Kurbanbaev Jurabek Eruvbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hisob siyosatini shakllantirish metodologiyasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish”. 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt882
Ilmiy maslahatchi: Vaxabov Alisher Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Akram Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boronov Bobur Farxodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b..
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan hisob siyosatini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “hisob siyosati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkorlik sub’ekti tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda va taqdim etishda qo‘llaniladigan muayyan tamoyillar, usullar, odatlar, qoidalar va amaliyotlarni tanlash, izchillik va samaradorlikni ta’minlash imkoniyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
hisob siyosatini shakllantirishda 1-son BHMS «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati» qoidalarini 8-son BHXS «Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar» standartiga uyg‘unlashtirish va muvofiqlashtirish orqali hisob siyosatining me’yoriy-huquqiy asoslari takomillashtirilgan;
barqarorlik standartlarini hisob siyosatida aks ettirish maqsadida hisob siyosatini shakllantirish va ishlab chiqishda, uslubiy jihatdan ifodalanadigan tarkibiy qismida “Barqarorlik bilan bog‘liq moliyaviy axborotlar”, “Iqlim bilan bog‘liq axborotlar” bo‘limlarini kiritish taklifi asoslangan;
hisob siyosatini buxgalteriya hisobi milliy standarti 1-son BHMS tarkibidan chiqarib, alohida milliy standart ko‘rinishida ifodalash orqali 18-sonli BHMS standartlarning ketma-ketlikdagi tartib raqamlari bo‘yicha bo‘sh turgan raqamga kiritilishi asosida hisob siyosati bo‘yicha milliy standartni alohida standart sifatida tan olish va uning tartib-qoidalarini xalqaro standartlarga to‘liq muvofiqlashtirish imkoni asoslangan;
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning tanlangan hisob siyosati asosidagi moliyaviy holati bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra ishlab chiqilgan soliq maqsadlaridagi hisob siyosati asosida 2030 yilga qadar moliyaviy ko‘rsatkichlari prognoz qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xalqaro standartlarga asosan hisob siyosatini shakllantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “hisob siyosati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkorlik sub’ekti tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda va taqdim etishda qo‘llaniladigan muayyan tamoyillar, usullar, odatlar, qoidalar va amaliyotlarni tanlash, izchillik va samaradorlikni ta’minlash imkoniyati nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy tavsifdagi ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Buxgalteriya hisobi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda aksiyadorlik jamiyatlarida hisob siyosatini tanlash va uni MHXS asosida tashkil qilish, hisob siyosatini shakllantirish va uni ishlab chiqish bo‘yicha qoidalarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS)ga uyg‘unlashtirish bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
hisob siyosatini shakllantirishda 1-son BHMS «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati» qoidalarini 8-son BHXS «Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar» standartiga uyg‘unlashtirish va muvofiqlashtirish orqali hisob siyosatining me’yoriy-huquqiy asoslari takomillashtirish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ lari amaliyotiga joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 15 maydagi 01-04-16/1025-sonli ma’lumotnomasi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 4 iyuldagi 05-06/1147-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarda buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) asosida ishlab chiqilgan hisob siyosatini xalqaro standartlar (MHXS)ga muvofiq takomillashtirish imkoni yaratilgan;
barqarorlik standartlarini hisob siyosatida aks ettirish maqsadida hisob siyosatini shakllantirish va ishlab chiqishda, uslubiy jihatdan ifodalanadigan tarkibiy qismida “Barqarorlik bilan bog‘liq moliyaviy axborotlar”, “Iqlim bilan bog‘liq axborotlar” bo‘limlarini kiritish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalari amaliyotiga joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 15 maydagi 01-04-16/1025-sonli ma’lumotnomasi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 4 iyuldagi 05-06/1147-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada ushbu axborotlarni hisob siyosatida aks ettirishda barqaror rivojlanish bilan bog‘liq xavf va imkoniyatlarni monitoring qilish, barqaror rivojlanish xavfi va imkoniyatlarini baholash, ustuvorliklarini aniqlash va monitoring qilish uchun foydalanadigan jarayonlarni aniqlash imkonini bergan;
hisob siyosatini buxgalteriya hisobi milliy standarti 1-son BHMS tarkibidan chiqarib, alohida milliy standart ko‘rinishida ifodalash orqali 18-sonli BHMS standartlarning ketma-ketlikdagi tartib raqamlari bo‘yicha bo‘sh turgan raqamga kiritilishi asosida hisob siyosati bo‘yicha milliy standartni alohida standart sifatida tan olish va uning tartib-qoidalarini xalqaro standartlarga to‘liq muvofiqlashtirish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalari amaliyotiga joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 15 maydagi 01-04-16/1025-sonli ma’lumotnomasi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 4 iyuldagi 05-06/1147-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarda hisob siyosatining izchilligi ta’minlangan va hisob bahosidagi o‘zgarishlarni amaliy jihatdan qo‘llashga erishilgan;
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning tanlangan hisob siyosati asosidagi moliyaviy holati bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra ishlab chiqilgan soliq maqsadlaridagi hisob siyosati asosida 2030 yilga qadar prognoz qilingan moliyaviy ko‘rsatkichlaridan aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar faoliyatini iqtisodiy rivojlantirishning istiqbol dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 4 iyuldagi 05-06/1147-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq maqsadlaridagi hisob siyosati asosida prognoz qilingan korxonalar faoliyatini iqtisodiy rivojlantirishning moliyaviy ko‘rsatkichlarining aniqligi hamda o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.