Badalov Kamoliddin Rahmat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imitatsion paradigma asosida talabalarni pedagogik faoliyatni konstruktiv tashkil etishga tayyorlash texnologiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2025.3.PhD/Ped10652
Ilmiy rahbar: Kenjaeva Dildora Tirkashevna, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti dotsenti,pedagogika fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti, Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent - Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, Termiz davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori
ikkinchi opponent – – Muxsieva Aziza Shamsiddinovna, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Imitatsion paradigma asosida talabalarni pedagogik faoliyatni konstruktiv tashkil etishga tayyorlashning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarni konstruktiv faoliyatga tayyorlashga doir nazariy-metodologik manbalar tahlili asosida konstruktiv faoliyatning ta’lim mazmunini konstruksiyalash, o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini konstruksiyalash yo‘nalishlaridagi yaratuvchanlik, ijodkorlik, modifikatsiualash, texnologiyalashtirish hamda tizimlashtirish kabi aspektlari ochib berilgan;
pedagogik ta’lim jarauonida imitatsion modellashtirishning metodik aspektlarini o’rganish asosida talabalarni pedagogik faoliyatni loyihalashtirish, konstruksiyalash, tashkil etish va boshqarishga tayyorlashga doir tizimlilik, modifikatsiyalashtirish, nazariya va amaliyotning birligi tamoyillarining ustuvorligi asoslab berilgan;
talabalarda imitatsion paradigmalar asosida pedagogik jarauonni tashkil etishga konstruktiv yondashuvni shakllantirish metodikasi tahliliy tafakkur, mantiqiy fikrlash, ijodkorlik, imitatsion mashqlar, keyslar, sahnalashtirish va tizimlashtirishga doir texnologiyalarni imitatsion paradigma orqali modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni konstruktiv yondashuvga o‘rgatish jarayonining funksional modeli fanlararo aloqadorlik tamoyillari hamda pedagogik muloqotni loyihalashtirish, jamoa faoliyatini tashkil etish va boshqarish, shaxsiy pedagogik faoliyatni rejalashtirish, loyihalashtirish hamda texnologiyalashtirishga o‘rgatish metodikalarini imitatsion paradigmaga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Imitatsion paradigma orqali talabalarni pedagogik faoliyatni konstruktiv tashkil etishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni konstruktiv faoliyatga tayyorlashga doir nazariy-metodologik manbalar tahlili asosida konstruktiv faoliuatning ta’lim mazmunini konstruksiyalash, o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini konstruksiyalash yo‘nalishlaridagi yaratuvchanlik, ijodkorlik, modifikatsiyalash, texnologiyalashtirish hamda tizimlashtirish kabi aspektlari ochib berilganligiga oid takliflar “Mutaxasislikka kirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘iga asosan berilgan 55091 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik faoliyatni konstruktiv asosda tashkil etish muammosining nazariy tahlili asosida jarayonning tamoyillari va komponentlarini aniqlashtirishga erishilgan;
pedagogik ta’lim jarauonida imitatsion modellashtirishning metodik aspektlarini o’rganish asosida talabalarni pedagogik faoliuatni loyihalashtirish, konstruksiyalash, tashkil etish va boshqarishga tauuorlashga doir tizimlilik, modifikatsiyalashtirish, nazariya va amaliyotning birligi tamoyillarining ustuvorligi asoslab berilganligiga oid takliflar “Mutaxasislikka kirish(II qism)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i asosida berilgan 491199 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik ta’lim paradigmalari, xususan, imitatasion paradigmaning mazmuni, konstruktiv faoliyatni tashkil etishdagi o‘rnini ko‘rsatib berishga erishilgan;
talabalarda imitatsion paradigmalar asosida pedagogik jarauonni tashkil etishga konstruktiv yondashuvni shakllantirish metodikasi tahliliy tafakkur, mantiqiy fikrlash, ijodkorlik, imitatsion mashqlar, keyslar, sahnalashtirish va tizimlashtirishga doir texnologiyalarni imitatsion paradigma orqali modellashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Mutaxasislikka kirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘iga asosan berilgan 55091 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik faoliyatni konstruktiv tashkil etishga tayyorlash jarayonini imitatsion paradigma asosida takomillashtirish jarayoni modeli takomillashtirilgan.
talabalarni konstruktiv yondashuvga o‘rgatish jarayonining funksional modeli fanlararo aloqadorlik tamoyillari hamda pedagogik muloqotni loyihalashtirish, jamoa faoliyatini tashkil etish va boshqarish, shaxsiy pedagogik faoliyatni rejalashtirish, loyihalashtirish hamda texnologiualashtirishga o‘rgatish metodikalarini imitatsion paradigmaga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Mutaxasislikka kirish (II qism) “nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy talim fan vainnovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491 sonli buyrug‘i asosida berilgan № 491199 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada imitatsion madellar asosida talabalarni pedagogik faoliyatni konstruktiv tashkil etishga erisghilgan.