Ulasheva Umida Maxmadamin qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): qizining “Badiiy adabiyot vositasida o‘quvchilarning lingvistik kompetentligini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Ped110.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maqsadi umumta’lim maktablarida badiiy adabiyot vositasida o‘quvchilarning lingvistik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha metodik va didaktik ta’minotni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy adabiyot vositasida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirishning adabiy-didaktik xususiyatlari adabiyot didaktikasining nazariy prinsiplarini innovasion yondashuvlar asosida amaliy ta’lim jarayoniga tatbiq etish va uning natijalarini tajriba-sinov ishlari jarayonida pedagogik va metodik jihatdan tahlil qilish orqali asoslangan;
badiiy matnlardan dars jarayonida foydalanishning didaktik va kompetensiyaviy talablari matnning mazmunini tushunish, tahlil qilish va talqin qilishga yoʻnaltirilgan metodik yondashuvlar hamda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos o‘quv materiallarini tanlash va ularni ta’lim standartlari hamda kompetensiyaviy yondashuv tamoyillariga muvofiqlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
badiiy matnni tushunishning kompetensiyaviy modeli ilmiy modellashtirishning fanlararo yondashuv va integrasiya tamoyillariga muvofiq ta’lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan maqsad, mazmun, pedagogik jarayon, natija va baholash komponentlarini o‘zaro bog‘liq holda tizimlashtirish hamda innovasion va interaktiv metodlarni ta’lim jarayonida samarali qo‘llashning didaktik va metodik asoslangan amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar lingvistik kompetentligini rivojlantirishda badiiy adabiyotdan foydalanishning metodik va didaktik ta’minoti integrativ yondashuv, tanqidiy va ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi usullarni kognitiv faollik va refleksiv tahlilga ko‘ra ta’lim jarayonining mazmuniy va metodik asoslarini mustahkamlash hamda kompetensiyaviy talablarga ko‘ra o‘quv materiallarini fanlararo uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Umumta’lim maktablarida badiiy adabiyot vositasida o‘quvchilarning lingvistik kompetentligini rivojlantirishning metodik va didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
adabiyot didaktikasining nazariy prinsiplarini innovasion yondashuvlar asosida amaliy ta’lim jarayoniga tatbiq etish va uning natijalarini tajriba-sinov ishlari jarayonida pedagogik va metodik jihatdan tahlil qilish orqali asoslangan badiiy adabiyot vositasida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirishning adabiy-didaktik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi da bajarilgan FZ-2019-081663-raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayd va multimediya mahsulotlarini to‘plamini yaratish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024 yil 25 dekabrdagi 1/04-154-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy adabiyot vositasida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirishga xizmat qilgan;
Natijada, badiiy adabiyot vositasida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirishga xizmat qilgan;
matnning mazmunini tushunish, tahlil qilish va talqin qilishga yoʻnaltirilgan metodik yondashuvlar hamda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos o‘quv materiallarini tanlash va ularni ta’lim standartlari hamda kompetensiyaviy yondashuv tamoyillariga muvofiqlashtirish orqali aniqlashtirilgan badiiy matnlardan dars jarayonida foydalanishning didaktik va kompetensiyaviy talablari, ilmiy modellashtirishning fanlararo yondashuv va integrasiya tamoyillariga muvofiq ta’lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan maqsad, mazmun, pedagogik jarayon, natija va baholash komponentlarini o‘zaro bog‘liq holda tizimlashtirish hamda innovatsion va interaktiv metodlarni ta’lim jarayonida samarali qo‘llashning didaktik va metodik asoslangan amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan badiiy matnni tushunishning kompetensiyaviy modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda,xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuscha qisqacha izohli lug‘atni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024- yil 25 dekabrdagi 1/04-153-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy adabiyot vositasida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirishda darsdan tashqari tabirlar majmuini takomillashtirishga xizmat qilgan;
integrativ yondashuv, tanqidiy va ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi usullarni kognitiv faollik va refleksiv tahlilga ko‘ra ta’lim jarayonining mazmuniy va metodik asoslarini mustahkamlash hamda kompetensiyaviy talablarga ko‘ra o‘quv materiallarini fanlararo uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilar lingvistik kompetentligini rivojlantirishda badiiy adabiyotdan foydalanishning metodik va didaktik ta’minotiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Millat va manaviyat” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 25 -dekabrdagi 26-36-930-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning lingvistik kompetentligini takomillashtirish metodikasini ommalashtirishga xizmat qilgan.