Babadjanov Umidbek Kamildjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliyaviy autsorsing xizmatlari bozorini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kalenov Kuzbergen Tlegenovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: moliyaviy autsorsing xizmatlari bozorini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyati moliyaviy autsorsing xizmatlari bozori samaradorligini baholash “a’lo” (3.9< ≤5.0), “yaxshi” (3.4< ≤3.8), “qoniqarli” (2.4< ≤3.3), “qoniqarsiz” (1.0< ≤2.3) strategik differensial chegaraviy hududlarni belgilash asosida takomillashtirilgan;
moliyaviy autsorsing xizmatlari bozorining indikatorlararo tizimli-integratsion strategik muvozanatni ta’minlaydigan innovatsion qaror qabul qilish mexanizmi moliyaviy autsorsing provayderlari uchun raqamli xizmatlar joriy etish, risklarni boshqarish, optimal muvozanatni aniqlash, operatsion samaradorlikni oshirish va innovatsion boshqaruv echimlarini tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirish jihatidan takomillashtirilgan;
Xorazm viloyati moliyaviy autsorsing xizmatlari bozorining dinamik rivojlanishi (∆S=19.98%), istiqbolli faollashtirish (∆O=7.86%), zaifliklar kuchayishi (∆W=2.80%) va tahdidli potensial xavf segmentlari (∆T=10.44%) me’yoriy chegaralarini aniqlash orqali moliyaviy autsorsing provayderlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha qarorlarni optimallashtirish taklifi asoslangan;
Xorazm viloyati moliyaviy autsorsing xizmatlari bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni integral baholashning ko‘p variantli ekonometrik modellari asosida 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MAXB ni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan tizimli ilmiy yondashuv natijalari asosida:
Xorazm viloyati moliyaviy autsorsing xizmatlari bozori samaradorligini baholash “a’lo” (3.9< ≤5.0), “yaxshi” (3.4< ≤3.8), “qoniqarli” (2.4< ≤3.3), “qoniqarsiz” (1.0< ≤2.3) strategik differensial chegaraviy hududlarni belgilash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 26 noyabrdagi 02-05-33-13336-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi xizmatlar sifati va raqobatbardoshlik darajasini oshirish hamda har bir provayder o‘zining strategik rivojlanish zonasini aniq belgilab, resurslarni to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini yaratgan;
moliyaviy autsorsing xizmatlari bozorining indikatorlararo tizimli-integratsion strategik muvozanatni ta’minlaydigan innovatsion qaror qabul qilish mexanizmi moliyaviy autsorsing provayderlari uchun raqamli xizmatlar joriy etish, risklarni boshqarish, optimal muvozanatni aniqlash, operatsion samaradorlikni oshirish va innovatsion boshqaruv echimlarini tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirish jihatidan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 26 noyabrdagi 02-05-33-13336-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan moliyaviy autsorsing provayderlari uchun raqamli xizmatlar joriy etish, risklarni boshqarish, operatsion samaradorlikni oshirish va innovatsion echimlarni tatbiq etishda metodik asos bo‘lib xizmat qilgan;
Xorazm viloyati moliyaviy autsorsing xizmatlari bozorining dinamik rivojlanishi (∆S=19.98%), istiqbolli faollashtirish (∆O=7.86%), zaifliklar kuchayishi (∆W=2.80%) va tahdidli potensial xavf segmentlari (∆T=10.44%) me’yoriy chegaralarini aniqlash orqali moliyaviy autsorsing provayderlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha qarorlarni optimallashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 26 noyabrdagi 02-05-33-13336-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi bozor monitoring tizimida erta ogohlantirish indikatorlari sifatida qo‘llanilib, hududiy investision siyosatda xavflarni kamaytirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi;
Xorazm viloyati moliyaviy autsorsing xizmatlari bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni integral baholashning ko‘p variantli ekonometrik modellari asosida ishlab chiqilgan 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 26 noyabrdagi 02-05-33-13336-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi har yili bozor samaradorligi, resurslardan foydalanish darajasi va inson kapitalining o‘sish dinamikasi baholanib, mintaqaviy rivojlanish strategiyasining ilmiy asoslangan monitoring tizimini yaratish imkonini bergan.