Axmedov Sardorbek Xurmatbekovichning 
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Yo‘l haqi tariflari va poezdlar harakat grafiklarini integratsiya qilish asosida kontreylerli tashishni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, 05.08.03 – Temir yo’l transportini ishlatish (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T5457.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Ziyoda Gafurdjanovna, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pokrovskaya Oksana Dmitrievna, texnika fanlari doktori, dotsent; Merganov Avaz Mirsultanovich, texnika fanlari bo‘yicha falasfa doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi yo‘l haqi tariflari va poezdlar harakat grafiklarini integrasiya qilish asosida kontreylerli tashishni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l infratuzilmasining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda harakat grafigining optimal chizig‘ini tanlash asosida kontreylerli poezdlarning sinov marshrutini shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan;
etkazib berish zanjirida texnik va texnologik amallarni mavjud infratuzilmaga moslashtirish asosida temir yo‘l ochiq harakatlanuvchi tarkibida treylerlarni tashish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
marshrutlarni rejalashtirish turlari kesimidagi differensiyalashgan tariflar  orqali mijozlarning jozibadorligini oshirish imkonini beruvchi temir yo‘l transporti tizimida kontreylerli tashishlarni tarifikatsiyalash modeli ilk bor ishlab chiqilgan;
treylerlarni ortish va tushirishni tashkil etish uchun terminalning kontreylerli tarkiblarga xizmat ko‘rsatish tayyorligini aniqlashga imkon beradigan temir yo‘l stansiyalarning infratuzilmaviy imkoniyatlarini baholash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tashish tariflari va poezdlar harakat grafigini integratsiyalash asosida kontreylerli tashishlarni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
temir yo‘l infratuzilmasining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda kontreylerli poezdlarning sinov marshrutlarini shakllantirish metodikasi, etkazib berish zanjirida texnik va texnologik amallarni mavjud infratuzilmaga moslashtirish asosida temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibida treylerlarni tashish texnologiyasi hamda “Transport tizimida kontreyler tashishlarini rejalashtirish” instrumental vositasi “Temir yo‘l infratuzilma” AJning “Toshkent mintaqaviy uzeli” filialida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 31-iyuldagi 4/E1028-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent – Buxoro sinov marshrutida barqaror ishni ta’minlash, o‘z vaqtida jo‘natilmagan jo‘natmalarning sonini 21% kamaytirish, shuningdek rejalashtirishning avtomatlashtirilishi,  stansiyalar va terminallarning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish orqali logistik hisoblarning aniqligini 17% oshirishga erishilgan;
temir yo‘l transporti tizimida kontreylerli tashishlarning tarifikatsiya modeli, treylerlarni ortish va tushirishni tashkil etish uchun temir yo‘l stansiyalarning infratuzilmaviy imkoniyatlarini baholash metodikasi, shuningdek temir yo‘l tarmog‘ida kontreylerli tashishlar texnologiyasining yo‘l xaritasi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 31-iyuldagi 4/E1028-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent stansiyasida kontreylerli poezdlarga ishlov berishning o‘rtacha vaqti 23% qisqargan, bir maromda jo‘natiladigan tarkiblar soni esa 18% ko‘paygan. Namunaviy texnologiyani qo‘llash hisobiga ortish-tushirish jarayonini bo‘g‘inlarining bir maromda ishlasi ta’minlangan va platformalar aylanmasi oshiriligan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish