Normatova Zamira Aminjonovna
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Individual yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida inson kapitalini rivojlantirish metodikasi (O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani misolida)”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8251.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Raxmanova Muqaddas Qaxramonovna
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Furqat Turakulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Soxibov Akbar Raxmatovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi individual yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida inson kapitalini rivojlantirish metodikasi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
individual yo‘naltirilgan ta’lim muhitida inson kapitalini rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlari ta’limni simulyasion rivojlantirishning barqaror kolloboratsiya, nazariy va amaliy bilimlar kombinatsiyasi tamoyillarini inson aktivlarini shaxs va tashkilot manfaati ustuvorligida singdirish asosida aniqlashtirilgan;
inson kapitalini rivojlantirishning integrativ modeli pedagoglar kasbiy-innovatsion mahorati darajasini hamda inson (talaba) resursi va uning foydali ish koeffisientini parallel oshirishga qaratilgan intensiv-mobil dasturlardan individual yo‘naltirilgan ta’lim muhitida texnologik dinamikligiga ko‘ra foydalanish asosida takomillashtirilgan;
individual ta’lim traektoriyasida subektlar faoliyatini inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirish texnologiyalari resurslar foydasini ma’muriy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik nazorat qilishni ta’minlovchi ta’limiy-biznes modellarni akademik harakatchanlikka tayyorlaydigan didaktik muhitda yangi texnologik echimlar ustuvorligida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda potensiallar integratsiyasi sifatiga erishishning didaktik ta’minoti innovatsion ta’limiy mahsulotlar iste’moliga mos natijalar prognoziga asoslangan pedagogik ish turlarini personal va tashkilot maqsadlarini muvofiqlashtiruvchi faoliyatda miqdor va sifat uyg‘unligida qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
individual yo‘naltirilgan ta’lim muhitida inson kapitalini rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlari ta’limni simulyasion rivojlantirishning barqaror kolloboratsiya, nazariy va amaliy bilimlar kombinatsiyasi tamoyillarini inson aktivlarini shaxs va tashkilot manfaati ustuvorligida singdirishga doir takliflar “Sotsial psixologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25-iyun 218-son buyrug‘i asosida218-218 raqmli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bilim berish jarayonida kompetensiyaga asoslangan ta’lim tamoyillari talabalarning kapitalini boyitishga xizmat qilgan.
inson kapitalini rivojlantirishning integrativ modeli pedagoglar kasbiy-innovatsion mahorati darajasini hamda inson (talaba) resursi va uning foydali ish koeffisientini parallel oshirishga qaratilgan intensiv-mobil dasturlardan individual yo‘naltirilgan ta’lim muhitida texnologik dinamikligiga ko‘ra foydalanishga oid yondashuvlardan AI-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarda umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston fililalining 2024 yil 12-iyul 306-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim tizimi modernizatsiyasini ta’minlovchi simulyasiya modellari amaliyotga joriy etilgan.
individual ta’lim traektoriyasida subektlar faoliyatini inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirish texnologiyalari resurslar foydasini ma’muriy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik nazorat qilishni ta’minlovchi ta’limiy-biznes modellarni akademik harakatchanlikka tayyorlaydigan didaktik muhitda yangi texnologik echimlar ustuvorligida qo‘llashga oid tavsiyalardan “Farg‘ona 24” nomli ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi 2024-yil 10-iyuldagi 128-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson kapitali uzlyuksiz ta’limning ajralmas qismi ekanligi hamda uni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari oshgan.