Najmiddinov Yahyo Fazliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3980.
Ilmiy rahbar: Xotamov Ibodullo Sadulloevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Allaeva Gulchehra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metodologik yondashuvga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayonining “energiya intensivligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni to‘qimachilik korxonalarining energiya tejamkorlik darajasiga erishish, ekologik yukni minimallashtirish, resurslar unumdorligini oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qo‘shish uchun qiymat zanjiri bo‘ylab energiya sarfini optimallashtirish nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida energiya samaradorligini oshirishda “cascade” tamoyiliga asoslangan qayta taqsimlash mexanizmini joriy etish natijasida 15-25% energiya tejalishi, ishlab chiqarish xarajatlarini barqarorlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya bilan uyg‘unlikni ta’minlash natijasida 20-30% issiqxona gazlari emissiyasi qisqarishi asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarining energiya samaradorlik indeksini baholash uslubi energiya intensivligi indikatori va energiya ta’sir koeffisientlarini hisobga olgan holda “kritik energiya holati” (0,00-0,19), “samarasiz holat” (0,20-0,39), “moddiy o‘rta samaradorlik” (0,40-0,59), “barqaror samaradorlik” (0,60-0,79), innovatsion samaradorlik” (0,80-1,00) shkalalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
“Toshbuloq teks” hamda “Osborn tekstil” MChJ to‘qimachilik sanoati korxonalarida energiya sarfi hajmi, ishlab chiqarish quvvati, mahsulot hajmi, energiya xarajatlarining yalpi qiymatdagi ulushi, energiya samaradorligi, energiya intensivligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida energiya samaradorligi oshirish mexanizmni takomillashtirish orqali ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
metodologik yondashuvga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayonining “energiya intensivligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni to‘qimachilik korxonalarining energiya tejamkorlik darajasiga erishish, ekologik yukni minimallashtirish, resurslar unumdorligini oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qo‘shish uchun qiymat zanjiri bo‘ylab energiya sarfini optimallashtirish nuqtayi nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari uchun tavsiya etilgan “Yashil iqtisodiyot” nomli dasrlik tayyorlashda foydalanilgan. (Darslik Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi 448-sonli qaroriga asosan chop etilgan. ISBN:978-9910-01-498-7). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarida hamda talabalarda sanoat korxonalarida “energiya intensivligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlar jahon tajribasidan kelib chiqib asoslandi;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida energiya samaradorligini oshirishda “cascade” tamoyiliga asoslangan qayta taqsimlash mexanizmini joriy etish natijasida 15-25% energiya tejalishi, ishlab chiqarish xarajatlarini barqarorlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya bilan uyg‘unlikni ta’minlash natijasida 20-30% issiqxona gazlari emissiyasi qisqarishi asoslanganligi bo‘yicha taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining “Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish boshqarmasi” faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 25-sentyabrdagi № 02/25-2274 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarida “cascade” tamoyiliga asoslangan qayta taqsimlash mexanizmini joriy etish energiya tejamkorligini ta’minlab, xarajatlarni kamaytiradi, eksport salohiyatini oshiradi, ekologik barqarorlikni mustahkamlaydi va korxonalarni xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirishga erishildi;
to‘qimachilik korxonalarining energiya samaradorlik indeksini baholash uslubi energiya intensivligi indikatori va energiya ta’sir koeffisientlarini hisobga olgan holda “kritik energiya holati” (0,00-0,19), “samarasiz holat” (0,20-0,39), “moddiy o‘rta samaradorlik” (0,40-0,59), “barqaror samaradorlik” (0,60-0,79), innovatsion samaradorlik” (0.80-1,00) shkalalarini kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining “Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish boshqarmasi” faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 25-sentyabrdagi № 02/25-2274 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalari energiya samaradorligini aniq va shaffof tasniflash imkoniyati yaratildi. Bu esa monitoringni kuchaytirish, tezkor qarorlar qabul qilish, 15-20 % gacha energiya tejash, ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash hamda korxonalarni xalqaro “yashil” talablar darajasiga olib chiqish imkoniyatini yaratdi;
“Toshbuloq teks” hamda “Osborn tekstil” to‘qimachilik korxonalarida energiya sarfi hajmi, ishlab chiqarish quvvati, mahsulot hajmi, energiya xarajatlarining yalpi qiymatdagi ulushi, energiya samaradorligi, energiya intensivligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liklikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining “Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish boshqarmasi” faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 25-sentyabrdagi № 02/25-2274 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalarining 2030-yilgacha bo‘lgan energiya intensivligi hamda energiya samaradorligi bo‘yicha maqsadli rejalarini ishlab chiqish davomida ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha erishiladigan maqsadlar aniqligi 10% oshgan.