Xudoyorova Mehrangiz Murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transporti korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatini oshirish” 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt1645
Ilmiy rahbar: Ismailov Akmal Maqsudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yakutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Abdulaziz Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transporti korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “temir yo‘l transport korxonalarida ishlab chiqarish salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni sohaning iqtisodiy samaradorligi va innovatsiyalar joriy etish imkoniyatlarini ta’minlovchi mutaxassislarni oliy ta’lim muassasalarida tayyorlash qobiliyati jihatidan takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatini baholash uslubi “barqaror holat”, “xavfli va muammoli holat”larning meʼyorlashtirilgan qiymatlari va vazn koeffisientlarini hisobga olgan holda “inqiroz holati” (0,00-0,29), “cheklovchi holat” (0,30-0,49), “qoniqarli” (0,50-0,79), “yaxshi” (0,80-1,00) miqdoriy chegaralarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
davlat temir yo‘l operatori va xususiy temir yo‘l ishlab chiqarish sanoati korxonalari o‘rtasida mahalliy ishlab chiqarish klasterlari doirasida kafolatlangan davlat buyurtmalari, texnologik modernizatsiya va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning integratsion dasturi asosida mahalliy mahsulot ulushini bosqichma-bosqich oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transporti korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “temir yo‘l transport korxonalarida ishlab chiqarish salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni sohaning iqtisodiy samaradorligi va innovatsiyalar joriy etish imkoniyatlarini ta’minlovchi mutaxassislarni oliy ta’lim muassasalarida tayyorlash qobiliyati jihatidan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Transport iqtisodiyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 03 - martdagi 97-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda oliy ta’lim muassasalarida soha salohiyatini oshirish hamda temir yo‘l transporti korxonalarida ishlab chiqarishni yaxshilash jihatidan takomillashtirilgan ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transporti ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatini baholash uslubi “barqaror holat”, “xavfli va muammoli holat”larning meʼyorlashtirilgan qiymatlari va vazn koeffisientlarini hisobga olgan holda “inqiroz holati” (0,00-0,29), “cheklovchi holat” (0,30-0,49), “qoniqarli” (0,50-0,79), “yaxshi” (0,80-1,00) miqdoriy chegaralarini belgilash bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 2-dekabrdagi 03/4760-25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida temir yo‘l transporti korxonalarining ishlab chiqarish salohiyati integral indeksi 0.4585-0.4975 oralig‘ida ekanligi aniqlangan;
davlat temir yo‘l operatori va xususiy temir yo‘l ishlab chiqarish sanoati korxonalari o‘rtasida mahalliy ishlab chiqarish klasterlari doirasida kafolatlangan davlat buyurtmalari, texnologik modernizatsiya va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning integratsion dasturi asosida mahalliy mahsulot ulushini bosqichma-bosqich oshirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil
2-dekabrdagi 03/4760-25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini 15-20 foizga oshirish imkonini bergan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylar bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 2-dekabrdagi 03/4760-25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida transport sohasining strategik taraqqiyot yo‘nalishlarini, uzoq muddatli istiqbolda ishlab chiqarish hajmining 20-25 foizga oshirish imkonini yaratgan.