Rustamova Dilraboxon Abduraximovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lingvistik atamalarni ensiklopedik lug‘atlarda kodirovka qilish” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxidaxon Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamova Shaxnoza Kaxramonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Samandarov Rustam Do‘syorovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Axmedova Mehrinigor Bahodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lingvistik atamalarni ensiklopedik lug‘atlarda kodirovka qilishning nazariy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terminografiyada termin tavsifining (1) umumiy ta’rif (definisiya); (2) qismli ta’rif; (3) operatsion ta’rif; (4) kombinatsiya qilingan ta’rif; (5) havola beruvchi izoh; (6) ensiklopedik ta’rif kabi ko‘rinishlari farqlangan; ensiklopedik lug‘at maqolalarining umumiy tavsifiy maqola; ma’lumotnoma-maqola; izoh-maqola (faqat izoh, agar boshqa tildan o‘zlashgan bo‘lsa, etimologiyasi beriladi); havola-maqola (boshqa terminga havola beruvchi maqola) kabi ko‘rinishlari farqlangan;
ensiklopedik lug‘atni ajratib turuvchi ilmiy nazariya tavsifi, tarixiy voqea, geografik, biografik, statistik ma’lumotlar mavjudligi kabi xususiyatlar yoritilgan; so‘zni izohlashning grafik, fonetik, grammatik, semantik, struktur boshqa mezonlari farqlangan; terminlar ko‘p ma’noliligining (ular mansub bo‘lgan sohalarga qarab) uch ko‘rinishi soha ichidagi polisemiya; sohalararo polisemiya; maxsus sohalar tashqarisidagi polisemiya aniqlangan; terminning ma’nosi ikki omil: tushunchani aniq va to‘g‘ri anglashga bo‘lgan intilish (1) hamda muloqot (nutq) ning etarli darajada moslashuvchanligiga erishish (2) asosida shakllanishi ochib berilgan;
ideografik lug‘at maqolasi yadro (asosiy termin), terminologik yadro periferiyasini shakllantiruvchi so‘z birikma termindan tashkil topishi, tarkibida sarlavhali terminning aksentologik va qisqacha grammatik tavsifi; atamalarning xorijiy til(lar)dagi ekvivalenti; asosiy (yadro) termin tavsifi; atamaning tarjima ekvivalentlari bilan atama sifatida va umumiste’mol leksikadagi valentligini ko‘rsatuvchi ta’rif (yoki valentlikni ko‘rsatuvchi misollar); terminologik birlikning derivatsion imkoniyatini xorijiy tildagi ekvivalenti bilan tavsiflash; illyustrativ misollar bo‘lishi ochiqlangan;
terminlar birikmasi hosil bo‘lishining ot turkumiga mansub terminning xususiyatlarini ifodalovchi sifat yoki ravishlar bilan aniqlovchi – aniqlanmish birikmasini hosil qilish, ot turkumiga mansub terminning turlovchi shakllar bilan kelish, bosh so‘z boshqa birikmali termin tarkibida tobe so‘z bo‘lib kelish, bosh so‘z bilan birikishi mumkin bo‘lgan fe’llar bilan hosil bo‘ladigan turlari aniqlangan;
izohlarning umumiy ta’riflar (definisiya), qismli ta’riflar (faqat bir butunning bir qismi yoki qismlar to‘plami bo‘lgan atamalar uchun ishlatiladi), operatsion ta’riflar (kattalik, uzunliko‘lchovlari toifasidagi atamalar xapaktepistikasi; ular aniqlanayotgan miqdorni belgilash yoki topish usulini ko‘rsatadi), kombinatsiya qilingan (turli belgilar birlashtirilgan) ta’riflar ( bir qancha alohida turlardan iborat bo‘lib, kelib chiqishiga ko‘ra o‘zlashma bo‘lgan eski atamalariga xos) turlari tavsiflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
ensiklopedik lug‘atni ajratib turuvchi ilmiy nazariya tavsifi, tarixiy voqea, geografik, biografik, statistik ma’lumotlar mavjudligi kabi xususiyatlar, shuningdek, so‘zni izohlashning grafik, fonetik, grammatik, semantik, struktur boshqa mezonlari farqlangan; terminlar ko‘p ma’noliligining (ular mansub bo‘lgan sohalarga qarab) uch ko‘rinishi soha ichidagi polisemiya; sohalararo polisemiya; maxsus sohalar tashqarisidagi polisemiya aniqlangan; terminning ma’nosi ikki omil: tushunchani aniq va to‘g‘ri anglashga bo‘lgan intilish (1) hamda muloqot (nutq) ning etarli darajada moslashuvchanligiga erishish xususida olingan ilmiy xulosalardan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan Namangan muhandislik-texnologiya instituti “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan. Natijada, atamalarning xorijiy til(lar)dagi ekvivalenti; asosiy (yadro) termin tavsifi; atamaning tarjima ekvivalentlari bilan atama sifatida va umumiste’mol leksikadagi valentligini ko‘rsatuvchi ta’rif (yoki valentlikni ko‘rsatuvchi misollar); terminologik birlikning derivatsion imkoniyatini xorijiy tildagi ekvivalenti bilan tavsiflashda foydalanishlari mumkinligi aniqlangan;
terminlar birikmasi hosil bo‘lishining ot turkumiga mansub terminning xususiyatlarini ifodalovchi sifat yoki ravishlar bilan aniqlovchi – aniqlanmish birikmasini hosil qilish, ot turkumiga mansub terminning turlovchi shakllar bilan kelish, bosh so‘z boshqa birikmali termin tarkibida tobe so‘z bo‘lib kelish, bosh so‘z bilan birikishi mumkin bo‘lgan fe’llar bilan hosil bo‘ladigan turlari haqidagi ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan. Natijada, terminlar birikmasi ot turkumiga mansub terminning xususiyatlarini ifodalovchi sifat yoki ravishlar bilan aniqlovchi – aniqlanmish ko‘rinishida, ot turkumiga mansub terminning turlovchi shakllar bilan kelishi ko‘rinishida, bosh so‘z boshqa birikmali termin tarkibida tobe so‘z bo‘lgan ko‘rinishida, bosh so‘z bilan birikishi mumkin bo‘lgan fe’llar bilan hosil bo‘ladigan ko‘rinishidagi turlari mavjud ekanligiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitishda foydalanilgan;
izohlarning umumiy ta’riflar (definisiya), qismli ta’riflar(faqat bir butunning bir qismi yoki qismlar to‘plami bo‘lgan atamalar uchun ishlatiladi), operatsion ta’riflar (kattalik, uzunlik o‘lchovlari toifasidagi atamalar xapaktepistikasi; ular aniqlanayotgan miqdorni belgilash yoki topish usulini ko‘rsatadi), kombinatsiya qilingan (turli belgilar birlashtirilgan) ta’riflar (bir qancha alohida turlardan iborat bo‘lib, kelib chiqishiga ko‘rao‘zlashma bo‘lgan eski atamalariga xos) turlari xususida olingan ilmiy natijalardan 70230101 – Lingvistika (o‘zbek tili) (ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi)) magistratura talabalari uchun yozilgan “Tilshunoslik ilmiy tadqiqot metodologiyasi” (“Hayot nashri - 2020” nashriyoti, Andijon,2025) darsligida foydalanilgan;
ideografik lug‘at maqolasi yadro (asosiy termin), terminologik yadro periferiyasini shakllantiruvchi so‘z birikma termindan tashkil topishi, tarkibida sarlavhali terminning aksentologik va qisqacha grammatik tavsifi; atamalarning xorijiy til(lar)dagi ekvivalenti; asosiy (yadro) termin tavsifi; atamaning tarjima ekvivalentlari bilan atama sifatida va umumiste’mol leksikadagi valentligini ko‘rsatuvchi ta’rif (yoki valentlikni ko‘rsatuvchi misollar); terminologik birlikning derivatsion imkoniyatini xorijiy tildagi ekvivalenti bilan tavsiflashga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot” “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarida (2025-yil fevral va mart oylari) foydalanilgan. Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda matn materialini tahlil qilish jarayonida izohlarning umumiy ta’riflar (definisiya), qismli ta’riflar (faqat bir butunning bir qismi yoki qismlar to‘plami bo‘lgan atamalar uchun ishlatiladi), operatsion ta’riflar (kattalik, uzunlik o‘lchovlari toifasidagi atamalar xapaktepistikasi; ular aniqlanayotgan miqdorni belgilash yoki topish usulini ko‘rsatadi), kombinatsiya qilingan (turli belgilar birlashtirilgan) ta’riflar (bir qancha alohida turlardan iborat bo‘lib, kelib chiqishiga ko‘ra o‘zlashma bo‘lgan eski atamalariga xos) turlarini dalillash orqalio‘rganilganligi ta’minlagan.