Usmonova Muxlisaxon Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasiga oid metodikani takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9489
Ilmiy rahbar: Jumaniyozova Muhayyo Tojievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Madjidova Dildora Abduxamidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasiga oid metodikani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatishning pedagogik strategiyalari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni hissiy adaptatsiyasi, mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi subektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka asoslangan ta’sir mexanizmiga umuminsoniy qadryatlar va madaniy meros elementlarini milliy mehnat an’analariga muvofiq kiritish asosida takomillashtirilgan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni mehnatga o‘rgatish mazmuni hayotiy amaliyotga yo‘naltirilgan mehnat ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish mexanizmlari bilan mehnat tarbiyasining amaliy-didaktik yo‘nalishlarini inklyuziv ta’lim muhitiga kundalik yumushlar (tozalash, yig‘ishtirish, tartiblash)ga odatlantirish orqali pedagogik-adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatishning kollaborativ modeli pedagog, ota-ona va tengdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot hamda qo‘llab-quvvatlovchi tarbiyaviy muhitning didaktik imkoniyatlari asosida o‘quvchilarda mehnatga nisbatan mas’uliyatli munosabat va jamoaviylik ko‘nikmalarini barqaror rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasiga oid metodika samaradorligi ijtimoiy moslashuv, mehnatga munosabat, mas’uliyat va hamkorlik kompetensiyalari rivojlanganligining yuqori (mustaqil va barqaror bajarish), o‘rta (pedagog ko‘magi bilan bajarish) hamda quyi (yo‘naltirish va eslatmalar asosida bajarish) darajalarda baholashning maqsadga muvofiqligi asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasiga oid metodikani takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatishning pedagogik strategiyalari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni hissiy adaptatsiyasi, mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi subektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka asoslangan ta’sir mexanizmiga umuminsoniy qadriyatlar va madaniy meros elementlarini milliy mehnat an’analariga muvofiq kiritish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida o‘qitiladigan Texnologiya fanining o‘quv rejalari va dasturlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 25-fevraldagi 01/11-10-158-sonli ma’lumotnomasi). Natijada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatishning pedagogik strategiyalari umuminsoniy qadriyatlar va madaniy meros elementlari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirishga erishilgan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni mehnatga o‘rgatish mazmuni hayotiy amaliyotga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish mexanizmlari bilan mehnat tarbiyasining amaliy-didaktik yo‘nalishlarini inklyuziv ta’lim muhitiga kundalik yumushlar (tozalash, yig‘ishtirish, tartiblash)ga odatlantirish orqali pedagogik-adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Tabiiy fanlar” fani uchun multimediali dasturiy mahsulot yaratish” (2024-2025-yy.) mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 25-iyundagi 01-09/310-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat tarbiyasining amaliy-didaktik yo‘nalishlarini inklyuziv ta’lim muhitida kundalik yumushlarga odatlantirish orqali moslashtirishga erishilgan;
ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatishning kollaborativ modeli pedagog, ota-ona va tengdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot hamda qo‘llab-quvvatlovchi tarbiyaviy muhitning didaktik imkoniyatlari bilan o‘quvchilarning mehnatga nisbatan mas’uliyatli munosabati va jamoaviylik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish jarayonini samarali muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan maxsus maktab internatlarida texnologiya fanini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 25-fevraldagi 01/11-10-158-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagog, ota-ona va tengdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot hamda qo‘llab-quvvatlovchi tarbiyaviy muhitning didaktik imkoniyatlari bilan o‘quvchilarning mehnatga nisbatan mas’uliyatli munosabati va jamoaviylik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga erishilgan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning mehnat tarbiyasiga oid metodika samaradorligi ijtimoiy moslashuv, mehnatga munosabat, mas’uliyat va hamkorlik kompetensiyalari rivojlanganligining yuqori (mustaqil va barqaror bajarish), o‘rta (pedagog ko‘magi bilan bajarish) hamda quyi (yo‘naltirish va eslatmalar asosida bajarish) darajalarda baholashning maqsadga muvofiqligi asosida aniqlashga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan “Umumta’lim maktablarining 5-6-sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” (2024-2025-yy.) mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 25-iyundagi 01-09/310-son ma’lumotnomasi). Natijada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuv, mehnatga munosabat, mas’uliyat va hamkorlik kompetensiyalari rivojlanganligining yuqori, o‘rta hamda quyi darajalarda baholashga erishilgan.