Saidov Sarvar Abdijalilovichning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtotransport vositalari uzlukli gidravlik tizimlari boshqaruvi barqarorligini oshirish uchun dinamik model ishlab chiqish”, 01.02.02 – Mashinalar, asboblar va uskunalar dinamikasi va mustahkamligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2037
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Annakulova Gulsara Kuchkarovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mardonov Botir Mardonovich fizika-matematika fanlari doktori, professor, Xudjaev Muxiddin Kushaevich texnika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transport vositalari uzlukli gidravlik tizimlari boshqaruvi barqarorligini oshirish uchun dinamik model ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
transport vositalari gidravlik rul boshqaruvi, gidravlik osma tizimlari matematik modellari doirasida chiziqsizliklarni (ishqalanish, ishchi suyuqlikning siqiluvchanligi) hisobga olgan holda Lyapunov-Bellman ustuvorlik nazariyasi asosida matematik modellari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan model asosida transport vositalarining gidravlik va elektrogidravlik boshqaruv tizimlarining barqarorligini tahlil qilish uslubiyati taklif qilingan;
transport vositalarining gidravlik ilgarilanma-qaytma ijro mexanizmi uchun Lyapunov funksiyalarini qurish usuli yordamida tizim turg‘unligini ta’minlovchi shartlar aniqlangan;
transport vositalarining gidravlik aylanma va ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi ijro mexanizmlari uchun barqarorlashtiruvchi qonuniyatlari aniqlangan;
transport vositalarining gidravlik aylanma va ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi ijro mexanizmlarining ratsional strukturaviy sxemalari barqarorlashtiruvchi qonuniyatlarni hisobga olgan holda tuzilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport vositalarining uzlukli gidravlik tizimlari barqarorligini oshirish uchun dinamik model ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijlar asosida:
chiziqsiz jarayonlarni hisobga olgan holda uzlukli gidro-pnevmatik boshqaruv tizimlarida barqarorlik mezonlarini aniqlashning kombinatsiyalashgan usuli “O‘zavtosanoat” AJda joriy etilgan: (“O‘zavtosanoat” AJ ma’lumotnomasi №17/07-25-0517, 2025-yil 15-mart). Natijada transport vositalari gidravlik tizimlaridagi jarayonni avtomatlashtirish imkoniyati yaratilgan.
tipik gidravlik va elektro-gidravlik tizimlar uchun barqarorlashtirish va hisoblashning dinamik modeli “O‘zavtosanoat” AJga joriy etildi (O‘zavtosanoat AJ ma’lumotnomasi №17/07-25-0517, 2025-yil 15-mart) taklif qilindi. Natijada transport vositalari gidrotizimlarida kechadigan dinamik jarayonlarning ratsional parametrlar tanlash imkoni yaratilgan.
traktor gidrotizimiga ish jarayonini modellashtirish “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJda amaliyotga joriy etilgan, (O‘zavtosanoat AJ ma’lumotnomasi №17/07-25-0517, 2025-yil 15-mart). Natijada mehnat unumdorligini oshishi hisobiga bir yilda iqtisodiy samaradorlik 11 200 000 so‘mni tashkil etgan.