Gaziev Baxromjon Valievichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ot sportida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi chavandozlarni tayyorlash uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped3253.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Anvar Zakirovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Rasmiy opponentlar: Korobeynikov Georgiy Valerievich biologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Shavkat Sobirjonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ot sporti bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi chavandozlarning tayyorgarlik tayyorgarlik turlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
12–13 yoshli chavandozlar uchun tanani uyg‘un boshqarishga moslashtirilgan maxsus muvozanatni saqlash usullari – ot harakatlariga nisbatan tananing markaziy og‘irlik nuqtasini boshqarish, chanoq–bel barqarorligini mustahkamlash va vestibulyar–proprioseptiv sezgirlikni rivojlantiruvchi mashqlar majmuasiga asoslangan holda ishlab chiqilishi hisobiga boshlang‘ich texnik harakatlar bajarilishida muvozanatni barqaror saqlab turish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
yosh chavandozlarning psixofiziologik holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun reaksiyaning latent davrini 3 bosqichli sensomotor testlar orqali o‘lchash, yurak ritmi variabelligi (HRV) indekslari yordamida baholash asosida funksional buzilishlarning dastlabki belgilarini erta aniqlash hamda ularga mos pedagogik korreksiya kiritish imkoniyati kengaytirilgan;
12–13 yoshli chavandozlarda mashg‘ulot jarayonida organizmning yuklamaga bardoshliligini oshirish uchun qo‘llanilgan yurak urish chastotasining zonalari, aerob quvvat ko‘rsatkichlari, tiklanish tezligi, mashq davomida kuzatilgan charchoq indekslari kabi me’yorlarini qo‘llash natijasida yuklamaga moslashuv jarayonlari takomillashtirilgan;
12–13 yoshli chavandozlarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish uchun otda yurish va chopish fazalariga mos ritmik tebranishlar hamda stabilizatsion siljishlarni takrorlovchi mashqlar asosida modellashtiruvchi natijasida ot ustida o‘tirish (qo‘nish) texnik mahoratini biomexanik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ot sporti bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi chavandozlarning tayyorgarlik turlarini takomillashtirish boʻyicha olib borilgan tadqiqot va pedagogik tajriba natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili asosida:
12–13 yoshli chavandozlar uchun tanani uyg‘un boshqarishga moslashtirilgan maxsus muvozanatni saqlash usullari – ot harakatlariga nisbatan tananing markaziy og‘irlik nuqtasini boshqarish, chanoq–bel barqarorligini mustahkamlash va vestibulyar–proprioseptiv sezgirlikni rivojlantiruvchi mashqlar majmuasiga asoslangan holda ishlab chiqilib Toshkent viloyati ot sport maktabi mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 02-16/6821-son ma’lumotnomasi). Natijada, chavondozlarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi 15,17 % oshirilgan; 
yosh chavandozlarning psixofiziologik holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun reaksiyaning latent davrini 3 bosqichli sensomotor testlar orqali o‘lchash, yurak ritmi variabelligi (HRV) indekslari yordamida baholab (reaksiya tezligi, stressga chidamlilik, diqqatni jamlash qobiliyati) samarali qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qashqadaryo viloyati ot sport maktabi 12-13 yoshli chavandozlarni amaliy mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 02-16/6821-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi 14,58 % o‘sgan; 
12–13 yoshli chavandozlarda mashg‘ulot jarayonida organizmning yuklamaga bardoshliligini oshirish uchun qo‘llanilgan yurak urish chastotasining zonalari, aerob quvvat ko‘rsatkichlari, tiklanish tezligi, mashq davomida kuzatilgan charchoq indekslari kabi me’yorlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar Buxoro viloyati ot sport maktabi 12-13 yoshli chavondozlari mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 02-16/6821-son ma’lumotnomasi). Natijada, chavondozlarning texnik ko‘nikmalar bo‘yicha tayyorgarlik darajasi 17,52 % ga rivojlangan;
12–13 yoshli chavandozlarning koordinatsion qobiliyatini rivojlantirish uchun otda yurish va chopish fazalariga mos ritmik tebranishlar hamda stabilizatsion siljishlarni takrorlovchi mashqlar asosida Buxoro viloyati, Qashqadaryo viloyati, Toshkent viloyati ot sport maktablari mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 02-16/6821-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorgarlik turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar 12,14 % ga o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish