Hushnazarova Dilnoza Raxmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sinergetik yondashuv asosida matolarni oqartirish jarayonini boshqarish tizimining sintezi”, 05.01.08 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2023.3.PhD/3894.
Ilmiy rahbar: Xalmatov Davronbek Abdalimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar:
 1. TIQXMMI milliy tadqiqotlar universiteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor Ismailov Mirxalil Agzamovich. 
2. Toshkent davlat texnika universiteti «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi professori, DSc, professor Avazov Yusuf Shodievich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sinergetik yondashuv asosida to‘qimachilik matolarini oqartirish texnologik jarayonining boshqarish tizimlarini sintezlash modeli va algoritmlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinergetik yondashuv asosida to‘qimachilik matolarini oqartirish jarayonining nochiziqliligini hisobga olgan holda uning dinamik xossalarini to‘liqroq ochib beruvchi analitik matematik model ishlab chiqilgan;
tizimga o‘z - o‘zini tashkil etish xususiyatiga ega bo‘lgan invariant xilma –xilliklarni kiritish asosida parametrik g‘alayonlarni bartaraf etish imkonini beruvchi matolarni oqartirish jarayonining nochiziqli boshqarish qonunini sintezlashning bekstepping rostlagichi parametrlarini sozlash algoritmi ishlab chiqilgan;
nochiziqli boshqarish obektining ichki xususiyatlarini hisobga olish imkonini beruvchi integral adaptatsiyalash tamoyili asosida nochiziqli adaptiv diskret boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
shimdirish vannasining texnologik parametrlarini avtomatik barqarorlashtirish imkonini beruvchi to‘qimachilik matolarini oqartirish jarayonining sinergetik boshqarish tizimi sintezlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinergetik yondashuv asosida matolarni oqartirish texnologik jarayonini boshqarish tizimlarini algoritmik sintezlash bo’yicha olingan natijalar asosida:
matolarni oqartirish jarayonida kimyoviy moddalarni dozalashni rostlashning dasturiy majmuasi “Shofirkon Ekvatorial Teks” MChJda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 13 maydagi 03/25 – 1015 - son ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlarni qayta ishlash vaqtini 1,3% ga kamaytirish hisobiga, jarayonni boshqarishda natijalarni olish va qaror qabul qilishning tezligini 1,5 % ga oshirish imkonini bergan;
matolarni oqartirish texnologik jarayonlarini bekstepping usuli asosida sinergetik boshqarish tizimi “Shofirkon Ekvatorial Teks” MChJ da joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 13 maydagi 03/25 – 1015 - son ma’lumotnomasi). Natijada, turli tashqi ta’sirlarda texnologik agregat ish rejimlarini stabillash va boshqarish tizimini turg‘unligini ta’minlash hamda energoresurslar sarfini 4 % gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish