Murtazaev Isabek Bazarbaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy  ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Zarafshon mintaqasi hududlari o‘rtasida iqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash yo‘nalishlari”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi  ro‘yxatga  olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt666.
Ilmiy rahbar: Mambetjanov Kaxramon Kurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan  muassasa  nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yavmutov Dilshod Shoimardonkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlar iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa hududlarida ishlab chiqarish omillari taqsimotini optimallashtirishga Samarqand viloyatining Nurobod, Navoiy viloyatining Nurota va Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanlarida faoliyat yuritayotgan  yirik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan shamol, mikro va kichik gidro elektr stansiyalarini qurishni davlatning monetar vositalari yordamida rag‘bag‘lantirish orqali erishish taklifi asoslangan;
mintaqada tog‘-kon va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga Navoiy viloyatining Uchquduq, Karmana va  Nurota tumanlarida foydalanishga jalb etilmagan konlarni ishga tushirish hamda u erda yaratilgan xom ashyoni Samarqand viloyatining geografik joylashuvi va ishchi kuchi resurslaridan kelib chiqqan holda Kattaqurg‘on, Narpay, Paxtachi tumanlarida tayyor qurilish materiallari sifatida qayta ishlash sanoatini tashkil etish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Zarafshon mintaqasi hududlarida sanoat ishlab chiqarish va agrar sektor o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga Navoiy viloyatining Nurota, Navbahor, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarini bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtirib, ularda etishtirilgan mahsulotlarni Samarqand viloyatining Jomboy va Oqdaryo tumanlarida meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish asosida qayta ishlash orqali erishish taklifi asoslangan;
Mintaqa hududlarida xizmat ko‘rsatish sohalarini mutanosib rivojlantirishga Navoiy viloyatining Tomdi va Uchquduq tumanlarida “Safari”, Muruntov koni hududida sanoat turizmi hamda Nurota tumanidagi Chashma, Chelak tumanidagi Imom Buxoriy, Buxoro shahri atrofidagi “Etti pir” ziyoratgohlarini bir halqaga jamlash asosida ziyorat turizmini tashkil etish orqali erishish taklifi asoslangan;
mintaqada sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari dinamikasiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida mazkur tarqmoqlarni rivojlantirishning 2029-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon mintaqasi hududlari o‘rtasida iqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar asosida:
Samarqand viloyatining Nurobod, Navoiy viloyatining Nurota va Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanlarida tadbirkorlik subektlari tomonidan shamol, kichik gidro elektr stansiyalarini qurishni rag‘bag‘lantirish orqali mintaqa hududlarida sanoat ishlab chiqarishini mutanosib rivojlantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PQ-276-son “Navoiy viloyatining Nurota tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2024-yil 05-martdagi PQ-116-son “Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2024-yil 05-noyabrdagi PQ-383-son “Navoiy viloyatida mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/48-2-24489-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqa sanoat ishlab chiqarishini mutanosib rivojlantirishga erishiladi;
mintaqada tog‘-kon va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga Navoiy viloyatining Uchquduq, Karmana va  Nurota tumanlarida foydalanishga jalb etilmagan konlarni ishga tushirish hamda u erda yaratilgan xom ashyoni Samarqand viloyatining Kattaqurg‘on, Narpay, Paxtachi tumanlarida tayyor qurilish materiallari sifatida qayta ishlash sanoatini tashkil etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PQ-52-son “2023-2024-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi  04/48-2-24489-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi mintaqadagi foydali qazilma konlarini ishga tushirish hamda mavjudlaridan samarali foydalanish  evaziga mintaqada tog‘-kon va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga erishiladi;
Zarafshon mintaqasi hududlarida sanoat ishlab chiqarish va agrar sektor o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga Navoiy viloyatining Nurota, Navbahor, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarini bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtirib, ularda etishtirilgan mahsulotlarni Samarqand viloyatining Jomboy va Oqdaryo tumanlarida meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish asosida qayta ishlash orqali erishish taklifidan Oliy ta’lim muassasalarining 60411200-Menejment yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Iqtisod, menejment va marketing asoslari” darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston milliy universiteti kengashining 2025 yil 28 noyabrdagi 3-sonli qarori asosida berilgan guvohnoma) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 217-son “2022-2026-yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2022-yil 28-apreldagi 222-son “2022-2026-yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarining tegishli bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi  04/48-2-24489-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi mintaqaning ayrim hududlarini qishloq xo‘jalik maxsulotlarini etishtirish hamda  imkoniyatlardan kelib chiqqan holda boshqa hududlarida uni qayta ishlashga ixtisoslashtirishga erishiladi;
Mintaqa hududlarida xizmat ko‘rsatish sohalarini mutanosib rivojlantirishga Navoiy viloyatining Tomdi va Uchquduq tumanlarida “Safari”, Muruntov koni hududida sanoat turizmi hamda Nurota tumanidagi Chashma, Chelak tumanidagi Imom Buxoriy, Buxoro shahri atrofidagi “Etti pir” ziyoratgohlarini bir halqaga jamlash asosida ziyorat turizmini tashkil etish orqali erishish taklifidan Oliy ta’lim muassasalarining 60411200-Menejment yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Iqtisod, menejment va marketing asoslari” darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston milliy universiteti kengashining 2025 yil 28 noyabrdagi 3-sonli qarori asosida berilgan guvohnoma) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-430-son “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 10-bandi, “d” kichik bandini, 11 va 12-bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi  04/48-2-24489-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish maqsadida turizm xizmatlari ko‘rsatish sur’atlarini oshirish va shu orqali mintaqada iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga erishiladi;
mintaqada sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari dinamikasiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida mazkur tarqmoqlarni rivojlantirishning 2029-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi 48,49,54,59-bandlarida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi  04/48-2-24489-son ma’lumotnomasi). Uning amaliyotga joriy qilinishi 2030-yilgacha mintaqada sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini mutanosib rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etishga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish