Atajonov Jur’atbek Atavaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarning kichik biznes bilan kooperatsiya aloqalarini takomillashtirish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxobovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shixiev Raxim Muxammetovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab chiqaruvchi kichik biznes sub’ektlari bilan kooperatsiya aloqalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes sub’ektlari kooperatsiya aloqalarining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishonch darajasi, resurs almashinuvi, innovatsiya intensivligi, tranzaksion xarajatlar, kooperatsiya davomiyligining maqbul darajalarini ta’minlash orqali kichik biznes sub’ektlari kooperatsiyasi iqtisodiy samaradorligini (IS = 20-25%) oshirish darajasi asoslangan;
Xorazm viloyatida yirik sanoat korxonalari va kichik biznes sub’ektlari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarining rivojlanganlik darajasini sotsiologik anketa va klaster tahlil usullarida baholash asosida kooperatsiya aloqalarining faolligi (KA = 3,7 ball), resurs almashinuvi darajasi (RA = 64%), innovatsion hamkorlik ko‘rsatkichi (IX = 0,54) orqali kooperatsiya munosabatlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash zarurligi asoslangan;
yirik va kichik biznes sub’ektlari kooperatsiyasini boshqarishning maqsadga yo‘naltirilgan tizimi, shaklini tanlash algoritmi va matrisasi kooperatsiya aloqalari shakllari (klaster, subkontrakt, texnologik alyans, strategik sheriklik) bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarish zanjirida mahsulot ishlab chiqarish qiymatini 15–18% ga, texnologik samaradorlikni esa 22–25% ga oshirish imkoni asoslangan;
“Urgenchkormmash” AJ va “JasminLitMash” MChJning marketing, logistika sohasidagi kooperatsiya aloqalari samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida “Urgenchkormmash” AJ faoliyatining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab chiqaruvchi KBSKAni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
KBSKAning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishonch darajasi, resurs almashinuvi, innovatsiya intensivligi, tranzaksion xarajatlar, kooperatsiya davomiyligining maqbul darajalarini ta’minlash orqali kichik biznes sub’ektlari kooperatsiyasi iqtisodiy samaradorligini (IS = 20-25%) oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 noyabrdagi 05-33-12548-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik sanoat korxonalari, KBSKAni tur va shakllari, yangi strategiyalari takomillashtirish imkoni yaratilgan;
Xorazm viloyatida yirik sanoat korxonalari va KBSKAning rivojlanganlik darajasini sotsiologik anketa va klaster tahlil usullarida baholash asosida kooperatsiya aloqalarining faolligi (KA = 3,7 ball), resurs almashinuvi darajasi (RA = 64%), innovatsion hamkorlik ko‘rsatkichi (IX = 0,54) orqali kooperatsiya munosabatlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 noyabrdagi 05-33-12548-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik sanoat korxonalari va KBSKAlari rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
yirik va kichik biznes sub’ektlari kooperatsiyasini boshqarishning maqsadga yo‘naltirilgan tizimi, shaklini tanlash algoritmi va matrisasi kooperatsiya aloqalari shakllari (klaster, subkontrakt, texnologik alyans, strategik sheriklik) bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarish zanjirida mahsulot ishlab chiqarish qiymatini 15-18% ga, texnologik samaradorlikni esa 22-25% ga oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 noyabrdagi 05-33-12548-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik va KBSKAlarini amalga oshirish algoritmi va matrisasi ishlab chiqilgan;
“Urgenchkormmash” AJ va “JasminLitMash” MChJning marketing, logistika sohasidagi kooperatsiya aloqalari samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida “Urgenchkormmash” AJ faoliyatining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 noyabrdagi 05-33-12548-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ekonometrik modellar asosida “Urgenchkormmash” AJning 2030 yilgacha bo‘lgan davrga asosiy faoliyat parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish