Raxmiddinov Izzatillo Obidjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston Respublikasida ekspluatatsiya qilinayotgan maxsus o‘ziyurar  harakat tarkibini modernizatsiya qilish va xizmat muddatini uzaytirish, 05.08.05 – “Temir yo’llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/T5740
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Fayzibaev Sherzod Sabirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tretyakov Aleksandr Vladimirovich, texnika fanlari doktori, professor; Zafarov Diyor Shuhratjon o‘g‘li, texnika fanlari nomzodi, dotsent v.b.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ADM-1 avtomotrisalarning  joriy texnik holatini baholash, qoldiq resursini aniqlash va ularning ishonchliligini oshirish maqsadida modernizatsiya qilish orqali xavfsiz foydalanish muddatini uzaytirish imkoniyatini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ADM-1 avtomotrisa ramasining kuchlanganlik-deformatsiya holati, dinamik kuchlar ta’sirida rama elementlarining yuklanganligi va resursini baholash imkonini beruvchi chekli elementli modeli ishlab chiqilgan;
ADM-1 avtomotrisa ramasining mustahkamligini baholash uchun harakat davomidagi dinamik kuchlar ta’sirini inobatga oluvchi yurish sinovini o‘tkazish dasturi ishlab chiqilgan;
ADM-1 avtomotrisa ramasining kuchlanganlik-deformatsiya holati va turli ekspluatatsion rejimlarda ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda qoldiq resursini baholash algoritmi ishlab chiqilgan;
ADM-1 avtomotrisa ramasidagi yuklanganligini baholashda ularning joriy texnik holati va ekspluatatsiya jarayonida ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda qoldiq resursini aniqlash uslubiyoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston temir yo‘llarida foydalanilayotgan ADM-1 turidagi maxsus o‘ziyurar harakat tarkiblarining xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ADM-1 avtomotrisa rama konstruksiyaning chekli elementli hisobiy modellari asosida ishlab chiqilgan mustahkamlikka hisoblash uslubiyati Toshkent elektr ta’minoti masofasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 4/E669-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rama konstruksiyalarining yuklanganligi yuqori joylari real ekspluatatsion holatlarda aniqlangan;
ADM-1 avtomotrisa rama konstruksiyasining xizmat muddatini uzaytirish va qoldiq resursini aniqlash uslubiyoti Buxoro temir yo‘l mashinalarini ta’mirlash ustaxonasida (PDM–Buxoro) joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 4/E669-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ADM-1 avtomotrisaning yuk ko‘taruvchi rama konstruksiyasining mustahkamligi va ekspluatatsion ishonchliligi oshirilib, uning xizmat muddati yana 27 yilgacha uzaytirish imkoniyati ilmiy asoslangan;
609-raqamli ADM-1 avtomotrisasi rama konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ta’mirlash-konstruktorlik ishlari amalga oshirildi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibidagi Samarqand elektr ta’minoti distansiyasiga qarashli “Ziyovuddin tortish nimstansiyasi”da amaliyotga joriy etildi  (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 4/E669-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik taxminan 215 000 000 ( ikki yuz o‘n besh million) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish