Egamnazarova Durdona Shuxratillaevnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Lisonda deviatsiya hodisasining funksional-semantik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil837.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘anieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nabieva Diloro Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qo‘ldoshev Akram Mahmudovich (DSc), filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida lisoniy deviatsiya hodisasini vertikal tasnif asosida badiiy va mediadiskurs kesimida kompleks tahlil qilish orqali uning me’yoriy tizimdan doim ham destruktiv og‘ish emas, balki kommunikativ zarurat, ekspressivlik va stilistik innovatsiyani yuzaga chiqaruvchi vosita maqomidagi  funksional xossalari va ijtimoiy-lingvistik motivatsiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lisoniy deviatsiya hodisasi faqat destruktiv me’yoriy og‘ishlarning natijasi emas, balki til tizimining ichki taraqqiyot mexanizmlaridan biri bo‘lib, innovatsion unsur, stilistik yangilik va ekspressivlik vositasi maqomida talqin etilishi mumkinligi ijodiy va funksional paradigmalariga tayangan holda asoslangan, lisoniy me’yor tushunchasining mutlaq emas, balki stilistik kontekst, ijtimoiy muhit va zamon o‘zgarishlari bilan chambarchas bog‘liq nisbiy tabiatga egaligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
tilda me’yordan og‘ishga sabab bo‘luvchi lingvistik (fonetik, leksik, grammatik) va ekstralingvistik (sotsiomadaniy, kognitiv-psixologik) omillar tahlili asosida spontan deviatsiya sifatida namoyon bo‘luvchi parapraksis, lyapsus, malopropizm, spunerizm kabi turlari, shuningdek ushbu turkum unsurlarning ingliz va o‘zbek tillariga xos destruktiv va konstruktiv tabiati aniqlangan;
vertikal va gorizontal yondashuv asosida ishlab chiqilgan ikki bosqichli tasnif modeli orqali lisoniy deviatsiya hodisasining ingliz va o‘zbek tillari sathlarida namoyon bo‘lishi, uslubiy roli (ekspressiv, estetik, kommunikativ-pragmatik) va janr xususiyatlari (funksional, kompozision) bir butun tizimda qamrab olinib, hodisa ko‘lami kompleks yondashuv asosida o‘rganilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan;
lisoniy deviatsiya hodisasi ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida vertikal tasnif modeli orqali tizimli tahlil etilgan: til sathlari (fonetik, grafologik-orfografik, leksik, grammatik)da namoyon bo‘luvchi deviant birliklarning struktura-semantik xususiyatlari (shaklan yangiligi, semantik ko‘chish salohiyati, kontekstual shartlanganlik), funksional roli (kommunikativ samaradorlikni oshirish, estetik ta’sirni kuchaytirish, tilga oid innovatsiyalarni yuzaga keltirish, pragmatik strategiyalarni amalga oshirish va ijodiy tafakkurni ifodalash) va stilistik vaznini (estetik va ekspressiv ta’sir yaratish, individuallikni ifodalash, janr va uslubiy o‘ziga xoslik, intertekstuallik, madaniy-uslubiy konnotatsiyani)ni aniqlash orqali uning to‘liq qamrovi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarining badiiy hamda media diskurslari kesimida tanlab olingan real misollar asosida deviatsiyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari, uning kommunikativ-strategik ahamiyati va har ikki til uchun xos bo‘lgan stilistik dominantalar (obrazlilik, ekspressivlik, individuallik, estetik ta’sir), ekspressiv modellar va uslubiy og‘ish turlari (metafora, metonimiya, inversiya, ellipsis, polisindeton, asindeton, pleonazm va h.k) chog‘ishtirma tahlil asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
lisoniy deviatsiya hodisasi faqat destruktiv me’yoriy og‘ishlarning natijasi emas, balki til tizimining ichki taraqqiyot mexanizmlaridan biri bo‘lib, innovatsion unsur, stilistik yangilik va ekspressivlik vositasi maqomida talqin etilishi mumkinligi ijodiy va funksional paradigmalariga tayangan holda asoslangan, lisoniy me’yor tushunchasining mutlaq emas, balki stilistik kontekst, ijtimoiy muhit va zamon o‘zgarishlari bilan chambarchas bog‘liq nisbiy tabiatga egaligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan olib borilgan 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 – “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 5 may 01/4-36-47 son ma’lumotnomasi). Natijada, algoritmik deviatsiyalarni dasturiy jihatdan aniqlash, tizimlashtirish, bartaraf etish va avtomatik ishlov berish vositalarida qo‘llash uchun ilmiy-metodologik asos yaratilgan;
tilda me’yordan og‘ishga sabab bo‘luvchi lingvistik (fonetik, leksik, grammatik) va ekstralingvistik (sotsiomadaniy, kognitiv-psixologik) omillar tahlili asosida spontan deviatsiya sifatida namoyon bo‘luvchi parapraksis, lyapsus, malopropizm, spunerizm kabi turlari, shuningdek ushbu turkum unsurlarning ingliz va o‘zbek tillariga xos destruktiv va konstruktiv tabiati to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Jizzax davlat pedagogika universitetida 2020-2022 yillarda bajarilgan loyiha shifri: S-ECAHD-18-CA-0067, shartnoma raqami: PO№02002358 bo‘lgan “English Access Microscholarship” mavzusidagi xorijiy amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2025 yil 25 mart 04/294 sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari bo‘lgan o‘quvchilarning mustaqil nutqiy faoliyatini rivojlantirishda metodik asos sifatida xizmat qiluvchi strategiyalar va mazkur yondashuvlar asosida adabiy matnlar bilan ishlash orqali o‘quvchilarda estetik did, kontekstual tafakkur va nutqiy kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
vertikal va gorizontal yondashuv asosida ishlab chiqilgan ikki bosqichli tasnif modeli orqali lisoniy deviatsiya hodisasining ingliz va o‘zbek tillari sathlarida namoyon bo‘lishi, uslubiy roli (ekspressiv, estetik, kommunikativ-pragmatik) va janr xususiyatlari (funksional, kompozision) bir butun tizimda qamrab olinib, hodisa ko‘lami kompleks yondashuv asosida o‘rganilishi maqsadga muvofiq ekanligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan va ilmiy natijalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025 yil 4 aprel 04/1213 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini loyiha doirasida o‘qitishda an’anaviy shakllaridan chiqib, lingvistik innovatsiyalarga asoslangan ta’limiy metodikani rivojlantirish maqsadi o‘laroq nutqiy me’yorlardan maqsadli og‘ishning turli shakllari bilan ishlashga yo‘naltirilgan kommunikativ-amaliy topshiriqlar, ijodiy yozma ishlar, matnli tahlil mashqlari tatbiq etilgan va shu asosda lisoniy tafakkur va nutqiy ijodkorlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi integratsiyalashgan yondashuvlar tizimi ishlab chiqilgan;
lisoniy deviatsiya hodisasi ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida vertikal tasnif modeli orqali tizimli tahlil etilgan: til sathlari (fonetik, grafologik-orfografik, leksik, grammatik)da namoyon bo‘luvchi deviant birliklarning struktura-semantik xususiyatlari (shaklan yangiligi, semantik ko‘chish salohiyati, kontekstual shartlanganlik), funksional roli (kommunikativ samaradorlikni oshirish, estetik ta’sirni kuchaytirish, til innovatsiyalarini yuzaga keltirish, pragmatik strategiyalarni amalga oshirish va ijodiy tafakkurni ifodalash) va stilistik vaznini (estetik va ekspressiv ta’sir yaratish, individuallikni ifodalash, janr va uslubiy o‘ziga xoslik, intertekstuallik, madaniy-uslubiy konnotatsiyani) to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Germaniyadagi A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH ilmiy-tadqiqot markazlarida amalga oshirilgan tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH ilmiy-tadqiqot markazining 2025 yil 28 mart ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy-amaliy integratsiya natijasida ta’lim markazining o‘quv materiallari boyitilib, tilshunoslik asosidagi kommunikativ metodika bilan uyg‘unlashtirilgan holda yuqori samaradorlikka erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillarining badiiy hamda media diskurslari kesimida tanlab olingan real misollar asosida deviatsiyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari, uning kommunikativ-strategik ahamiyati va har ikki til uchun xos bo‘lgan stilistik dominantalar (obrazlilik, ekspressivlik, individuallik, estetik ta’sir), ekspressiv modellar va uslubiy og‘ish turlari (metafora, metonimiya, inversiya, ellipsis, polisindeton, asindeton, pleonazm va h.k.) chog‘ishtirma tahlil asosida aniqlanganligi to‘g‘risidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021–2023 yillarda bajarilgan PF-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 5 may 01/4-36-48 son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek adabiyotining ko‘p tilli platformacida matnlar va ularning tarjimalaridan foydalanish orqali parallel tahlil imkoniyatlari kengaygan;
nutqiy jarayonda me’yordan ongli ravishda og‘ish tilning faqat grammatik yoki stilistik imkoniyatlarini emas, balki shaxsning ijodiy tafakkurini ham faollashtirishi mumkinligi, estetik didni shakllantirish jarayonida deviatsiyaning stilistik va funksional ahamiyati to‘g‘risidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasining 2024 yil 17 dekabrdagi 06-28/675 sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari teletomoshabinlarni o‘zbek va ingliz tillarida me’yordan og‘ish hodisalarining turli diskurslarda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari, farqli va o‘xshash jihatlari bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari yuzasidan 3 ta xalqaro va 3 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruza qilingan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 24 ta ilmiy ish, jumladan, 1 ta monografiya, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy jurnallarda 16 ta (xorijiy nashrlarda 6 ta) maqola e’lon qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish