Abdullaeva Zamira Muxtorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishlari”,
08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari)”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4918.
Ilmiy rahbar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Shadieva Gulnora Mardievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Ochilov Akram Odilovich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatida inson kapitali samaradorligini bilim va malakaning global oqimlariga bogʼliqligi, ushbu oqimlarni tezlashtirish va kengaytirish, ta’lim xizmatlarini ustuvor axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bog‘lashga asoslangan holda “Virtual Mobility” ta’limi jarayonini joriy etish, “Global Learning Hub” xorijiy ta’lim dasturlarini integratsiya qilishga ko‘ra “Raqamli Internatsionalizatsiya Platformasi”ni ishlab chiqish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim xizmatlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali kadrlarning raqamli kompetensiyalarini baholash raqamli kompetensiyaviy malaka darajalarini «yuqori» (C=0,63-1,0), «o‘rta» (B=0,33-0,62) va «past» (A=0-0,32) guruhlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan hoda baholash va har bir guruh bo‘yicha indikatorlarni tasniflash mezonlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash yondashuvi ko‘p omilli indeks usuliga ko‘ra raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi, ta’lim dasturlarining ish beruvchilar talablariga muvofiqligi, talabalar va bitiruvchilarning qoniqish darajasi, innovatsion faoliyatni rivojlantirish mezonlar asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida aqlli tizimlarni boshqarish strategiyasi aqlli kampuslar yaratishga ko‘ra ta’lim muassasalari infratuzilmasini sun’iy intellekt va buyumlar internetidan foydalangan holda hamda texnologik rivojlangan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadlarini shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim xizmatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatida inson kapitali samaradorligini bilim va malakaning global oqimlariga bogʼliqligi, ushbu oqimlarni tezlashtirish va kengaytirish, ta’lim xizmatlarini ustuvor axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bogʼlash asoslangan holda “Virtual Mobility” ta’limi jarayonini joriy etish, “Global Learning Hub” xorijiy ta’lim dasturlarni integratsiya qilishga ko‘ra “Raqamli Internatsionalizatsiya Platformasi”ni ishlab chiqish taklifi oliy ta’lim muassasalari, xususan akademik mustaqillik berilgan Samarqand davlat universiteti, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, TATU Samarqand filiali “Raqamli iqtisodiyot”, “.Bilimlar iqtisodiyoti” kabi fanlar o‘quv-uslubiy hujjatlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 02/01-01-220-son ma’lu-motnomasi). Taklif oliy ta’lim muassasalarining xalqaro bilimlar almashinuvini ta’minlash hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro tajriba orttirish salo-hiyatlarini 1,4 martaga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim xizmatlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali kadrlarning raqamli kompetensiyalarini baholash raqamli kompeten-siyaviy malaka darajalarini «yuqori» (C=0,63-1,0), «o‘rta» (B=0,33-0,62) va «past» (A=0-0,32) guruhlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan hoda baholash va har bir guruh bo‘yicha indikatorlarni tasniflash mezonlariga ko‘ra takomillashtirish taklifi oliy ta’lim muassasalari, xususan akademik mustaqillik berilgan Samarqand davlat universiteti, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, TATU Samarqand filiali “Raqamli iqtisodiyot”, “.Bilimlar iqtisodiyoti” kabi fanlar o‘quv-uslubiy hujjatlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 02/01-01-220-son ma’lumotnomasi). Taklif oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari raqamli kompetensiyalari ko‘rsatkichlarining aniqlik darajasini 1,5 martaga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash yondashuvi ko‘p omilli indeks usuliga ko‘ra raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi, ta’lim dasturlarining ish beruvchilar talablariga muvofiqligi, talabalar va bitiruvchilarning qoniqish darajasi, innovatsion faoliyatni rivojlantirish mezonlar asosida takomillashtirish taklifi oliy ta’lim muassasalari, xususan akademik mustaqillik berilgan Samarqand davlat universiteti, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, TATU Samarqand filiali “Raqamli iqtisodiyot”, “.Bilimlar iqtisodiyoti”kabi fanlar o‘quv-uslubiy hujjatlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 02/01-01-220-son ma’lumotnomasi). Taklif oliy ta’lim xizmatlari sifatini doimiy monitoring qilish va rivojlantirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida aqlli tizimlarni boshqarish strategiyasi aqlli kampuslar yaratishga ko‘ra ta’lim muassasalari infratuzilmasini sun’iy intellekt va buyumlar internetidan foydalangan holda hamda texnologik rivojlangan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadlarini shakllantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif oliy ta’lim muassasalari, xususan akademik mustaqillik berilgan Samarqand davlat universiteti, «Ipak yoli» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, TATU Samarqand filiali “Raqamli iqtisodiyot”, “.Bilimlar iqtisodiyoti”kabi fanlar o‘quv-uslubiy hujjatlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 02/01-01-220-son ma’lu-motnomasi). Taklif oliy ta’lim muassasalarining xalqaro standartlarga mos zamonaviy infratuzilmani yaratish (takomillashtirish) va xorijiy ilmiy hamkorliklarni kuchaytirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.