Nazarova Kumushoy Sodiqjon qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli stretching mashqlari yordamida yosh gimnastikachilarda egiluvchanlikni rivojlantirish uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped1474.
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Rasmiy opponentlar: Korobeynikov Georgiy Valerievich biologiya fanlari doktori, professor, Astankulova Dilnur Furkat qizi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi 6-7 yoshli gimnastikachilarning egiluvchanlik sifatlarini stretching mashqlari yordamida rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
modullashtirilgan mashg‘ulot jarayonida har bir modulning funsional vazifasiga mos yuklama berilishi, elementlarni biomexanik tahlil asosida ketma-ket joylashtirish va ko‘nikma shakllanish bosqichiga mos differensial topshiriqlarni qo‘llash orqali mashg‘ulotlar maqsadli tashkil etilib, texnik elementlarni yahlit uslubda o‘zlashtirish imkoniyatlari ilmiy asosda kengaytirilgan;
gimnastikachilarda egiluvchanlikni oshirish uchun mashg‘ulot jarayonida harakat amplitudasini izchil kengaytirishga qaratilgan statik–dinamik integrallashgan cho‘zilishlar, mushak antagonistik juftliklarini ketma-ket relaksatsiya-faollashtirish, hamda bosqichma-bosqich ortuvchi elastik qarshilik bilan bajariladigan cho‘zilish amallaridan foydalanish natijasida jismoniy tayyorgarlik imkoniyatlari kengaytirilgan;
yosh badiiy gimnastikachilarning yillik tayyorgarlik siklini samarali tashkil etish uchun mashg‘ulotdan tashqari tayyorgarlik jarayonini kunlik cho‘zilish hajmi, harakat amplitudasi dinamikasi, mashq bajarilish sifati va tiklanish ko‘rsatkichlarini raqamli monitoring qilish imkonini beruvchi “Stretching kids” mobil ilovasini tayyorgarlik tizimiga joriy etish natijasida yuklamalarni individual optimallashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
yosh badiiy gimnastikachilarda harakatlarning ritmik ifodasini rivojlantirish uchun yil davomida egiluvchanlikni bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltirilgan mashqlarning davomiyligi va takrorlanish tartibini moslashuv davri (10–15 soniya), funksional kuchayish davri (20–30 soniya), yuqori amplituda davri (30–45 soniya) kabi progressiv intervallar asosida, shuningdek haftalik takrorlanish sikllarini 
2-3-4 marotabagacha bosqichma-bosqich oshirish tizimi asosida maqsadli belgilash natijasida ritmik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 6-7 yoshli gimnastikachilarning egiluvchanlik sifatlarini stretching mashqlari yordamida rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot va pedagogik tajriba natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili asosida:
modullashtirilgan mashg‘ulot jarayonida har bir modulning funsional vazifasiga mos yuklama berilishi, elementlarni biomexanik tahlil asosida ketma-ket joylashtirish va ko‘nikma shakllanish bosqichiga mos differensial topshiriqlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi sport maktabi mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 08-yanvardagi 02-16/164-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh gimnastikachilarning egiluvchanligi 12,4 foizga yaxshilandi, bu esa kasallik va jarohatlar natijasida yoʻqolgan normal moslashuvchanlikni tiklashga erishilgan;
gimnastikachilarda egiluvchanlikni oshirish uchun mashg‘ulot jarayonida harakat amplitudasini izchil kengaytirishga qaratilgan statik–dinamik integrallashgan cho‘zilishlar, mushak antagonistik juftliklarini ketma-ket relaksatsiya-faollashtirish, hamda bosqichma-bosqich ortuvchi elastik qarshilik bilan bajariladigan cho‘zilish amallaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi sport maktabida shug‘ullanuvchi yosh gimnastikachilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 
8-yanvardagi 02-16/164-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus mashqlarni joriy etish natijasida yosh gimnastikachilarning egiluvchanligi 12,6 foizga oshgan;
yosh badiiy gimnastikachilarning yillik tayyorgarlik siklini samarali tashkil etish uchun mashg‘ulotdan tashqari tayyorgarlik jarayonini kunlik cho‘zilish hajmi, harakat amplitudasi dinamikasi, mashq bajarilish sifati va tiklanish ko‘rsatkichlarini raqamli monitoring qilish imkonini beruvchi “Stretching kids” mobil ilovasini tayyorgarlik tizimiga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri sport maktabi gimnastikachi qizlarining mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 8-yanvardagi 02-16/164-son ma’lumotnomasi). Natijada, egiluvchanlik sifati 11,8 % ga yaxshilangan;
yosh badiiy gimnastikachilarda harakatlarning ritmik ifodasini rivojlantirish uchun yil davomida egiluvchanlikni bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltirilgan mashqlarning davomiyligi va takrorlanish tartibini moslashuv davri (10–15 soniya), funksional kuchayish davri (20–30 soniya), yuqori amplituda davri (30–45 soniya) kabi progressiv intervallar asosida, shuningdek haftalik takrorlanish sikllarini 
2-3-4 marotabagacha bosqichma-bosqich oshirish tizimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi yosh badiiy gimnastikachilarning mashg‘ulot jarayonida qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 08-yanvardagi 02-16/164-son ma’lumotnomasi). Natijada, egiluvchanlikni samarali rivojlanishi hisobiga samaradorlik 10,9% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish