Jo‘rabaev Nozimjon Nizomiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Yuqori kapillyar xossali yangi tuzilishdagi paypoq buyumlarining ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5972
Ilmiy rahbar:Yusupov Sabirjon Abdujabborovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Rahimovna, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Abdurashid, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yuqori kapillyar xossali, yangi tuzilishdagi va xomashyo sarfi kam bo‘lgan paypoq buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bir ignadonli paypoq to‘quv avtomatining ip yo‘naltirgich burchagini to‘g‘ri burchak shakliga o‘zgartirish orqali, yopqich halqa iplarini to‘qima bo‘ylab tartibli ta’minlangan yopqichli trikotaj to‘qimasini olish usuli ishlab chiqilgan;
trikotaj mahsulotlarining iplararo hamda tolalararo g‘ovakligiga halqa ipining buraluvchanlik xususiyatini ta’sir etishi orqali g‘ovaklikni aniqlash formulasi ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli rejali eksperimentlarning natijalari asosida spandeks ipi ulushi, vertikal bo‘yicha zichlik hamda to‘qima qalinlik ko‘rsatkichlarini havo o‘tkazuvchanlik va pishiqlik xossalariga ta’sirini optimal parametrlari aniqlangan;
yangi tuzilishdagi paypoq buyumlarining inson tana hororatini inobatga olgan holda, gorizontal va vertikal kapillyarlik xossalari aniqlash uchun ilk bor sun’iy ter suyuqligi ta’sirini qo‘llash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori kapillyar xossali yangi tuzilishdagi paypoq buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
yangi tuzilishdagi to‘qimada g‘ovaklik xususiyatini oshirish orqali kapillyarlik ko‘rastkichi yaxshilagan 5-namuna paypoq buyumi “Bravo textile Corp” MChJ paypoq to‘quv, hamda “Terry Jar Textile” MChJ trikotaj to‘quv korxonalariga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 24-oktyabrdagi №02/25-2545-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rorxonada ishlab chiqarish natijasida yangi namuna variantidan 20,7% xom ashyo sarfini kamaytirishga erishilgan, nisbiy engillik yaxshilangan, V variant 12591000 so‘m miqdorda eng yaxshi iqtisodiy samaradorlikni tashkil etgan.