Karabaeva Dilbar Isroilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnologiya darslarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xamidova Muborak Ubaydullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Texnologiya darslarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’limiy axborotlarning tasavvurdagi obrazi va fazoviy holatini multisensor kompensatorlik ta’sirida idrok qilishiga asoslanib, faoliyatli kontekstda kinestik sezgirlikning sinxron integratsiyalanishiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish modeli eshitish qobiliyatining yo‘qolishi vizual va kinestik analizatorlarning funksiyalari orqali kompensatsiyalanishiga muvofiq predmetli-amaliy faoliyatning texnologik tafakkur va estetik did asosida pedagogik yaxlitlashuviga ko‘ra takomillashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi ta’limiy art texnikalarni qo‘llash natijasida ma’lumotlarning vizual va matnli ko‘rinishining sinxronligi orqali semiotik belgilarni sensomotor xususiyatlar asosida proeksiyalanishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi boladagi muayyan makondagi fazoviy idrokni mimika va lab harakatlarini anglash qobiliyati orqali estetik hislarga uyg‘unlashuvini propriotsepsiyalash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologiya darslarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’limiy axborotlarning tasavvurdagi obrazi va fazoviy holatini multisensor kompensatorlik ta’sirida idrok qilishiga asoslanib, faoliyatli kontekstda kinestik sezgirlikning sinxron integratsiyalanishiga ko‘ra aniqlashtirishga oid takliflar “Mehnat va predmetli amaliy ta’lim texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 4-iyuldagi 11/3.1 sonli qarori asosida berilgan 2024/254-U-370-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, texnologiya darslarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishning bilan bog‘liq kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash jarayonini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish modeli eshitish qobiliyatining yo‘qolishi vizual va kinestik analizatorlarning funksiyalari orqali kompensatsiyalanishiga muvofiq predmetli-amaliy faoliyatning texnologik tafakkur va estetik did asosida pedagogik yaxlitlashuviga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Mehnat va predmetli amaliy ta’lim texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 4-iyuldagi 11/3.1 sonli qarori asosida berilgan 2024/254-U-370-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, texnologiya darslarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi ta’limiy art texnikalarni qo‘llash natijasida ma’lumotlarning vizual va matnli ko‘rinishining sinxronligi orqali semiotik belgilarni sensomotor xususiyatlar asosida proeksiyalanishiga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Mehnat va predmetli amaliy ta’lim texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 4-iyuldagi 11/3.1 sonli qarori asosida berilgan 2024/254-U-370-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, texnologiya darslarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi boladagi muayyan makondagi fazoviy idrokni mimika va lab harakatlarini anglash qobiliyati orqali estetik hislarga uyg‘unlashuvini propriotsepsiyalash asosida oshirishga oid takliflar “Mehnat va predmetli amaliy ta’lim texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 4-iyuldagi 11/3.1 sonli qarori asosida berilgan 2024/254-U-370-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, texnologiya darslarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi oshgan.