Buronov Ikrom Quchqarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
 “Alisher Navoiy hayoti va ijodida rahbar shaxs timsoli” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligidan. Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil4971
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02. 
Rasmiy opponentlar: Dilorom Salohiy filologiya fanlari doktori, professor; Karimova Farida Isakovna filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy hayoti va ijodida boshqaruv, rahbarlik faoliyati tasviri masalalarini aniqlash, mutafakkir yashagan ijtimoiy-siyosiy muhitda boshqaruv, rahbarlikka doir qarashlar, boshqaruv sifatlari, rahbar shaxs badiiy obrazi talqini, rahbar shaxs fazilatlari badiiy-estetik talqinini o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Alisher Navoiy nafaqat shoir, adib, mutafakkir, davlat arbobi, balki boshqaruv sohalarida o‘ziga xos nazariya va amaliyot sohibi ekanligini bir butunlikda, to‘laqonli tahlil qilishda kompleks yondashuv muhimligi ilmiy asosda dalillab berilgan; 
XX asrda ijodkor, mutafakkir shaxsi, hayoti, ijodining badiiy xususiyatlarini adabiy tadqiq qilish, mantiqiy o‘rganish metodologiyasida: biografik manba; ijod tahlili; kontekst va zamon; qiyosiy tahlil; taʼsir va meros jihatdan yondashish nazariy jihatdan asoslab berilgan;
“Makorim ul-axloq”, “Boburnoma”, “Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida Hirot”, “Vzaimootnosheniya Alishera Navai i sultana Xuseyn-Mirzi”, “Navoiy haqida yangi maʼlumotlar” asarlari hamda “O‘zbek adabiyoti tarixi” II tomi, “Navoiyshunoslik” darsligida keltirilgan maʼlumotlar orqali ham Navoiyning rahbar, rahnamolik, boshqaruv faoliyati va shoir ijodida ularning      badiiy-estetik jihatdan talqin etilishi aniqlangan;
Alisher Navoiyning ijtimoiy-adabiy jarayonni boshqarish, adabiy muhitni tashkil etish, davlat boshqaruviga oid qarashlari, jamiyatning mutanosib rivojlanishida rahbar shaxsning o‘rni haqidagi fikrlari “Xazoyin ul-maoniy”, “Mahbub ul-qulub”, “Munshaot”, “Vaqfiya”, “Xamsa” asarlari talqini misolida ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy hayoti va ijodida rahbar shaxs timsolini o‘rganishdan olingan natijalar asosida:
Alisher Navoiy nafaqat shoir, adib, mutafakkir, davlat arbobi, balki boshqaruv sohalarida o‘ziga xos nazariya va amaliyot sohibi ekanligini bir butunlikda, to‘laqonli tahlil qilishda kompleks yondashuv muhimligi asoslangan xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan, 2017-2020-yillarda bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2024-yil 8-maydagi                 № 182-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning yangi nazariy manbalar, ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
XX asrda ijodkor, mutafakkir Navoiy shaxsi, hayoti, ijodining badiiy xususiyatlarini adabiy tadqiq qilish, mantiqiy o‘rganish metodologiyasida: biografik manba; ijod tahlili; kontekst va zamon; qiyosiy tahlil; ta’sir va meros jihatdan yondashish asosli ekanligi ilmiy dalillangan ilmiy xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5- raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar                            ilmiy-tadqiqot instituti 2024-yil 15-maydagi № 161-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasidagi maqolalar, monografiyalar hamda adabiyotshunoslik tadqiqi yuzasidan tadqiqotlar ilmiy manbalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
“Makorim ul-axloq”, “Boburnoma”, “Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida Hirot”, “Vzaimootnosheniya Alishera Navai i sultana Xuseyn-Mirzi”, “Navoiy haqida yangi ma’lumotlar” asarlari hamda “O‘zbek adabiyoti tarixi” II tomida keltirilgan ma’lumotlar orqali Navoiyning rahbar, rahnamolik, boshqaruv faoliyati empirik jihatdan aniqlangan dalillar asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tamaddun darg‘alari” ko‘rsatuvi ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” Ijodiy Birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 25-apreldagi № 01-30/267-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-ommabop mazmundagi ko‘rsatuvlarning g‘oyaviy-estetik asoslari mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning ijtimoiy jarayonni boshqarish, jamiyatni tashkil etish, davlat boshqaruviga oid qarashlari, xususan adolatli boshqaruv, jamiyatning mutanosib rivojlanishida rahbar shaxsning o‘rni haqidagi fikrlari “Xazoyin ul-maoniy”, “Mahbub ul-qulub”, “Munshaot”, “Vaqfiya”, “Saddi Iskandariy” asarlari misolida ochib berilgan ilmiy faktlardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan                            2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5- raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyshhtshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2024-yil                  15-maydagi № 161-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasidagi maqolalar, monografiyalar hamda adabiyotshunoslik tadqiqi yuzasidan tadqiqotlar ilmiy manbalar bilan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish