).
Uchrashuvda doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar, yosh olimlar, turli ixtisosliklar bo‘yicha Ilmiy kengashlar hamda Ilmiy seminarlar raislari va kotiblari, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan OAK raisi Axmadbek Yusupov so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy kengashlar faoliyati hamda OAK ishining samaradorligi haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Muloqot jarayonida tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan va ularni qiynayotgan masalalar batafsil tinglanib, aksariyat savol va muammolarga joyida aniq va amaliy echimlar taklif etildi.

Qayd etish joizki, bunday uchrashuvlar ilmiy izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga ko‘maklashish hamda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering