Kurbanova Aziza Tolibovnaning
fan doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Artpedagogika vositasida talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.DSc/Ped1040.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/25.08.2025.Ped.193.02 asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrullo Qoldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Allamberganova Muxabbat Xasanbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi artpedagogika vositasida talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning raqamli kompetensiyalari ijodiy faoliyatni raqamli muhitda tashkil etish, boshqarish va baholash qobiliyatini ifodalovchi sifatlar majmui ekanligi “generativ kino”, “transmedia hikoyachilik” va “raqamli dramaturgiya” konseptlarining mazkur jarayonda aniq voqelanishini nazariy-konseptual jihatdan asoslash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari loyiha asosida o‘qitish, eksperimental va iterativ (o‘rgan – sinab ko‘r – tahlil qil – takomillashtir – qayta o‘rgan) o‘rganish jarayonlarini texnokratik paradigma bilan integrativligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning artpedagogik modeli didaktik komponenti raqamli platformalar, virtual prodaksh, multimodal interaktiv resurslarni raqamli kino texnologiyalari asoslari va ixtisoslik modullariga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari san’at ta’limi yo‘nalishlarida umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayoniga raqamli texnologiyalarni transformatsiyalashga doir narrativ-ekpressiya funksiyasini bajarishi formativ, summativ, metakognitiv, yondosh baholash bo‘yicha produktivlik darajasi validligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
artpedagogika vositasida talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti talabalarning raqamli faoliyatini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, refleksiv baholash, ijodiy raqamli mahsulot yaratish va professional faoliyat kontekstida qo‘llash jarayonlariga muvofiq tarzda “Multimodal kontekstual san’at-ta’lim” va “Kreativ Art-lab” mualliflik texnologiyalarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Artpedagogika vositasida talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning raqamli kompetensiyalari ijodiy faoliyatni raqamli muhitda tashkil etish, boshqarish va baholash qobiliyatini ifodalovchi sifatlar majmui ekanligini “generativ kino”, “transmedia hikoyachilik” va “raqamli dramaturgiya” konseptlarining mazkur jarayonda aniq voqelanishini nazariy-konseptual jihatdan asoslash orqali aniqlashtirishga doir takliflardan  “Pedagogik faoliyatda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi   258-son buyrug‘i, 382934 qaqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Pedagogik faoliyatda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasi” fanini kasbiy sohaga yo’naltirib o’qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini loyiha asosida o‘qitish, eksperimental va iterativ o‘rganish jarayonlarini texnokratik paradigma bilan integrativligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darsligining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi  485-son buyrug‘i, 643682 qaqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Axborot texnologiyalari” fani doirasida raqamli vizual vositalar, multimedia muhitlari va interaktiv texnologiyalar foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning artpedagogik modeli didaktik komponentini raqamli platformalar, virtual prodaksh, multimodal interaktiv resurslarni raqamli kino texnologiyalari asoslari va ixtisoslik modullariga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan IL-4821091576 raqamli “Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda oliy ta’lim va qayta tayyorlash malaka oshirish tizimlarida o‘quv faoliyatini tashkil etish” (2023-2024 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi 02/01-01-291-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari san’at ta’limi yo‘nalishlarida umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayoniga raqamli texnologiyalarni transformatsiyalashga doir narrativ-ekpressiya funksiyasini bajarishi formativ, summativ, metakognitiv, yondosh baholash bo‘yicha produktivlik darajasi validligini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Pedagogik faoliyatda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasi” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi   258-son buyrug‘i, 382934 qaqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan san’at ta’limida foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
artpedagogika vositasida talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minotini talabalarning raqamli faoliyatini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, refleksiv baholash, ijodiy raqamli mahsulot yaratish va professional faoliyat kontekstida qo‘llash jarayonlariga muvofiq tarzda “Multimodal kontekstual san’at-ta’lim” va “Kreativ Art-lab” mualliflik texnologiyalarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi   258-son buyrug‘i, 382934 qaqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish