Raximov Minhojiddin Muhammadg‘olib o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda iqtidorli bolalar ijodkorligini rivojlantirishning boshqarish texnologiyasi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.PhD/Ped3427.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Musurmanova Aynisa.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda iqtidorli bolalar ijodkorligini rivojlantirishning boshqarish texnologiyasi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
iqtidorli bolalar ijodkorligini rivojlantirishning boshqarish texnologiyasi orqali ta’lim sifatini oshirishning pedagogik komponentlari (ta’lim sifatini baholash mezonlari va aniqlash indikatorlari, o‘quvchi kompetentlik darajasi, o‘qituvchining innovasion faoliyati) hamda ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi omillar (ta’lim mazmuni, ob’ekt va sub’ekt munosabati, texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy) davlat ta’lim standartlari va buyurtmachilar talablarini integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan; 
iqtidorli bolalar ijodkorligini rivojlantirish orqali pedagogik ta’limining innovatsion turlarining o‘zaro bog‘liq tarkibiy bo‘limlari (gorizontal, vertikal) va o‘ziga xos integral belgilari (ijro, nazorat, natija)dan iborat ta’lim sifatini oshirishga mo‘ljallangan innovasion yondashuv tuzilmasini modellashtirish tamoyillari (uzviylik, normativlik, ilmiylik, izchillik, universallik) asosida ishlab chiqilgan; 
kreativ yondashuvlar asosida ixtisoslashgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish tamoyillari (muvofiqlik, tizimlilik, barqarorlik, sinergetik, moslashuvchanlik)ga asoslangan mobil harakatli tezkor aloqa, hududiy yaxlitlik hamda “ijod maktabi - iqtidor laboratoriyasi” maydonchalarining imkoniyatlari (boshqaruv, metodik, didaktik, texnologik, motivasion)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
iqtidorli bolalar ijodkorligini rivojlantirish texnologiyasi asosida ta’lim tizimida sifatli kadrga bo‘lgan ehtiyojni mahalliy sharoitga mos, tizimlararo manfaatdorlik tamoyillari (maqsad umumiyligi, manfaatlar xususiyligi)ga ko‘ra ta’minlashning uzviylik va uzlyuksizlikka asoslangan kogintiv nazariy va amaliy faoliyat uyg‘unligi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ixtisoslashgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish asosida ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagilar:
ta’lim sifatini oshirishning pedagogik komponentlari (ta’lim sifatini baholash mezonlari va aniqlash indikatorlari, o‘quvchi kompetentlik darajasi, o‘qituvchining innovasion faoliyati) hamda ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi omillar (ta’lim mazmuni, ob’ekt va sub’ekt munosabati, texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy) davlat ta’lim standartlari va buyurtmachilar talablarini integratsiyalash asosidagi ilmiy metodik taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-092997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 26-dekabrdagi № 579-son ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari sifati samaradorligini oshirishga erishilgan;
ta’lim turlarining o‘zaro bog‘liq tarkibiy bo‘limlari (gorizontal, vertikal) va o‘ziga xos integral belgilari (ijro, nazorat, natija)dan iborat ta’lim sifatini oshirishga mo‘ljallangan innovasion yondashuv tuzilmasini modellashtirish tamoyillari (uzviylik, normativlik, ilmiylik. izchillik, universallik) bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-092997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 26-dekabrdagi № 579-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalari hamkorligini hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi takomillashtirilgan;
kreativ yondashuvlar asosida ixtisoslashgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish tamoyillari (muvofiqlik. tizimlilik, barqarorlik, sinergetik, moslashuvchanlik)ga asoslangan mobil harakatli tezkor aloqa, hududiy yaxlitlik hamda “ijod maktabi - iqtidor laboratoriyasi” maydonchalarining imkoniyatlari (metodik, didaktik, texnologik, motivasion)ga ustuvorlik berish  oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  ixtisoslashgan maktablarda amaliyotga joriylanganligi haqidagi  2021-yil 27-dekabrdagi №189-sonli dalolatnomasi). Natijada, ixtisoslashgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish tamoyillari aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish