Azimova Vazira Oqiljonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda ta’lim turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5610.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: , iqtisodiyot fanlari doktori, professor Alisher Abdug‘anievich Eshtaev.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01 
Rasmiy opponentlar:  Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Ayubov Ilyos Ilxomovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot:    Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda ta’lim turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda turizm sohasida xalqaro standartlarga mos uzlyuksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoni “blok-modul” tizimining dual ta’lim shaklida tashkil etilish asosida turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan amaliyot bazalarini belgilangan tartibda tashkil etish bo‘yicha taklifi asoslangan;
Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasida mehmonxonalar va restoranlar uchun yuqori malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalari bo‘yicha oliy ta’lim dasturlarini jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari asosida qayta ko‘rib chiqib, “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”da ushbu ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish hamda unga pazandachilik sohasida kadrlar tayyorlashga oid yangi ta’lim yo‘nalishini kiritish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha taklif asoslangan;
oliy ta’limda ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari eksportini oshirish maqsadida xalqaro mehnat bozori talablari asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishda oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini o‘quv jarayoniga rivojlangan xorijiy davlatlarning “Curriculum” rejasi asosida ta’lim turizmini rivojlantirishda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish uchun “Study in Uzbekistan” modeli taklif etilgan;
mamlakatimizda hududlarda ta’lim va turizm xizmatlar faoliyati samaradorligini oshirish omillarining ta’sirini hisobga olib, hududlarning turistlik salohiyati va ta’lim berish resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2030 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘ va tog‘oldi hududlarida ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish asosida:
mamlakatimizda turizm sohasida xalqaro standartlarga mos uzlyuksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoni “blok-modul” tizimining dual ta’lim shaklida tashkil etilish asosida turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan amaliyot bazalarini belgilangan tartibda tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-son “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan hududlarda turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-10-17-11868-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi 35 % ga oshadi;
Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasida mehmonxonalar va restoranlar uchun yuqori malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalari bo‘yicha oliy ta’lim dasturlarini jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari asosida qayta ko‘rib chiqib, “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”da ushbu ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish hamda unga pazandachilik sohasida kadrlar tayyorlashga oid yangi ta’lim yo‘nalishini kiritish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-son “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan hududlarda turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-10-17-11868-son ma’lumotnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida turizm sohasida malakali kadrlar ta’minoti 25–32 foizgacha ortadi;
oliy ta’limda ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari eksportini oshirish maqsadida xalqaro mehnat bozori talablari asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishda oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini o‘quv jarayoniga rivojlangan xorijiy davlatlarning “Curriculum” rejasi asosida ta’lim turizmini rivojlantirishda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish uchun “Study in Uzbekistan” modeli bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 2-fevraldagi PQ-54-son qaroriga “Ta’lim sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish” bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-10-17-11868-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim xizmatlari eksporti 35%ga oshishiga erishiladi;
mamlakatimizda hududlarda ta’lim va turizm xizmatlar faoliyati samaradorligini oshirish omillarining ta’sirini hisobga olib, hududlarning turistlik salohiyati va ta’lim berish resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2030 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025–2030 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-10-17-11868-son ma’lumotnomasi). Natijada, keyingi besh yil davr mobaynida Natijada hududiy turizm industriyasining umumiy rivojlanish sur’atilari kamida 1,7 baravar tezlashtirishi kutiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish