Ivanova Vera Pavlovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘g‘ri oqimli cho‘zish uskunasining energiya va resurs tejamkorligini oshirish», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektroenergetik stansiyalar, tizimlar. Elektrotexnik majmualar va uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T761.
Ilmiy rahbar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.
Rasmiy opponentlar: Sitdiqov Rashid Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Bobojanov Maxsud Kalandarovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘g‘ri oqimli cho‘zish uskunasining energiya samaradorligi va resurs tejamkorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
cho‘zish jarayonidagi fel`eralarning diametrini o‘zgartirish asosida sim cho‘zishning qisqartirilgan marshruti asoslangan;
ishchi uzellari, elektromexanika tizimi, cho‘ziladigan simning parametrlarini xisobga oluvchi to‘g‘ri oqimli cho‘zish uskunasining matematik modeli ishlab chiqilgan;
texnologik va simning texnik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda cho‘zish uskunasi elektr yuritmasining energiya tejamkor ish rejmlari ishlab chiqilgan;
to‘g‘ri oqimli cho‘zish uskunasining tezligini nazorat qilish asosida avtomatlashtirilgan boshqarish va monitoring qilish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Cho‘zish uskunasining resurs tejamkorligini va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
cho‘zish jarayonidagi o‘tishlar sonini qisqartirilgan marshruti «NAVOI CABLE CONNECTOR» MChJda (Navoiy sh.) joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» Assotsiatsiyasining 2018 yil 6 apreldagi 01-786-son ma’lumotnomasi). Natijada uzatuvchi simning deformatsiyasini 10% kamaytirishga erishilgan;
to‘g‘ri oqimli cho‘zish uskunaning texnologik parametrlarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish va boshqarish tizimi «NAVOI CABLE CONNECTOR» MChJ da (Navoiy sh.) joriy etilgan (“O‘zeltexsanoat” Assotsiatsiyasining 2018 yil 6 apreldagi 01-786-son ma’lumotnomasi). Natijada cho‘zish uskunasida misni 10 %ga (1,2 tonna) tejash imkoni yaratilgan;
sifati yaxshilangan simning ekspluatatsion xossalari «NAVOI CABLE CONNECTOR» MChJ da (Navoiy sh.) joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» Assotsiatsiyasining 2018 yil 24 dekabrdagi 01-2867-son ma’lumotnomasi). Natijada simning o‘tish sonlari 7 dan 5 tagacha qisqartirilib, cho‘zilangan simning elektr o‘tkazuvchanligini 5%ga oshirish imkoni yaratilgan.