Tursunova Nargiza Raximovnaning
falsafadoktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy ta’minotni samarali tashkil etish yo‘llari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt584.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017. I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy ta’minotni samarali tashkil etishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini ommaviy joylashtirish vazifasidan kelib chiqqan holda IPO o‘tkazish bosqichlari taklif etilgan;
korporativ tuzilmalar, jumladan, aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy ta’minotini samarali tashkil etishda moliya bozori instrumentlari, korporativ obligatsiyalar, subordinar qarz qimmatli qog‘ozlari, kumulyativ imtiyozli aksiyalar, imtiyozli konversiyalanadigan aksiyalardan keng foydalanish taklif etilgan;
mahalliy aksiyadorlik jamiyatlarining xalqaro qarz moliya bozorlariga qarz qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish amaliyoti takomillashtirilgan;
xalqaro IPO operatsiyalarining muvaffaqiyatini ta’minlash uchun aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan evroobligatsiyalar joylashtirish va kredit reytingi olish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy ta’minotni samarali tashkil etish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini ommaviy joylashtirish vazifasidan kelib chiqqan holda IPO o‘tkazish bosqichlari taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 maydagi 268-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi davlat aktivlarini boshqarish markazining 2018 yil 20 dekabrdagi 02/06-2425-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi aksiyadorlik jamiyatlariga investisiyalarning jalb etilishiga, ularning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga hamda jamiyatda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga va fond bozorini rivojlantirishga xizmat qilgan;
korporativ tuzilmalar, jumladan, aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy ta’minotini samarali tashkil etishda moliya bozori instrumentlari korporativ obligatsiyalar, subordinar qarz qimmatli qog‘ozlari, kumulyativ imtiyozli aksiyalar, imtiyozli konversiyalanadigan aksiyalardan keng foydalanish bo‘yicha taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2019 yil 20 fevraldagi 11-3-01-05-105/1728-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bank moliyaviy ta’minotini samarali tashkil etish, xususan, milliy moliya bozori instrumentlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan va bank tomonidan 200 mlrd. so‘m miqdorida moliyaviy resurslar jalb qilinishiga erishilgan;
mahalliy aksiyadorlik jamiyatlarining xalqaro qarz moliya bozorlariga qarz qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2019 yil 20 fevraldagi 11-3-01-05-105/1728-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida bankning moliyaviy ta’minoti 9% ga oshgan;
xalqaro IPO operatsiyalarining muvaffaqiyatini ta’minlash uchun aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan evroobligatsiyalar joylashtirish va kredit reytingi olish lozimligi taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashining 2019 yil 15 fevraldagi 13/2019-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2019-2021 yillarda rivojlanish strategiyasi”da o‘z aksini topgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2019 yil 20 fevraldagi 11-3-01-05-105/1728-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bankni xalqaro fond birjalaridan moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatini yaratgan.