Madaminova Gulsora Mirxomidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Siyosiy nutqda qo‘llanuvchi paremiologik birliklarning semantik-pragmatik tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  № B2023.1.PhD/Fil3167.
Ilmiy rahbar: Quldashev Nizomidin Axmadalievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxista Maxamadjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yoqubbaeva Umida Abduvaxob qizi, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi siyosiy nutqda qo‘llangan paremiologik birliklarning semantik-pragmatik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paremiologik birliklarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va madaniy transformatsiyalar ta’sirida semantik (ijtimoiy-kontekstual moslashuvchanlik) va  pragmatik (kommunikativ vazifa bajarishi, auditoriyaga ta’sir o‘tkazish, nutqni soddalashtirib xalqchil qilish) jihatdan qayta shakllanish jarayoni Mehnat qilgan – rohat topadi, Ishning boshi qiyin, oxiri oson, Action speaks louder than words, A stitch in time saves nine, Chto poseesh`, to i pojnyosh`, Sem` raz otmer`, odin raz otrej`, Mehnat qilgan – rohat topadi, Ishning boshi qiyin, oxiri oson kabi misollar asosida aniqlangan; 
paremiologik birliklarning takroriylik, ixchamlilik,  ramziylik kabi lingvistik va diskursiv xususiyatlarini ochib beruvchi struktur-semantik, pragmatik-funsional, tematik va geneologik-etimologik mezonlarga asoslangan to‘rt o‘lchovli tasnif modeli asoslangan;
Birni berganga mingni beradi, Time is a great corrective, Dayut – beri, b`yut – begi, Birni berganga mingni beradi; The only thing we have to fear is fear itself,  Glaza boyatsya, a ruki delayut, Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq; In the end, we will remember not the words of our enemies, but the silence of our friends,  Sila est` uma ne nado, Oqqan daryo oqaveradi kabi paremiologik birliklarning metafora, metonimiya, kinoya va mubolag‘a kabi uslubiy vositalar bilan uyg‘unlashishi o‘rganilib, ularning siyosiy diskursda auditoriya idrokiga ta’sir ko‘rsatish hamda mafkuraviy yo‘nalish berish vositasi sifatida qo‘llanilishi isbotlangan;
paremiologik birliklarning axborot berish, ifodalash, ta’sir ko‘rsatish, muloqotni bog‘lash, izohlash, chiroyli tarzda ifoda etish kabi xususiyatlariga ko‘ra ularning adresat e’tiborini jalb qilish,  aksentuallashtirish,   uzatilayotgan ma’lumotni qisqartirib, implisit yoki eksplisit tarzda berish kabi kommunikativ funksiyalari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:     
paremiologik birliklarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va madaniy transformatsiyalar ta’sirida semantik (ijtimoiy-kontekstual moslashuvchanlik) va  pragmatik (kommunikativ vazifa bajarishi, auditoriyaga ta’sir o‘tkazish, nutqni soddalashtirib xalqchil qilish) jihatdan qayta shakllanish jarayoni Mehnat qilgan – rohat topadi, Ishning boshi qiyin, oxiri oson, Action speaks louder than words, A stitch in time saves nine,  Chto poseesh`, to i pojnyosh`, Sem` raz otmer`, odin raz otrej` kabi misollar asosida aniqlanganligiga doir ilmiy xulosalardan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 13-noyabrdagi 1/04-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental loyiha doirasida tayyorlangan lug‘atlar, ilmiy maqolalar hamda monografiyalar nazariy xulosalar bilan boyitilgan;
paremiologik birliklarning takroriylik, ixchamlilik,  ramziylik kabi lingvistik va diskursiv xususiyatlarini ochib beruvchi struktur-semantik, pragmatik-funsional, tematik va geneologik-etimologik mezonlarga asoslangan to‘rt o‘lchovli tasnif modeli: Otang-yaxshi, onang-yaxshi, Volki budut siti i ovsi seli, Trust but verify kabi misollar bilan asoslanganligiga doir nazariy xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 21-oktyabrdagi 26-36/913-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlarni tinglovchilarga etkazishda paremik birliklar orqali nutqning ta’sirchanligi oshirilgan hamda eshittirishning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.
Birni berganga mingni beradi, Time is a great corrective, Dayut – beri, b`yut – begi, The only thing we have to fear is fear itself,    Glaza boyatsya, a ruki delayut, Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq; In the end, we will remember not the words of our enemies, but the silence of our friends, Sila est` uma ne nado, Oqqan daryo oqaveradi kabi paremiologik birliklarning metafora, metonimiya, kinoya va mubolag‘a kabi uslubiy vositalar bilan uyg‘unlashishi o‘rganilib, ularning siyosiy diskursda auditoriya idrokiga ta’sir ko‘rsatish hamda mafkuraviy yo‘nalish berish vositasi sifatida qo‘llanilishi isbotlanganligiga, paremiologik birliklarning axborot berish, ifodalash, ta’sir ko‘rsatish, muloqotni bog‘lash, izohlash, chiroyli tarzda ifoda etish kabi xususiyatlariga ko‘ra ularning adresat e’tiborini jalb qilish,  aksentuallashtirish,   uzatilayotgan ma’lumotni qisqartirib, implisit yoki eksplisit tarzda berish kabi kommunikativ funksiyalari dalillanganligiga doir xulosalardan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 19 noyabrdagi 04/6801-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paremiologik birliklar metafora, metonimiya, kinoya va mubolag‘a vositalari orqali yanada ta’sirchan va ko‘p ma’noli ifodalarga aylanishi bilan bog‘liq xulosalar asosida lingvistik tahrir va tarjima jarayonlarini yanada puxta va sifatli amalga oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish