Raxmonova Aziza Tolibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmatlar sohasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘llari” 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3209
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor Musaeva Shoira Azimovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Shodieva Gulnora Mardievna; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Arabov Nurali Uralovich.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish sharoitida xizmatlar hajmini oshirishda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “xizmatlar sohasida ayollar tadbirkorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ayollar iqtisodiy faolligi, oilaviy daromadlar barqarorligi va jamiyatda gender jihatdan mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashni xizmat ko‘rsatish sohasining o‘ziga xos tavsifi bilan o‘zaro muvofiqligi jihatidan takomillashtirilgan.
xizmatlar sohasidagi ayollar biznesi uchun bank mikrokreditlari, davlat yoki hududiy kafolat jamg‘armasi, grant va subsidiya komponentlarini qamrab oluvchi gibrid moliyaviy paket joriy etish orqali ayollar tadbirkorligida moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatini kengaytirish, garov va risk muammosini qisman kafolat jamg‘armasi orqali hal etish taklifi asoslangan.
hududlar kesimida, ayniqsa shaharcha va tuman markazlarida xizmatlar sohasida ayollar tadbirkorligining tranzaksion xarajatlarini qisqartirish, “yashirin” tadbirkorlikni rasmiy sektorga o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus “Yagona institutsional qo‘llab-quvvatlash markazi”ni tashkil etish taklifi asoslangan.
Samarqand viloyatida ayollar tadbirkorlik subektlari sonini korrelyasion bog‘liqlikdagi omillar asosida 2028-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmatlar sohasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmatlar sohasida ayollar tadbirkorligi” tuchunchasining iqtisodiy mazmunini ayollar iqtisodiy faolligi, oilaviy daromadlar barqarorligi va jamiyatda gender juhatdan mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashni xizmat ko‘rsatish sohasining o‘ziga xoz tavsifi bilan o‘zaro muvofiqligi jixatidan taklifi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyotni davlat tamonidan tartibga solish” o‘quv qo‘llanmasi (Samaqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2023-yil 10- noyabrdagi 4-sonli qarori bilan 254-22/10 raqamli guvohnoma asosida chop etilgan), “Marketing” (rus tilida) o‘quv qo‘llanmasi (Samaqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2024 yil 27-noyabrdagi 4-sonli qaroriga asosan 228-27/11 raqamli guvohnoma asosida chop etilgan) fanlari mazmuniga singdirilgan. Taklif uslubiy jihatdan ayollar tadbirkorligi tushunchasining iqtisodiy mazmuni boʻyicha yangi nazariy bilimlar va koʻnikmalarni shakllantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmatlar sohasida ayollar biznesi uchun bank mikrokreditlari davlat yoki hududiy kafolar jamg‘armasi, grant va subsediya komponentlarini qamrab oluvchi gibrid moliyaviy paket joriy etish orqali ayollar tadbirkorligida moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatini kengaytirish, garov va risk muammosi qisman kafolat jamg‘armasi orqali hal etish taklifi xizmatlar sohasida ayollar biznesi uchun bank mikrokreditlari davlat yoki hududiy kafolar jamg‘armasi, grant va subsediya komponentlarini qamrab oluvchi gibrid moliyaviy paket joriy etish orqali ayollar tadbirkorligida moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatini kengaytirish, garov va risk muammosi qisman kafolat jamg‘armasi orqali hal etish taklifi “ALTUS” nodavlat ta’lim muassasasi, “NEW ACCOUNTE SERVICES” MChJ hamda “DIL-RIZO GARANT” xususiy korxonasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan 2025-yil 19-sentyabrdagi 06-05-33-10536-sonli, O‘zbekiston savdo- sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2025-yil 23-iyundagi 01-296-sonli, “ALTUS” nodavlat ta’lim muassasasining 2025- yil 5-sentyabrdagi 05/09-01-sonli, “NEW ACCOUNTE SERVICES” MChJning 2025-yil 3-sentyabrdagi 05-84/26-son hamda “DIL-RIZO GARANT” xususiy korxonasining 6-sentyabrdagi 06/09-01 sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik subektlarini unumiy samaradorlik darajalarini baholash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni oshirishga ketadigan vaqtni 15 foizgacha, umumiy samaradorlik tahliliga qilinadigan harajatlarni 10 foizgacha qisqartirishga hamda samaradorlik bo‘yicha qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari samaradorligini 12 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
hududlar kesimida, ayniqsa shaharcha va tuman markazlarida xizmatlar sohasida ayollar tadbirkorligining tranzaksion xarajatlarini qisqartirish, “yashirin” tadbirkorlikni rasmiy sektorga o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus “Yagona institutsional qo‘llab-quvvatlash markazi”ni tashkil etish taklifihududlar kesimida, ayniqsa shaharcha va tuman markazlarida xizmatlar sohasida ayollar tadbirkorligining tranzaksion xarajatlarini qisqartirish, “yashirin” tadbirkorlikni rasmiy sektorga o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus “Yagona institutsional qo‘llab-quvvatlash markazi”ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqishda hamda “ALTUS” nodavlat ta’lim muassasasining biznes-rejalarini asoslashda foydalanilgan. (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan 2025-yil 19-sentyabrdagi 06-05-33-10536-sonli, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2025-yil 23-iyundagi 01-296-sonli hamda “ALTUS” nodavlat ta’lim muassasasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 05/09-01- sonli ma’lumotnomalari). Natijada ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarida yo‘qotishlarni 25 foizgacha qisqartirish hamda ayollar tadbirkorligi qo‘shimcha 15- 22 foizgacha oshirildi;
Samarqand viloyatida ayollar tadbirkorlik subektlari sonini korrelyasion bog‘liqlikdagi omillar asosida 2028-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining “Yoshlar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlik asoslariga o‘qitish bo‘limi” faoliyatida, “NEW ACCOUNTE SERVICES” MChJ hamda “DIL-RIZO GARANT” xususiy korxonasining biznes-rejalarini asoslashda foydalanilgan. (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan 2025-yil 19-sentyabrdagi 06-05-33-10536-sonli, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2025-yil 23-iyundagi 01-296-sonli, “NEW ACCOUNTE SERVICES” MChJning 2025-yil 3-sentyabrdagi 05-84/26-son hamda “DIL-RIZO GARANT” xususiy korxonasining 6-sentyabrdagi 06/09-01 sonli ma'lumotnomalari). Natijada ayollar tadbirkorligida band ishchi kuchi, ayollar tadbirkorligi tomonidan qo‘shimcha soliq tushumlari hamda Samarqand viloyatida ayollar tadbirkorligi tomonidan yaratilishi mumkin bo‘lgan qo‘shilgan qiymat hajmini ham prognoz qilish imkoniyatlari yaratildi.