Abdullaev Jahongir Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda bo‘g‘im sindromining klinik-immunologik xususiyatlari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3741.
Ilmiy rahbar: Miraxmedova Xilola To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Marif Shakirovchi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 o‘tkazgan bo‘g‘im sindromi mavjud bemorlarda uning klinik, immunologik o‘ziga hos xususiyatlarini baholash va boshqarish ketma ketligini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SOVID-19 o‘tkazgan bemorlarda bo‘g‘im sindromi infeksiyaning og‘irlik darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda, kasallik oligo, poliartritik turda ko‘pincha simmetrik kechishi, tendinit, entezit va daktilit ko‘rinishida, ba’zilarida revmatoid artrit rivojlanishi uchun trigger bo‘lishi asoslangan;
COVID-19 o‘tkazgan bo‘g‘im sindromi mavjud bemorlarda yallig‘lanish markyorlari (SRO, EChT)ning ortishi, SARS-CoV-2 IgGning musbatligi, UTT, MRT tekshiruvida artrit, tenosinovit, entezit belgilari aniqlangan;
SOVID-19 infeksiyasining organizmda immunologik jarayonlarni rag‘batlantirishi va kuchaytirishi oqibatida, IL-1β, IL-6 va IL-17 kabi sitokinlar miqdorining potensial ortishi natijasida bo‘g‘im sindromi-COV-19-ReA rivojlanishi asoslangan;
COVID-19 o‘tkazgan bo‘g‘im sindromi mavjud bemorlarda IL-1β, IL-6 va IL-17 sitokinlar o‘rtasida o‘zaro musbat bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu sitokinlarning birgalikda sinergik ta’siri yallig‘lanish jarayonlarini chuqurlashtirib, kasallikning klinik kechishi, laborator ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 o‘tkizgan bo‘g‘im sindromi bezovta qilgan bemorlarning klinik-immunologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: SOVID-19 o‘tkazgan bemorlarda bo‘g‘im sindromi infeksiyaning og‘irlik darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda, kasallik oligo, poliartritik turda ko‘pincha simmetrik kechishi, tendinit, entezit va daktilit ko‘rinishida, ba’zilarida revmatoid artrit rivojlanishi uchun trigger bo‘lishi asoslanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 08.05.2025-yildagi 42-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 10.05.2025-yildagi 13-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 07-oktyabrdagi 26/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan bo‘g‘im sindromi mavjud bemorlarda immunologik tahlilni o‘tkazish va SARS-Cov-2 IgGni qon zardobida aniqlanishi bilan COVID-19 assotsirlangan reaktiv artrit kasalligini erta bosqichlarda tashhislash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda bo‘g‘im sindromini o‘z vaqtida samarali tashxislash sog‘liqni saqlash resurslarini yaxshiroq taqsimlashga yordam berib, bemorlarning umumiy sonidan davlat byudjeti mablag‘lari tejash imkonini beradi. Xulosa: bo‘g‘im sindromiga shikoyat qilgan bemorlarning qon zardobida SARS-Cov-2 IgG antitanasini aniqlanishi COVID-19 assotsirlangan reaktiv artritni erta tashhislash va qiyosiy yondashish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bo‘g‘im sindromi mavjud bemorlarda yallig‘lanish markyorlari (SRO, EChT)ning ortishi, SARS-CoV-2 IgGning musbatligi, UTT, MRT tekshiruvida artrit, tenosinovit, entezit belgilari aniqlanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 08.05.2025-yildagi 42-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 10.05.2025-yildagi 13-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 07-oktyabrdagi 26/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkizgan bo‘g‘im sindromi mavjud bemorlarda bo‘g‘im sindromini tashxislash COVID-19 assotsirlangan reaktiv artritni erta tashxislash va qiyosiy yondashish orqali erta tibbiy aralashuvga, target davolash choralarini erta boshlashga, mavjud simptomlarning jadallashuvini kamaytirishga va reaktiv artrit bilan bog‘liq asoratlarning oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik o‘z vaqtida aniqlanib, bemorlarni ro‘yxatga olinishi va natijasida bemorlar orasida SARS-CoV-2 IgG antitanasining aniqlanishi tufayli, bemorlarning shifoxonada qolish muddatini kamaytirilishiga erishilgan, hamda ularning turmush tarzi yaxshilanishi imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 assotsirlangan reaktiv artritli bemorlarda tashhislash choralarini va kasallikning asoratlarini oldini olish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: SOVID-19 infeksiyasining organizmda immunologik jarayonlarni rag‘batlantirishi va kuchaytirishi oqibatida, IL-1β, IL-6 va IL-17 kabi sitokinlar miqdorining potensial ortishi natijasida bo‘g‘im sindromi-COV-19-ReA rivojlanishi asoslanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 08.05.2025-yildagi 42-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 10.05.2025-yildagi 13-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 07-oktyabrdagi 26/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda turli tashhislash va immunologik tekshiruv usullarini qo‘llash orqali COVID-19-assotsirlangan reaktiv artritni erta aniqlash va qiyosiy yondashish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkizgan bemorlarda bo‘g‘im sindromini erta tashxislash va target davolash choralari natijasida bemorlarning 85%ida kasallikning past faollik darajasi, remissiya davriga o‘tishga va mehnat faoliyatining tiklanishiga olib kelgan. Xulosa: COVID-19 o‘tkizgan bo‘g‘im sindromi mavjud bemorlarda kasallikni o‘z vaqtida tashxislanishi, sitokinlarni aniqlash orqali bemorlar orasida mehnat faoliyatining tiklanishi va nogironlik ko‘rsatkichining kamayishi, hamda ularning turmush tarzini yaxshilanishi imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bo‘g‘im sindromi mavjud bemorlarda IL-1β, IL-6 va IL-17 sitokinlar o‘rtasida o‘zaro musbat bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu sitokinlarning birgalikda sinergik ta’siri yallig‘lanish jarayonlarini chuqurlashtirib, kasallikning klinik kechishi, laborator ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlik mavjudligi aniqlanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi 08.05.2025-yildagi 42-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 10.05.2025-yildagi 13-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 07-oktyabrdagi 26/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkizgan bemorlarda bo‘g‘im sindromini aniqlashda IL-1β, IL-6 va IL-17 kabi immunologik markyorlar yordamida o‘z vaqtida tashxis qo‘yish erta tibbiy aralashuvga, target davolash choralarini erta boshlashga, mavjud simptomlarning jadallashuvini kamaytirishga va reaktiv artrit bilan bog‘liq asoratlarning oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkizgan bemorlarda bo‘g‘im sindromining immunologik markyorlar: IL-1β, IL-6 va IL-17 sitokinlari yordamida tashxislash natijasida kasallikni nazorat qilish va boshqarish bemorlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlar sonini kamaytiradi va oldini oladi. Xulosa: COVID-19 o‘tkizgan bo‘g‘im sindromi mavjud bemorlarda aniqlanilgan COVID-19 assotsirlangan reaktiv artrit kasalligida IL-1β, IL-6 va IL-17 sitokinlari ertalabki karaxtlik davomiyligi, C-RO miqdori va SARS-CoV-2 virusiga nisbatan paydo bo‘lgan IgGning miqdori kabi ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligining aniqlanishi kasallikni o‘z vaqtida tashhislash va davolash, uning asoratlarini oldini olishga imkon bergan.