Vohidov Mirabror Xusan o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Lokomotivlarning o‘zgaruvchan tok tortuv elektr dvigatellarini sun’iy neyron tarmoqlarini qo‘llash orqali texnik holatini baholash, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/T5738
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Xamidov Otabek Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Kurilkin Dmitriy Nikolaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lokomotivlar o‘zgaruvchan tok tortuv elektr dvigatellarini sun’iy neyron tarmoqlar orqali texnik holatini baholashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
lokomotiv asinxron tortuv elektr dvigatellarining ishlash jarayonida stator va rotor oralig‘idagi havo bo‘shlig‘i magnit induksiyasidagi o‘zgarishlarni baholash imkonini beruvchi imitatsion modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor zamonaviy avtomatik boshqarish tizimlari ma’lumotlari asosida lokomotivlarning asinxron tortuv elektr dvigatellari texnik holatini baholash imkonini beruvchi intellektual diagnostika usuli ishlab chiqilgan;
mahalliy sharoitda lokomotiv asinxron tortuv elektr dvigatellarining stator va rotor oralig‘idagi havo bo‘shlig‘i magnit induksiyasini real vaqtda aniqlash imkonini beruvchi diagnostika qurilmasi ishlab chiqilgan;
asinxron tortuv elektr dvigatellarining havo oralig‘idagi magnit maydonning o‘zgarish qonuniyatlarini inobatga olgan holda texnik holatini baholash imkonini beruvchi algoritm va uslubiyot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lokomotivlarning o‘zgaruvchan tok elektr dvigatellarini sun’iy neyron tarmoqlarini qo‘llash orqali texnik hoatini baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalar asosida:
asinxron tortuv elektr dvigatellari texnik holatini baholash imkonini beruvchi intellektual diagnostika usuli “O‘zbekiston” lokomotiv deposiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 4/E1484-sonli ma’lumotnomasi). Natijada asinxron tortuv elektr dvigatellarining nosozliklarini oldindan baholash imkonini bergan. 
asinxron tortuv elektr dvigatellarining stator va rotor oralig‘idagi havo bo‘shlig‘i magnit induksiyasini real vaqtda aniqlash imkonini beruvchi diagnostika qurilmasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotiv depolariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 4/E1484-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 856 321 000 (sakkiz yuz ellik olti million uch yuz yigirma bir ming) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish