Boboev Xurshidbek Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarni milliy va jangovar ruhda tarbiyalash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped6045.
Ilmiy rahbar: Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Safarova Roxat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Dosumxodjaev Farux Abdirazakovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarni milliy va jangovar ruhda tarbiyalash metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarni milliy va jangovar ruhda tarbiyalash strategiyalari o‘z-o‘zini rivojlantirishning individual traektoriyasiga muvofiq ijtimoiy mas’uliyat va axloqiy-irodaviy fazilatlar bilan harbiy-pedagogik kompetensiyalarni ma’naviy-ruhiy barqarorlikni ta’minlash orqali G‘arb va Sharq harbiy-axloqiy tarbiya modellarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
milliy va jangovar ruhda tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarda jasorat, vatanparvarlik, fidoyilik, jamoaviylik va intizomlilik sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan harbiy simulyasiya mashg‘ulotlarida tezkor qaror qabul qilishni rivojlantiruvchi axloqiy dilemmalar va interfaol texnologiyalarni integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarni milliy va jangovar ruhda tarbiyalanganligini baholash mezonlari shaxsning ma’naviy-axloqiy etukligi, vatanparvarlik tuyg‘usi, ijtimoiy mas’uliyati va jangovar tayyorgarlik darajasini qamrab olgan yuqori (barqaror milliy-axloqiy pozisiyaga ega, jangovar vaziyatlarda yetakchilik ko‘rsata oladi), o‘rta (milliy qadriyatlarga sodiq, lekin vaziyatli qo‘llab-quvvatlashga muhtoj) va quyi (emotsional barqarorligi sust, jangovar vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishda qiynaladi) daraja ko‘rsatkichlari orqali aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarni milliy ruhda tarbiyalashning indikativ modeli “Harbiy etika”, “Psixologiya” va “Harbiy tarix” fanlari mazmuniga jangovar refleksiv-psixologik tayyorgarlik, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash va hissiyotlarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi raqamli muhitni kiberpsixologik tayyorgarlik elementlari bilan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarni milliy va jangovar ruhda tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarni milliy va jangovar ruhda tarbiyalash strategiyalari o‘z-o‘zini rivojlantirishning individual traektoriyasiga muvofiq ijtimoiy mas’uliyat va axloqiy-irodaviy fazilatlar bilan harbiy-pedagogik kompetensiyalarni ma’naviy-ruhiy barqarorlikni ta’minlash orqali G‘arb va Sharq harbiy-axloqiy tarbiya modellarini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Milliy va jangovar ruhni rivojlantirish” (2024-yil 26-apreldagi 5-103-sonli guvohnoma) nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2024-yil 8-noyabrdagi 10/2458-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarni milliy va jangovar ruhda tarbiyalashda G‘arb va Sharq harbiy-axloqiy tarbiya modellarini integrativ qo‘llashga erishilgan;
milliy va jangovar ruhda tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarda jasorat, vatanparvarlik, fidoyilik, jamoaviylik va intizomlilik sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan harbiy simulyasiya mashg‘ulotlarida tezkor qaror qabul qilishni rivojlantiruvchi axloqiy dilemmalar va interfaol texnologiyalarni integrativ qo‘llash asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalari “Yuksak milliy va jangovar ruhni rivojlantirishda tarixiy omillar, milliy qadriyatlar va an’analarning ahamiyati” (2024-yil 31-maydagi 6/146-sonli guvohnoma) nomli o‘quv qo‘llanmada o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2024-yil 8-noyabrdagi 10/2458-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarda jasorat, vatanparvarlik, fidoyilik, jamoaviylik va intizomlilik sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan harbiy simulyasiya mashg‘ulotlarida interfaol texnologiyalarni integrativ qo‘llashga erishilgan;
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarni milliy va jangovar ruhda tarbiyalanganligini baholash mezonlari shaxsning ma’naviy-axloqiy etukligi, vatanparvarlik tuyg‘usi, ijtimoiy mas’uliyati va jangovar tayyorgarlik darajasini qamrab olgan yuqori (barqaror milliy-axloqiy pozisiyaga ega, jangovar vaziyatlarda yetakchilik ko‘rsata oladi), o‘rta (milliy qadriyatlarga sodiq, lekin vaziyatli qo‘llab-quvvatlashga muhtoj) va quyi (emotsional barqarorligi sust, jangovar vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishda qiynaladi) daraja ko‘rsatkichlari orqali aniqlashning maqsadga muvofiqligini asoslashga oid taklif va tavsiyalar “Sharaf kodeksi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2024-yil 8-noyabrdagi 10/2458-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning ma’naviy-axloqiy etukligi, vatanparvarlik tuyg‘usi, ijtimoiy mas’uliyati va jangovar tayyorgarlik darajasini yuqori, o‘rta va quyi daraja ko‘rsatkichlari asosida aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
bo‘lajak zaxiradagi ofiserlarni milliy ruhda tarbiyalashning indikativ modeli “Harbiy etika”, “Psixologiya” va “Harbiy tarix” fanlari mazmuniga jangovar refleksiv-psixologik tayyorgarlik, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash va hissiyotlarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi raqamli muhitni kiberpsixologik tayyorgarlik elementlari bilan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalari asosida “Milliy va jangovar ruhda tarbiyalash metodikasi” fani o‘quv dasturi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2024-yil 8-noyabrdagi 10/2458-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Harbiy etika”, “Psixologiya” va “Harbiy tarix” fanlari mazmuniga jangovar refleksiv-psixologik va kiberpsixologik tayyorgarlik elementlarini kiritishga erishilgan.