Umarova Xilola Uktamovnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirishning metodologik jarayonlari. 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Ped1215.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Dildora Mashrabjonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Usmanova Umida Aybekovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Yuldashev Maksud Abdullaevich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirishning metodologik jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tashkilotlarining institutsional rivojlanish darajasini aniq va solishtirma baholash, strategik transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, raqamli va akademik rivojlanish dinamikasini tizimli tahlil qilish imkonini beradigan pedagogik-metodologik yondashuv ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida boshqaruv samaradorligi va institutsional barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan zamonaviy korporativ boshqaruvning kompleks modeli taklif etilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi latent (yashirin) institutsional omillarni aniqlanish, ularning boshqaruv jarayonlariga integrativ ta’sirini chuqur tahlil qilish va analitik korreksiya orqali diagnostik modellashtirish amaliyoti ilmiy asoslangan;
pedagogik oliy ta’lim tashkilotlarida amaliyotni tashkil etishning yangilangan modeli ko‘ra “4+2” tartibi, “bir ustoz – bir talaba” tamoyili va to‘liq raqamlashtirilgan amaliyot boshqaruvi asosida talabaning kasbiy kompetensiyalarini real vaqt davrida shakllantirishga imkon beruvchi uzluksiz, individual va diagnostik nazoratga ega bo‘lgan innovatsion institutsional-pedagogik model ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim tashkilotida zamonaviy boshqaruvning metodik jihatlari boshqaruv sub’ektlari va ob’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni KPI va benchmarking orqali individual hamda diagnostik monitoringi ta’lim jarayonida shaffoflik va hisobdorlikni oshirishiga ko‘ra menejmentning gorizontal va vertikal integratsiyasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimining metodologik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
oliy ta’lim tashkilotlarining institutsional rivojlanish darajasini aniq va solishtirma baholash, strategik transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, raqamli va akademik rivojlanish dinamikasini tizimli tahlil qilish imkonini beradigan pedagogik-metodologik yondashuvi pedagogik oliy ta’lim tashkilotlari (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan. Ishlab chiqilgan mazkur metodologik yondashuvni amaliyotga tatbiq etish natijasida oliy ta’lim tashkiloti boshqaruv tizimi, raqamli infratuzilmasi, akademik va ilmiy faolligi, innovatsion salohiyati hamda moliyaviy barqarorligi muvofiqlashgan holda tizimli ravishda rivojlanishiga xizmat qiladi. OTTda tashkiliy jarayonlarning samaradorligini 1,5–2 baravarga oshirish, resurslarni o‘z vaqtida va xolis indikatorlar asosida taqsimlash orqali xarajatlarni 15–22%gacha kamaytirish imkonini beradi;
oliy ta’lim tashkilotlarida boshqaruv samaradorligi va institutsional barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan zamonaviy korporativ boshqaruvning kompleks modeli pedagogik oliy ta’lim tashkilotlari (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilingan. Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida OTTining institutsional rivojlanishi, tashkiliy barqarorligi va boshqaruv jarayonlari sifatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, boshqaruv jarayonlarida ishonch muhitini mustahkamlab, korrupsion risklarni 25–30%gacha kamaytirishga xizmat qiladi. Natijada, universitetning institutsional barqarorligi, kadrlar siyosati, akademik jarayonlarda shaffoflik va sanoat bilan integratsiyalangan ta’lim modeli rivojlanadi;
oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi latent (yashirin) institutsional omillarni aniqlanish, ularning boshqaruv jarayonlariga integrativ ta’sirini chuqur tahlil qilish va analitik korreksiya orqali diagnostik modellashtirish taklifi pedagogik oliy ta’lim tashkilotlari (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan. Ushbu model orqali boshqaruv samaradorligini pasaytiruvchi yashirin omillar 25–30% aniqlikda ochib berilgan, ularni neytrallashtirish yoki optimallashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish tezligi va sifati 1,5–1,8 baravarga oshgan, strategik boshqaruvning prognostik aniqligi esa 25–30%ga yaxshilangan. Natijada universitet boshqaruvidagi latent institutsional risklar kamayib, ichki boshqaruv arxitekturasining barqarorligi va tashqi xalqaro hamkorlik uchun institutsional tayyorgarlik darajasi sezilarli ravishda oshgan;
pedagogik oliy ta’lim tashkilotlarida amaliyotni tashkil etishning yangilangan modeli ko‘ra “4+2” tartibi, “bir ustoz – bir talaba” tamoyili va to‘liq raqamlashtirilgan amaliyot boshqaruvi asosida talabaning kasbiy kompetensiyalarini real vaqt davrida shakllantirishga imkon beruvchi uzluksiz, individual va diagnostik nazoratga ega bo‘lgan innovatsion institutsional-pedagogik modeli pedagogik oliy ta’lim tashkilotlari (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilingan. Mazkur modelni joriy etish natijasida amaliyotning tashkiliy va uslubiy shakli, jarayonni baholash va monitoring tizimi raqamli muhitda individual va diagnostik nazoratga asoslangan yaxlit tizimga aylangan. Bu esa o‘z navbatida, kelajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini 25%ga oshishiga, amaliyotdagi xatoliklar hajmini 70%gacha kamayishiga xizmat qilgan. Shuningdek, bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvchanligi 15–20%gacha tezlashishi va ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi vertikal hamkorlik darajasi 1,5 barobargacha kuchayishiga xizmat qiladi;
oliy ta’lim tashkilotida zamonaviy boshqaruvning metodik jihatlari boshqaruv sub’ektlari va ob’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni KPI va benchmarking orqali individual hamda diagnostik monitoringi ta’lim jarayonida shaffoflik va hisobdorlikni oshirishiga ko‘ra menejmentning gorizontal va vertikal integratsiyasini qo‘llash asosida takomillashtirish taklifi pedagogik oliy ta’lim tashkilotlari (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan. Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida oliy ta’lim tashkilotlarida boshqaruv qarorlarining ob’ektivligi, ta’lim jarayonining shaffofligi va hisobdorligi oshadi, KPI va benchmarking asosida individual hamda diagnostik monitoring orqali menejmentning vertikal va gorizontal integratsiyasi ta’minlanadi hamda institutsional barqaror rivojlanish uchun mustahkam amaliy asos yaratiladi.