Abdullaeva Dilbar Alimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3075.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatkulov Xurshid Abdurashidovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh, ilmiy darajasi va unvoni: Abdimuratova Nilufar Paraxatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Babaniyazona Nargiza Polatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat chet tillari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim texnologiyalarini yaratish va taklif tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda o‘z-o‘zini baholash (Self-Assessment), darslarni kuzatish (Lesson Observation), reflektiv jurnal yuritish, hamkorlikdagi tahlil (Peer Review) usullaridan foydalanish jarayonida raqamli ta’lim platformalari vositalardan foydalanish va “Think-Pair-Share”, “Flipped Classroom”, “Project-Based Learning” kabi amaliy mashg‘ulotlarni qo‘llashning pedagogik-psixologik tamoyillariga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda tizimlilik va uzviylik, individuallashtirilgan texnologik, integratsiya va doimiy rivojlanganlik, hamkorlik va etik, xalqaro standartlarga moslash va natijaga yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida immersiv muhit yaratish, vazifaga yo‘naltirilgan o‘qitish (Task-Based Learning) usullari, video va podkastlarni (TED Talks, BBC Learning English) tizimli metodik yaratishda individuallashtirilgan va differensiallashtirilgan usullarda yoritib berilgan;
bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda pedagogik modelining maqsadli, metodologik, texnologik komponentlari asosida metakognitiv malaka, raqamlashtirilgan pedagogik malaka, kross-madaniy, refleksiv portfolio kompetentligini rivojlantiruvchi mualliflik “Innovative pedagogical technologies of teaching english” produktiv ta’minot ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda individual ehtiyojlar va zamonaviy ta’lim talablari asosida tashkil qilish, sotsial media va geymifikatsion (Kahoot, Quizlet yoki Duolingo) platformalar orqali kognitiv-kommunikativ, adaptiv refleksiya, interkultural fasilitatsiya va mentorlik kompetentliklarini texnolingvistik integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda o‘z-o‘zini baholash (Self-Assessment), darslarni kuzatish (Lesson Observation), reflektiv jurnal yuritish, hamkorlikdagi tahlil (Peer Review) usullaridan foydalanish jarayonida raqamli ta’lim platformalari vositalardan foydalanish va “Think-Pair-Share”, “Flipped Classroom”, “Project-Based Learning” kabi amaliy mashg‘ulotlarni qo‘llashning pedagogik-psixologik tamoyillariga ustivorlik berishga doir taklif va tavsiyalar “Innovative pedagogical technologies of teaching english” o‘quv qo‘llanmasi mazmunıga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 648173-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishning metodik taʻminoti boyitilgan.
bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda tizimlilik va uzviylik, individuallashtirilgan texnologik, integratsiya va doimiy rivojlanganlik, hamkorlik va etik, xalqaro standartlarga moslash va natijaga yo‘naltirilganlik tamoyillari asosida immersiv muhit yaratish, vazifaga yo‘naltirilgan o‘qitish (Task-Based Learning) usullari, video va podkastlarni (TED Talks, BBC Learning English) tizimli metodik yaratishda individuallashtirilgan va differensiallashtirilgan usullar bo‘yicha taklif va tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017–2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 17-dekabrdagi 526-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish mexanizmlari takomillashtirilgan.
bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda pedagogik modelining maqsadli, metodologik, texnologik komponentlari asosida metakognitiv malaka, raqamlashtirilgan pedagogik malaka, kross-madaniy, refleksiv portfolio kompetentligini rivojlantiruvchi mualliflik “Innovative pedagogical technologies of teaching english” produktiv ta’minot ishlab chiqishga doir ma’lumotlar “Innovative pedagogical technologies of teaching english” o‘quv qo‘llanmasi mazmunıga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 648173-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda individual ehtiyojlar va zamonaviy ta’lim talablari asosida tashkil qilish, sotsial media va geymifikatsion (Kahoot, Quizlet yoki Duolingo) platformalar orqali kognitiv-kommunikativ, adaptiv refleksiya, interkultural fasilitatsiya va mentorlik kompetensiyalarini texnolingvistik integratsiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017–2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 17-dekabrdagi 526-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak xorijiy tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish metodik ta’minoti takomillashtirilgan.