Ikramova Nodira Burxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4889.
Ilmiy rahbar: Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Muratova Shoxista Nigmatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karabaeva Gulnora Sharafitdinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar raqobatbardoshligini miqdoriy baholash ta’sir etuvchi omillarni kirish resurslari (0,30 ≤ ω_KR ≤ 0,50), ishlab chiqarish sikli (0,25 ≤ ω_ICh ≤ 0,35) va korxonaning adaptivlik qobiliyati (0,20 ≤ ω_AQ ≤ 0,30) toifalari bo‘yicha vazn koeffisientlari oraliqlarini hisoblash orqali takomillashtirilgan.
to‘qimachilik sanoatining strategik rivojlanishi ikki tomonlama integratsiya, ya’ni franchayzing, ausorsing va xalqaro brendlarni jalb qilish orqali global ta’minot zanjirlari hamda barqarorlik va raqamli ishtirokiga e’tibor qaratgan holda kuchli milliy brendini yaratishga yo‘naltirish orqali tayyor mahsulotlarni barqaror eksport qilish va mamlakatning ijobiy imidjini shakllantirish taklifi asoslangan.
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashda lokalizatsiya siyosati va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish strategiyasi sinergiyasining maqbul ta’sir darajasi (0,35 ≤ SL+E ≤ 0,52)ni aniqlash asosida to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini oshirish taklifi asoslangan.
O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish hajmi, eksport va investisiyalar bo‘yicha asosiy tendensiyalarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ARIMA modeli asosida 2030-yilgacha to‘qimachilik sanoati korxonalari rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
korxonalar raqobatbardoshligini miqdoriy baholash ta’sir etuvchi omillarni kirish resurslari (0,30 ≤ ω_KR ≤ 0,50), ishlab chiqarish sikli (0,25 ≤ ω_ICh ≤ 0,35) va korxonaning adaptivlik qobiliyati (0,20 ≤ ω_AQ ≤ 0,30) toifalari bo‘yicha vazn koeffisientlari oraliqlarini hisoblash orqali takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/25-2211-sonli ma’lumotnomasi, “Nikko” mas’ulyati cheklangan jamiyatining 2025-yil 18-iyundagi №52-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Nikko” MChJda 2025-yilda korxonaning strategik rejalashtirish samaradorligini 2024-yilga nisbatan 10 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik sanoatining strategik rivojlanishi ikki tomonlama integratsiya, ya’ni franchayzing, ausorsing va xalqaro brendlarni jalb qilish orqali global ta’minot zanjirlari hamda barqarorlik va raqamli ishtirokiga e’tibor qaratgan holda kuchli milliy brendini yaratishga yo‘naltirish orqali tayyor mahsulotlarni barqaror eksport qilish va mamlakatning ijobiy imidjini shakllantirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/25-2211-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2025-yilda energiya sarfini 2024-yilga nisbatan 10-12 foizga, ishlab chiqarish xarajatlarini esa 6-8 foizga kamaytirish orqali modelning beqaror tashqi talab sharoitida samaradorligini namoyon etish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashda mahalliylashtirish siyosati va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish strategiyasi sinergiyasining maqbul ta’sir darajasi (0,35 ≤ SL+E ≤ 0,52)ni aniqlash asosida to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini oshirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/25-2211-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxona maqsadi mahalliylashtirish, ya’ni importga bog‘liqlikni kamaytirish, mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish va xarajatlarni kamaytirish imkoni kengaygan;
O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish hajmi, eksport va investisiyalar bo‘yicha asosiy tendensiyalarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ARIMA modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan to‘qimachilik sanoati korxonalari rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining 2030-yilgacha bo‘lgan iqtisodiy holatining prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/25-2211-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalar va davlat tuzilmalari tomonidan raqobatbardoshlikni oshirish strategiyasini ishlab chiqish, ishlab chiqarish quvvatlarini optimallashtirish va o‘zgaruvchan tashqi talab sharoitida xavflarni minimallashtirish imkoni yaratilgan.