Tursunov Xasan Xolmuminovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turizm sohasini barqaror rivojlantirishda enoturizm resurslaridan samarali foydalanish usullari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5623.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar:  Ibragimov Nutfullo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Usmanova Dilafruz Karshievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:    Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlarda turizm sohasini barqaror rivojlantirishda enoturizm resurslaridan samarali foydalanish usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda turizm va uzumchilik sohalarini kelgusida yanada barqaror rivojlantirish maqsadida kichik sanoatbop uzum plantatsiyasiga ega tadbirkorlik subektlarini aniqlash, tadbirkorlik subektlari bilan birga loyiha hujjatini ishlab chiqish asosida Karmana, Samarqand va Parkent tumanlarida kichik sanoatbop uzum plantatsiyasiga ega tadbirkorlik subektlarida kamida 2 ta “HoReCa” (mehmonxona–restoran–kafe) tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
mamlakatimizda turizm sohasini iqtisodiyotning muhim strategik tarmog‘i sifatida yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini keskin oshirish, yangi turizm obektlarini tashkil etish, sohadagi tadbirkorlarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 16 ta tuman (shahar)lardagi tegishli hududlarni o‘rganishlar asosida “Entertainment district” enoturizm xizmatlariga ixtisoslashgan hududlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm sohasini tizimli va barqaror rivojlanishini ta’minlash, xizmatlar sifatini oshirish hamda milliy turistik mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida jahonda keng taniladigan O‘zbekiston brendini yaratish va milliy mahsulotlarni ommalashtirish uchun yangi instrumentlarni (enoturizm, ilmiy turizm, harbiy turizm) joriy etish asosida turistik startaplarnі yangi turistik xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga subsidiyalar ajratish bo‘yicha takliflar dalillangan;
hududlarning turistik salohiyati va enoturizm resurslaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda turizm sohasini barqaror rivojlantirishda enoturizm resurslaridan samarali foydalanish usullari mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
mamlakatimizda turizm va uzumchilik sohalarini kelgusida yanada barqaror rivojlantirish maqsadida kichik sanoatbop uzum plantatsiyasiga ega tadbirkorlik subektlarini aniqlash, tadbirkorlik subektlari bilan birga loyiha hujjatini ishlab chiqish asosida Karmana, Samarqand va Parkent tumanlarida kichik sanoatbop uzum plantatsiyasiga ega tadbirkorlik subektlarida kamida 2 ta “HoReCa” (mehmonxona–restoran–kafe) tizimini joriy etish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-noyabrdagi 03-10-17-12051-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida enoturizm resurslardan foydalanish va mahalliy turistlarga xizmat ko‘rsatish hajmi ikki barobarga oshgan;
mamlakatimizda turizm sohasini iqtisodiyotning muhim strategik tarmog‘i sifatida yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini keskin oshirish, yangi turizm obektlarini tashkil etish, sohadagi tadbirkorlarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 16 ta tuman (shahar)lardagi tegishli hududlarni o‘rganishlar asosida “Entertainment district” enoturizm xizmatlariga ixtisoslashgan hududlarni tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024 -yil 18-iyuldagi PF-102-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-noyabrdagi 03-10-17-12051-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijiy mamlakatlar tajribalari o‘rganilib amaliyotga joriy qilindi, buning natijasida ichki va tashqi turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi 1,5 marta oshgan;
turizm sohasini tizimli va barqaror rivojlanishini ta’minlash, xizmatlar sifatini oshirish hamda milliy turistik mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida jahonda keng taniladigan O‘zbekiston brendini yaratish va milliy mahsulotlarni ommalashtirish uchun yangi instrumentlarni (enoturizm, ilmiy turizm, harbiy turizm) joriy etish asosida turistik startaplarnі yangi turistik xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga subsidiyalar ajratish bo‘yicha dalillangan takliflar 2025 yil 19 noyabrdagi PQ–348-son “Turizmni jadal rivojlantirish va ushbu sohada davlat boshqaruvini takommilashtirish bo‘yicha” Yo‘l xaritasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-noyabrdagi 03-10-17-12051-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida enoturizmning turistik resurslardan foydalanish asosida turistlarga xizmat ko‘rsatish hajmini 15 foizga oshirishga imkoniyat paydo bo‘lgan;
hududlarning turistik salohiyati va enoturizm resurslaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha prognoz parametrlarini ishlab chiqish va ularni davlat dasturlariga kiritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-noyabrdagi 03-10-17-12051-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amaliyotga joriy etish turizmga qo‘yilgan talablarni inobatga olgan holda tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlarni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish