Qulmuminov O‘rolboy Safar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonini modellashtirish metodikasi” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2024.4.PhD/Ped8682
Ilmiy rahbar: Muxtarova Lobar Abdimannabovna, Termiz davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falfasa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti, Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent - Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, Termiz davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori.
ikkinchi opponent – Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi - boshlang‘ich ta’lim ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonini modellashtirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish tarkibiy tuzilmasi ilmiy asoslanib, uning leksik-kreativ (so‘z ijodkorligi, fleksiblik, transformativlik) va diskursiv-konstruksion (matn tuzish, perspektiv fikrlash, emotsional interaksiya) komponentlari didaktik birlik sifatida o‘rganilgan;
“Cheksiz tasavvur” dasturi asosida ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi moslashuvchan-konstruktiv (Kreativ grafika, Jonli tasavvur) va moslashuvchan-produktiv (Teskarilar mamlakati, Sehrli lug‘at sarguzashti) ijodiy mashqlar tizimi ishlab chiqilgan hamda didaktik imkoniyatlari ilmiy asoslab berilgan.
ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-funksional model lingvokreativ tamoyillar (leksik-transformativ, kommunikativ-diskursiv, estetik-emotsional) hamda motivatsion-qadriyatli, shaxsiy-ijodiy, amaliy-faoliyatli, refleksiv komponentlarning uyg‘unligi asosida takomillashtirilgan.
ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyati va emotsional-intellektual kompetensiyalarini shakllantirish, ijodiy matn yaratish va perspektiv fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvokreativ yondashuv asosidagi innovatsion dars modellari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonini modellashtirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish tarkibiy tuzilmasi leksik-kreativ (so‘z ijodkorligi, fleksiblik, transformativlik) va diskursiv-konstruksion (matn tuzish, perspektiv fikrlash, emotsional interaksiya) komponentlari asosida o‘quvchilarda kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 29-maydagi 01/11-6-351-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish bilan bog‘liq nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni qaror toptirishga xizmat qilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni “Cheksiz tasavvur” dasturi asosida moslashuvchan-konstruktiv va moslashuvchan-produktiv ijodiy mashqlar tizimini ishlab chiqish kabi pedagogik imkoniyatlarga ustuvorlik berish hamda hayotiylik va kontekstual moslik tamoyillariga asoslangan taklif va tavsiyalar “Boshlang‘ish ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi “136”-sonli buyrug‘iga asosan 531394-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, ona tili darslarida o‘quvchilarning kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ona tili darslarida kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-funksional model lingvokreativ tamoyillar (leksik-transformativ, kommunikativ-diskursiv, estetik-emotsional) hamda motivatsion-qadriyatli, shaxsiy-ijodiy, amaliy-faoliyatli, refleksiv komponentlarning uyg‘unligi bilan bog‘liq holda ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyasi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi “136”-sonli buyrug‘iga asosan 923843-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, ona tili darslarida o‘quvchilarning kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirish faoliyati samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyati va emotsional-intellektual kompetensiyalarini shakllantirish, ijodiy matn yaratish va perspektiv fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvokreativ yondashuv asosidagi innovatsion dars modellariga doir taklif va tavsiyalar 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi RZ-202004165-raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantruvchi electron platform yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada dissertatsiya ishi ilmiy natijalaridan va ushbu natijalar aks etgan maqolalardan foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-iyundagi 01/4-2801-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada ona tili darslarida o‘quvchilarda kreativ, ijodkorlik va loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.