Egamov Jo‘shqin Jumanazar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energiyatejamkor kartoshka kovlagichga silindrsimon elevator ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4946.
Ilmiy rahbar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Tolibaev Alpisbay Erjanbaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Goyipov Umidjon Gulomjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi energiyatejamkor kartoshka kovlagichga uning tuganaklarini sifatli elaklaydigan silindrsimon elevator ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kartoshka pushtasining tuprog‘ini kam energiya hisobiga samarali elaklash uchun energiyatejamkor kartoshka kovlagichga silindrsimon elevatorning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan silindrsimon elevator konstruktiv parametrlari, kam energiya sarflab, kartoshkani kam shikastlash hisobiga, samarali elaklash shartidan keltirib chiqarilgan analitik ifodalar asosida aniqlangan;
silindrsimon elevator qurilmasi bilan jihozlangan energiyatejamkor kartoshka kovlagichning elaklovchi silindrsimon elevatorining gorizontga nisbatan o‘rnatilish burchagi kartoshkani shikastlanishi va ergacha bo‘lgan uchish masofasidan kelib chiqib asoslangan; 
silindrsimon elevatorning gorizontga nisbatan o‘rnatilish burchagi, uzunligi va aylanishlar sonining maqbul qiymatlari tuproqning elaklanish darajasi, kartoshkaning yo‘qotilishi va shikastlanishi hamda agregatning harakat tezligi va ish rejimlariga bog‘liqlik qonuniyatlarini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Energiyatejamkor kartoshka kovlagichga silindrsimon elevator ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
energiya-resurstejamkor kartoshka kovlagichga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/01-05/02-05/04-03-430-son ma’lumotnomasi). Natijada silindrsimon elevator uyumlagich bilan jihozlangan kartoshka kovlagich konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
energiyatejamkor kartoshka kovlagichning tajriba nusxasi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligi dalasida va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/01-05/02-05/04-03-430-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshka kovlagichning agrotexnik va texnik-ekspluatatsion ish ko‘rsatgichlari, ya’ni kartoshka tugunaklarining kovlab olish to‘liqligi 97,3 foizgacha oshishiga, kartoshka tugunaklarining shikastlanish darajasini 1,5-2,0 foizgacha kamayishiga erishilgan;
energiyatejamkor kartoshka kovlagichni o‘zlashtirish uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/01-05/02-05/04-03-430-son ma’lumotnomasi). Natijada silindrsimon elevator uyumlagich bilan jihozlangan kartoshka kovlagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish