Zulfikarova Dilfuza Gulomjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):
“Ayollar tadbirkorligini samarali tashkil etish va rivojlantirish” (Namangan viloyati misolida), 08.00.15-Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2343.
Ilmiy rahbar: Sayitboev Shermirza Datkamirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/27.05.2020 I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Baxriddin Jo‘raevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sirojiddinov Kamoliddin Ikromiddinovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini samarali tashkil etish va uni rivojlantirish bo‘yicha nazariy-uslubiy va amaliy ahamiyatga ega taklif, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “ayollar tadbirkorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilgan sektorida innovatsion g‘oyalar, raqamli texnologiyalar va inklyuziv biznes modellar asosida tashkil etilgan, mehnat bozorida gender tengligini ta’minlab, yangi qo‘shilgan qiymat ulushini oshirish salohiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy faoliyat turi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
ayollar tadbirkorligini samaradorlik darajasini baholashda iqtisodiy faollik(If), moliyaviy barqarorlik (Mb), bandlik hissasi (Bh), raqamli faollik (Rf) hamda innovatsion faollik (If) ko‘rsatgichlari o‘zaro nisbat tavsifi orqali namoyon bo‘luvchi yuqori daraja (Sd ≥1.0), barqaror (0.75≤Sd<0.99), o‘rta daraja (0.50≤Sd<0.74), past samaradorlik (Sd<49) mezon chegaralari doirasida baholash asoslangan;
ayollar tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etishda motivatsiya va liderlik salohiyati (MtLsal), tashkiliy boshqaruv (Tbosh), marketing faollik (Mr), innovatsion faollik (Inv), texnologik (Tex) darajalarning maqbul nisbati (0.25, 020, 0.25, 0.13, 0.17) asosida barqaror faoliyatni ta’minlash taklifi asoslangan;
Namangan viloyatida ayollar tadbirkorligini istiqbolli rivojlantirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ayollar tadbirkorligini samarali tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “ayollar tadbirkorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilgan sektorida innovatsion g‘oyalar, raqamli texnologiyalar va inklyuziv biznes modellar asosida tashkil etilgan, mehnat bozorida gender tengligini ta’minlab, yangi qo‘shilgan qiymat ulushini oshirish salohiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy faoliyat turi nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Soxa iqtisodiyoti va menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 09 iyuldagi 258-son buyrug‘i).
ayollar tadbirkorligini samaradorlik darajasini baholashda iqtisodiy faollik(If), moliyaviy barqarorlik (Mb), bandlik hissasi (Bh), raqamli faollik (Rf) hamda innovatsion faollik (If) ko‘rsatgichlari o‘zaro nisbat tavsifi orqali namoyon bo‘luvchi yuqori daraja (Sd ≥1,0), barqaror (0,75≤Sd<0,99), o‘rta daraja (0,50≤Sd<0,74), past samaradorlik (Sd<0,49) mezon chegaralari doirasida baholash taklifi “O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan istiqbolli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 1 dekabrdagi 05-33-13542-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda strategik yo‘nalishlarni aniq belgilash va Namangan viloyati hududiy imkoniyatlari hisobidan ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uslubiyotini ishlab chiqishda foydalanilgan.
ayollar tadbirkorligini samarali faoliyatini ta’minlashda motivatsiya va liderlik salohiyati (MtLsal), tashkiliy boshqaruv (Tbosh), marketing faollik (Mr), innovatsion faollik (Inv), texnologik (Tex) darajalarning maqbul nisbati (0,25, 0,20, 0,25, 0,13, 0,17) asosida barqaror faoliyatni ta’minlash taklifi “O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi”ning ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan istiqbolli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 1 dekabrdagi 05-33-13542-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlardagi 92 ta ayollar rahbarligidagi tadbirkorlik subektlari barqaror faoliyatga o‘tgan.
Namangan viloyatida ayollar tadbirkorligini istiqbolli rivojlantirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi”ning ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan istiqbolli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 1 dekabrdagi 05-33-13542-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Namangan viloyatida ayollar tadbirkorligini 2030 yilga qadar bosqichma-bosqich rivojlantirish “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan.